Asosiy adabiyotlar:
1. Ibrohimov Sh.I. va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, darslik, T. 2006.
2. Юдичев Ю. Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Учебник. Омск. 2003
3. Elizabeth Aughey, Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
4. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford Philadelphia St Louis Sydney Toronto 2015
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Narziev D.X.«Hayvonlar anatomiyasi». Darslik. Toshkent 1986
2.Allamurodov M.X. va Dilmurodov N.B. «Hayvonlar anatomiyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlar bo’yicha uslubiy qo’llanma. Samarqand 2005
3.Dilmurodov N.B. «Hayvonlar anatomiyasi» fanidan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar bo’yicha o’quv qo’llanma. Samarqand, 2013.
4. Shodiev N.Sh va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, o’quv qo’llanma, T.2006
5.Акаевский A.И. и др. «Анатомия домашних животных» Учебник. Москva. 1984
6.Лебедев М.И. «Практикум по анатомии сельскохозяйственных животных». Учебник. Ленинград. 1973.
7.Хем A., Кормак Д. Гистология в 5 т. Пер. с англ., M., «Мир» 1982.
8.Фалин Л.И. “Атлас гистологии и эмбриологии”. M. 1975
9. Антипоva Л.В. и др. «Анатомия и гистология сельскохозяйственных животных». Учебн. пос. Москva. Колос. 2005г.
10. Internet ma’lumotlari.
www. Ziyo.net.uz.
email: zooveterinarya@ mail.ru
email: sea@mail.net21.ru
email: veterinary@actavis.ru
email: zootechniya@mail.ru
www. zootechniya.ru
email: fvat@academy.uzsci.net
AMALIY MASHG`ULOT.
1.MAVZUSI: SKELETNING BO’LIMLARGA BO‘LINISHI. UMURTQA POG‘ONASI SUYAKLARI.
skeleton (yunoncha) – qurib qolgan, degan ma'noni anglatadi. Skelet ikki qismga bo’linadi: O’q skeleti – bunga umurtqa pog’onasi va bosh suyagi kiradi; atrof o’qi periferik skelet – bunga oldingi va keyingi oyoq suyaklari kiradi. Umurtqa pog’onasi – collumnae vertebralis - o’q suyaklarini asosiysi bo’lib, barcha organlarni ushlab turish vazifasini bajaradi. Umurtqa pog’onasi kanalida orqa miya joylashadi. Sut emizuvchi hayvonlarda umurtqa pog’onasi 5 ta bo’limdan iborat:
Bo’yin umurtqalari – vertebrae cervicalis.
Ko’krak umurtqalari – vertebrae thoracalis
Bel umurtqalari – vertebrae lumbalis.
Dumg’aza umurtqalari – vertebrae sacralis.
Dum umurtqalari – vertebrae caudalis.
Umurtqa – vertebrae. Barcha umurtqalarda quyidagi qismlar mavjud bo’ladi: umurtqa tanasi – corpus vertebrae, umurtqa boshi – caput vertebrae, umurtqa chuqurchasi – fossa vertebrae, umurtqani oldingi va keyingi bo’g’im o’simtasi – processus articularis cranialis et caudalis, umurtqani elka o’simtasi – processus spinosus, umurtqani yon ko’ndalang o’simtasi – processus transversi, umurtqa tanasini ventral qismidagi ventral tarog’i – crista ventralis. Umurtqa teshigi – foramen vertebrae bir-biri bilan birlashib umurtqa kanali – canales vertebralis ni hosil qiladi. Umurtqa kanalida orqa miya joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |