1.3. Yurak muskuli. Tuzilishi, genezi va regeneratsiyasi. Bu muskul charchamasdan, ritmik ravishda organizmning butun umri davomida qisqara oladi. Yurak miokardi ma`lum darajada avtomatizmga ega. Qorinchalar va bo`lmachalar bir vaqtda qisqarmaydi, lekin ularning qisqarishi o`zaro mos bo`ladi. Ammo yurak avtomatizmiga qaramasdan uning ishini regulyatsiya qilishda nerv sistemasi katta ahamiyatga ega.
Yurak muskulida ikki xil: qisqaruvchi (ishchi) va o`tkazuvchi (atipik) tolalar farq qilinadi.
Optik mikroskop yordamida yurak muskuli (87-rasm) miosimplastlar (tolalar)dan tashkil topgandek bo`lib ko`rinadi. Bu tolalar protoplazmatik ko`prikchalar yordamida o`zaro anastomozlar hosil qiladi. Tolalar orasida qon tomirlari va nervlarga boy biriktiruvchi yumshoq to`qima joylashadi. Yurak muskulining tolalari sarkoplazmaga boy, sarkoplazmada glikogen va sarkosomalar ko`p, miofibrillalar esa kam. O’zaklar tolaning o`rta qismida, mifoibrillalar bog`lamcha (tutamcha)lar holida periferiyada joylashadi. Miofibrillalarning kamligi oqibatida ko`ndalang chiziqlilik kuchsizroq, uzunasiga chiziqlilik esa keskin ifodalangan. Yurak muskuli tolalarining diametri 10-20 mkm bo`lib, ular funksional tolalar deb ham ataladi.
Elektron mikroskopiya yurak muskulining tuzilishi to`g`risidagi tasavvurlarni ancha chuqurlashtirdi va ravshanlashtirdi. Yurak muskulining tolasi simplast bo`lmasdan. balki bir o`zakli muskul hujayralari - kardiomiotsitlarning ketma-ket joylashgan zanjiridir. Yonma-yon (ketma-ket) joylashgan kardiomiotsitlarning o`zaro birikishi desmosomalarga o`xshab ketadigan maxsus tuzilmalar yordamida amalga oshadi. Hujayralarning chegaralari topografik jihatdan mukopolisaxaridlarga boy chiziqchalarga to`g`ri keladi. Bu chegara sarkolemmaning ichki qavati, ya`ni plazmolemma bilan belgilanadi. Bu joylarda plazmolemmaga miofilamentlar kelib tutashadi (87-rasm). Hayvon qarishi bilan kardiomiotsitlarning chegarasi qalinlashib, oraliq chiziqchalarga aylanadi va bularni yorug`lik mikroskopi yordamida ko`rish mumkin. To`qimalar kulturasida ikki hujayra bir-biridan oraliq chiziqcha bilan ajralgan va turli tezlikda qisqarishini ko`rish mumkin. Ba`zi bir patologik jarayonlar: hujayralarning shishishi (ko`pchishi), lipidlarning ajralishi ayrim hujayralarda yuz berib, qo`shni hujayraga o`tmaydi. Bular yurak muskuli tolasining ayrim-ayrim hujayralar zanjiri ekanligini tasdiqlaydi.
Yurakning o`tkazuvchi muskulaturasi och rangdagi va noto`g`ri konturi bilan ajralib turuvchi tolalardir. Tolalarning kengaygan qismlarida o`zak (ko`pincha juft) joylashadi. Ishchi muskul tolalariga nisbatan atipik tolalar ancha yo`g`on. Tolada miofibrillalar kam, T-naychalar sistemasi deyarli yo`q. Sarkoplazma va glikogen qisqaruvchi tolalardagidan ham ko`proq, lekin sarkosomalar kam. Tolalar kislorodni kam ishlatib, anaerob oksidlanish bilan qanoatlanadi.
Yurak muskulining defekti ko`pincha biriktiruvchi to`qima bilan to`ladi, chunki bu to`qimaning regeneratsiyasi muskul to`qimanikidan tez boradi. Bunday reaksiya hayotiy muhim organ - yurakda katta ahamiyatga ega. Embrional taraqqiyot paytida yurak muskuli yurak kurtagini qoplovchi mezoderma - mioepikardial plastinkadan hosil bo`ladi.
Yurak muskullar tolasi – yurak devori miokardida joylashgan bo’lib, skelet muskul tolasiga nisbatan qisqa, o’zagi markazda joylashgan bo’lib, ayrim holatda 2 ta o’zakka ega bo’ladi.
Yurakda o’ztkazuvchi sistema bir qancha maxsus sinoarterial va atrioventrikulyar yurak muskul tugunlariga bog’liq bo’lib, yurak ish faoliyatida ishtirok qiladi. Bunday o’tkazuvchi tolalar juft o’zakli bo’lib, sarkoplazmada joylashadi.
Har xil tipdagi muskul tolalar umurtqasiz hayvonlarda xam kuzatilib ayrim xususiyat va tuzilishlari bilan sut emizuvchi hayvonlarga o’xshash bo’ladi. Baliqlar va reptiliylar yuragi (timsohlardan tashqari) uch kamerali ya’ni 2 ta bo’lma va 1 ta qorinchadan iborat