Topshiriq va savollar:
Teri qoplamasi nima?
Teri qavatlari.terini chin qavatini tuzilishi.
Teri hosilalariga qaysi organlar kiradi ?
Junni tuzilishi, teri bezlari: ter va yog’ bezini tuzilishi.
5-MAVZU: QON VA BIRIKTIRUVCHI YUMSHOQ TO’QIMALAR.
Darsning maqsadi: qon hosil qiluvchi organlar haqida tushuncha berish va anatomik tarkibini talabalarga o’rgatish.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, mulyaj, slayd, ho’l va quruq preparatlar.
Darsning mazmuni:Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, limfotsitlar va trombotsitlar doim nobud bo‘lib, o‘rniga yangilari paydo bo‘lib turadi. Bu funksiyani qon hosil qiluvchi organlar bajaradi. Taloq, qizil ilik, limfa tugunlari, limfoid organlar, bodom bezi va to‘sh orti bezi (timus) qon hosil qiluvchi organlardir.
Taloq – lien parenximatoz organ bo‘lib, u qorin bo‘shlig‘ida oshqozonning chap tomonida joylashadi. Bu organda homila tug‘ilguncha qizil va oq qon hujayralari ishlanib chiqadi. Qarigan eritrotsitlar doim nobud bo‘lib taloqda shimiladi, ular qoldig‘idan jigarda o‘t pigmenti sintez qilinadi. Taloq organizmda juda katta rol o‘ynaydi, ya’ni u organizmning biologik filtridir. Taloq qon deposi ham hisoblanadi. Uning rangi har xil hayvonlarda turlicha (ko‘kimtir, qizg‘ish, qoramtir-qizg‘ish, konsistensiyasi yumshoq, shakli bir tuyoqlilarda uzun o‘roqsimon, qoramollarda uzun, cheti tekis, qorako‘l quylarda uchburchak, echkilarda yumaloq, to‘rtburchaksimon, cho‘chqalarda uzun va tor) bo‘lib, bu narsa uning qon bilan to‘lishiga bog‘liq. Taloqning sirti seroz parda bilan qoplangan bo‘lib, u qo‘shni organlarga o‘tib, maxsus paylar: oshqozon osti payi - lig. Gastrolienale, taloqni ko‘tarib turuvchi pay - lig. suspensorium lienalis, taloqning buyrak payi - lig. renolinale va taloqning diafragma payi - lig. Phrenicalienale ni hosil qiladi.
Taloq kasulasidan ichki tomonga bir qancha trabikulalar o‘tib, to‘r hosil qiladi. Uning ichida taloq eti (pulpasi) joylashadi. U mayda qon tomirlaridan va qonning shaklli elementlaridan tuzilgan bo‘ladi. Taloq, asosan oxirgi II-III qovurg‘alar va I bel umurtqalari ro‘parasida joylashadi. Uning uzunligi qoramollarda 40-50 sm, cho‘chqalarda 45 sm gacha, otlarda 30-35 sm bo‘ladi. Taloq yuqori qismi asosi - caput lienalis, toraygan joyi, pastki qismi - cauda lienalis va qon tomirlar kiradigan joyi qopqa deyiladi.
Qizil ilik hamma suyakda bo‘lib, qonning shaklli elementi – eritrotsitlar ishlab chiqarishda juda katta rol o‘ynaydi. Ba’zi suyaklarda sariq ilik bo‘ladi, lekin ular keyinchalik qizil ilikka aylanadi. Ilik suyak pardasining hosilasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |