Surdopedagogikaning nazariy asoslari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Surdopedagogika umumiy pedagogikaning tamoyillari, metodlari, ta’lim berish va tarbiyalash vositalaridan keng foydalanadi. Bu metodlardan eshitishida nuqsoni bor bо‘lgan bolalarning tarbiyasi, о‘qishi va rivojlanishida qо‘llaniladi. Surdopedagogika yana surdopsixologiya bilan ham chambarchas bog‘langan. Surdopsixologiya kar va zaif eshituvchi bolalarning ruhiy rivojlanishi va shaxs shakllanishining rivojlanish xususiyatlarini ochib beradi. Surdopsixologiya fani kar va zaif eshituvchi bolalarga ta’lim-tarbiya berish,rivojlanishidagi nuqsonlarini bartaraf qilish, ya’ni korreksiya, kompensatsiya ishlarini qanday yо‘nalishda olib borish yо‘llarini aniqlab beradi. Maxsus maktablarda ta’lim-tarbiya berishning sifatini tekshirish, yaxshilash borasida maxsus surdopsixologik tadqiqotlar olib boriladi. Maxsus maktablarda tovushni kuchaytiradigan moslamalar, daktil tebranish uskunalaridan keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda surdopedagogika kar va zaif eshituvchilarning talaffuz qilish, о‘qitish yanada rivojlanishida surdo texnikaviy asboblardan keng kо‘lamli foydalanishni talab qilyapti. Bundan bilishimiz mumkinki, surdopedagogika surdotexnika fani bilan ham uzviy bog‘liq.
Surdopedagogika metodlari
Mustaqil Respublikamiz Konstitusiyasi, О‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy jihatidan rivojlanishini ta’minlovchi О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va ta’lim standartlari, mashhur olimlarning ilmiy-metodik asarlari mazkur darslikning ilmiy metodologik asosini tashkil qiladi.
Surdopedagogikaning metodlari eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘rganish, ularni о‘qitish jarayonini nisbatan yuqori pog‘onaga kо‘tarish, shuningdek, ushbu toifa shaxslarning kelgusi hayotda о‘z о‘rinlarini topishlariga xizmat qiladi. Buning uchun qator metod va yо‘llardan foydalaniladi.
Ilmiy adabiyotlarni о‘rganish. Surdopedagogikaning muammolaridan biri adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlashdir. Ular quyidagicha:
surdopedagogikadan maxsus zamonaviy adabiyotlar (darslik, metodik tо‘plamlar va h.k.);
ilmiy jurnallardagi maqolalar;
ilmiy adabiyotlar (pedagogika, psixologiya, surdopsixologiya va defektologiyaning boshqa tarmoqlari);
maxsus adabiyot (defektologiya lug‘ati, pedagogika ensiklopediyasi va h.k.);
mashhur surdopedagoglar faoliyati;
surdopedagogik muassasalarning ishlari (ma’ruzalar, hisobotlar va h.k.).
Surdopedagoglarning adabiyotlar bilan ishlashi eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitish, tarbiyalash, rivojlanish davrlarini о‘rganishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |