Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar rivojlanishida tarbiyaning roli. Bizning jamiyatda eshitish nuqsoniga ega bolalar ham normal tengdoshlari kabi ham aqlan, ham jismonan tarbiyalanishga haqli bо‘lib, mustaqil hayotga, yetuk komil insonlar etib tayyorlanadilar. Maxsus maktabgacha va maktab muassasalarida eshitishi buzilgan bolalarga ta’lim-tarbiya, korreksion ishlar olib boriladi hamda ularning oilasiga tibbiy, moddiy va pedagogik yordam kо‘rsatiladi. Respublika karlar jamiyati eshitishida nuqsoni bо‘lgan о‘smirlarni kasb-hunarga yо‘llab, moddiy tomondan ta’minlaydi, mamlakatimiz siyosiy va madaniy hayotiga faol ishtirok etishiga imkon yaratadi.
Tarbiya juda uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bо‘lib, bolalar ijtimoiy tajribalarni о‘zlashtiradi. Bular bir-birlari bilan ijtimoiy, pedagogik va psixologik jihatdan chambarchas bog‘liqdir. Ijtimoiy tarbiya bu – jamiyatga loyiq moddiy va ma’naviy tarzda bо‘lmoqlikdir. Kar va zaif eshituvchi bolalarning ma’naviy jihatdan tarbiyasi turlicha bо‘ladi. Bu ularning psixik rivojlanishi, shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqadi. О‘quvchilarning oilaviy muhiti, undagi maishiy-madaniy ahvol, о‘quvchining yashash usuli, pedagogik ishlar sistemasi maktab-internatdagi olib borilayotgan ishlardan kelib chiqib, jamiyatga loyiq darajada egallanadi. Pedagogik omillar kar va zaif eshituvchi о‘quvchilar tarbiyasiga samarali va sifatli ta’sir etadi. Surdopedagogikaning aniqlashicha, predmetli, mehnatli, о‘quv-idrokli, о‘yinli faoliyatning eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar rivojlanishida muhim rol о‘ynaydi.
Predmetli faoliyat (predmetlarning о‘zaro ta’siri, ichki dunyosi, ularni tasavvur etish, yangi predmetlarni yaratish) karlarning yashash sharoitida predmetlardan foydalana olish, oddiy qо‘l mehnati malakalarini egallashdir. Tadqiqotchilar: A.N.Leontyeva, P.Y.Galperin, D.B.Elkonin, S.A.Zikovlar predmet amaliy faoliyatni о‘quv jarayoniga kiritishni taklif etishdiki, ta’lim jarayonida kо‘rgazmali amaliy faoliyat kar о‘quvchilarni mustaqilligi va faolligini oshirishga sharoit yaratadi.
S.A.Zikov va T.S.Zikova, YE.N.Marsinov tadqiqotlari kо‘rsatishicha, kar bolalarga predmetli-amaliy faoliyat rivojlantiruvchi ta’sir etadi. О‘quvchilarning qog‘ozlarni qirqish, yasash, modellash, tasvirlash, plastilindan, kubchalardan predmet yasash faoliyati mustaqil yaratuvchanlikni shakllantiradi. Predmet – amaliy ta’lim kar о‘quvchilar uchun ijobiy ta’sir etib, ularning badiiy va izlanuvchanlik xarakterdagi о‘quv jarayoni hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi va kichik maktab yoshidagi kar bolalarning asosiy faoliyati о‘yin hisoblanadi. D.B.Elkonin sо‘zi bilan aytganda, о‘yin insonlardagi ijtimoiy hayotdagi о‘zaro munosabatlarni shakllantiruvchi, inson mohiyatini ochib beruvchi faoliyatdir. О‘yin faoliyati bola shaxsi va psixikasini rivojlantirish uchun muhim. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar о‘yin faoliyatida jamiyat hayoti shakllari va jamiyatdagi munosabatlar bilan tanishadi. О‘yin orqali hayotiy vaziyatlarni, predmetlar, insonlar haqida va atrofdagilar bilan muloqot kо‘nikmalari shakllanib, ma’lumotlar yig‘ilib boradi.
Anomal bolalar deyarli uynamaydi. G.L.Vigodskiy karlar о‘yini haqida ma’lumot berib, ularda predmetli ta’sir о‘ta rasmiylik, aniqlik tarzda bо‘lib, о‘yindan haqiqiy darajadagi ahamiyatni ajrata olmaydi. Shundan kelib chiqadiki, karlar predmetlar yoki insonlarni xulq-atvoridagi о‘ziga xos tomonlarini mexanik tarzda harakatli tasvirlaydilar.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning о‘yin faoliyati surdopedagog bilan birga olib boriladi. Ularning sekin-asta mustaqil о‘yinga kirib ketishiga harakat qilinadi.
Rus surdopedagoglari (A.I.Dyachkov, A.P.Gozova, L.A.Novoselov) mehnat faoliyati kar bolalarga korreksion yо‘nalgan tarzda ta’sir etishini ochib berganlar. Ularning isbotlashicha, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga mehnat psixik predmetlarni aniq idroklashni, atrofdagilar bо‘yicha tasavvurini aniqlash va tо‘g‘rilash imkoniyatini, shaxsning hissiy, irodaviy sohasini rivojlantiradi, tafakkur faoliyatiga ta’sir etib, mukammallashtiradi.
Mehnat faoliyati о‘quvchilarga yetarli imkoniyat yaratib, ular turli topshiriqlarni bajarishlarida о‘zaro muloqotga kirishadilar, ya’ni bilishni xohlaydi, sо‘raydi, tushuntiradi, shu tariqa nutqni egallaydilar.
Mehnat faoliyati shaxsning shakllanishida muhim rol о‘ynaydi. Xohlagan mehnat jarayonida ilmiy tushunchalar sistemasini egallab, aqliy faoliyat takomillashadi. Kar о‘quvchilarning shaxsiy sifatlari: mehnatsevarlik, jamoatchilik, mustaqillik, javobgarlik qobiliyatlari mehnat faoliyati tizimida shakllanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning о‘quv malakasi, qiziqish doirasi, aqliy qobiliyati rivojlanishi xususida S.A.Zikov shuni ta’kidlaydiki, о‘quv jarayoni nuqsonni bartaraf etish xarakteriga yо‘nalgan bо‘lishi kerak.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ta’limida asosiy о‘rinda nutqni shakllantirish jarayoni turadi. Psixologlar va pedagoglar kо‘rsatishicha, nutqning rivojlanmaganligi barcha psixik jarayonlarga salbiy ta’sir etadi. Eshituvchi insonlar dunyosida kar va zaif eshituvchilar hayotidagi keng ijtimoiy muammolarni hal etish uchun tilning leksik bazasini о‘zlashtirish va uning grammatik qonuniyatlari muloqot vositasi sifatida egallanadi. Barcha kо‘rinishdagi faoliyatdan surdopedagog о‘quv jarayonida foydalanadi. Demak, kar va zaif eshituvchilarning shaxsiyatini tarbiyalashda, muloqot vositasini egallashlarida barcha kо‘rinishdagi faoliyat zarur va surdopedagog ulardan foydalana bilishi kerak.
Ta’lim olishda barcha fuqarolarning irqiy, milliy, diniy mansubligi, mulkiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar ularning barchasi teng huquqlidir.
Bu mamlakatimizda karlar eshitadiganlar bilan teng fuqarolik huquqlariga, jumladan, ta’lim olish huquqiga egalar, demakdir. Ta’lim olish, tо‘laqonli mehnat va ijtimoiy hayotga jalb bо‘lish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy reabilitatsiyasi uchun asos bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |