4-MAVZU: BIR QAVATLI VA KO’ QAVATLI EPITELIYA TO’QIMASI.
Darsning maqsadi: Terini tuzilishi, uni qavatlari, teri o’zgarishidan hosil bo’ladigan organlar: jun, ter bezlari, tuyoq, yumshoq tovon va shoxni tuzilishi, teri hosila organlarini hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: Rasm, mulyaj, ho’l va quruq preparatlar, tirik hayvon.
Darsning mazmuni: Teri qoplami – integumentum commune, ya'ni teri hayvonlar tanasini tashqi tomondan o’rab turadigan, murakkab tuzilgan pardadir. Organizmning tashqi muhit bilan bog’lanishida ham teri muhim rol o’ynaydi, chunki hayvon organizmi tashqi muhit ta’sirlarini sezadi va unga tegishli javob beradi. Teri qoplami organizmni har qanday mikrob, bakteriya va boshqa yot narsalardan saqlash uchun ham katta to’siq hisoblanadi. Teri qoplamining o’zgarishidan bir qancha muhim hosilalar kelib chiqadi. Ular organizmda xilma – xil funktsiya bajaradi. Shox moddaga aylangan tuyoq, shox, tirnoq, pix, jun, tish, sut bezlari, yumshoq tovon, ter, yog’’, moy bezlari ana shunday organlarga kiradi.
Umurtqali hayvonlar terisi murakkab tuzilgan bo’lib, u 3 qatlamdan iborat: 1) ustki qatlam – epidermis; 2) asosiy qatlam; 3) teri osti qatlami.
Epidermis – epidermis - terining eng muhim va murakkab qatlami bo’lib, tana hamda asosiy terini tashqi muhitdan himoya qiladi, shu bilan birga bu qatlamdan har xil tuzilgan muguzlashgan organlar ham kelib chiqadi. Epidermis qatlami tez rivojlanishi bilan bir qatorda o’zidan shox modda hosil qiluvchi keratin ishlab chiqaradi. Epidermis qatlami doimo nobud bo’lib, yana yangilanib turadi.
Asosiy, ya'ni chin teri – derma, (s, cutis, cornea). Bunday atalishiga sabab shuki, unda har xil nerv va qon tomirlari, limfa tomirlari juda ko’p bo’ladi. Asosiy qatlamning tayanchi biriktiruvchi to’qimalar. Biriktiruvchi to’qimaning tolalari har tomonlama joylashib, bir – biriga zich o’ralgan bo’ladi. Asosiy terida bir qancha ter bezlari, jun xaltachasi, jun ildizi, yog’ bezlari bo’ladi.
Teri osti qatlami – subcutis - asosiy terining ostida joylashgan bo’lib, siyrak biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Terining harakati, cho’ziluvchanligi shu qatlamning tuzilishiga bog’liq. Bo’yin terisi serharakat, suyakka yaqin joydagi teri kam harakat, chunki bu erda teri osti qatlami juda yupqa bo’ladi. Shuning uchun bunday joylarda shilimshiq xaltachalar bo’lib, ular ishqalanishni kamaytiradi. Ko’pchilik sut emizuvchi hayvonlar terisining ostida yog’ bezlari bo’lib, ular – glandula adipose deyiladi. Bu bezlar yog’ tuplash uchun xizmat qilib, cho’chqalarda va suvda yashovchi sut emizuvchilarda yaxshi rivojlangan. To’plangan yog’ hayvonlar uchun zahira oziq hisoblanadi. Hayvonlar yoz va kuz vaqtida terisi ostida juda ko’p yog’ to’plab, qish oylarida sarf qiladi.
Teri qoplami
A-tuzulish sxemasi,1- sonderimis, II-terining asos, III-teri osti qavati, IV-sezuvchi jun, V,V-qoplovchi jun uning folikulasi, 1-jun poyachasi,2- jun ildizi,3-jun ildizi, 4-jun so’rg’ichi, 5-jun g’ilofchasi, 6-ildiz xaltachasi 7-yog’ bezi 8-ter bezi 9-junni ko’taruvchi muskul 10-jun xaltachasi bo’shlig’i 11- yangi jun 12-almashuvchi jun 13- nerv 14- terining sezuvchi nervi 15-arteriya 16-vena 17-kapilyarlar 18-limfa tomirlari 19-teri usti yog’i; B-boshdagi sezuvchi jun I-cho’chqa II-qo’y III-sigir IV-otlardagi sezuvchi jun
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |