KONSERVATSIYA UCHTA USUL BILAN AMALGA OSHIRILADI:
Spirt yoki atsetonda saqlash (bunda xom ashyo bir vaqtning o‘zida suvsizlantiriladi va qisman yog‘sizlantiriladi);
2) Nartiy xlorning quruqtuzi yoki uning konsentrlangan eritmasi bilan tuzlash;
3) YAxlatish orqali.
BIOOB’EKTLAR/PRODUTSENTLARNI KULTIVATSIYALASH UCHUN SUBSTRATLAR
Substratlar quyidagilarni ta’minlashi zarurdir:
xayotchanligini;
ma’lum produtsentlarni o‘sish va rivojlanishini;
maksimal samaradorlikni ta’minlagan xolda asosiy maxsulotning sintezini.
Tabiiy xom ashyo materiallari
Mikroorganizlar har qanday organik birikmani qayta ishlash hususiyatiga egadir, shuning uchun mikrobiologik biotxnologiya uchun potensial xom ashyo sifatida har qanday organik modda hizmat qilishi mumkin.
Tabiiy xom ashyo manbasi sifatida qishloq-ho‘jaligi mahsulotlari (mevalar, sharbatlar, tuganaklar, ut massasi) va yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlari hizmat qilishi mumkin (uglevodlar, kraxmal, sellyuloza, gemitsellyuloza va lignin)
Xozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan va iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan materiallar bu kraxmal (ayniqsa makkajo‘xori), metanol, melassa va nam shakardir.
Eng qulay va ko‘p bo‘lgan substrat sifatida qand ishlab chiqarish xom ashyosi hisoblanadi (shakar lavlagisi va shakar qamishi).
Biroqhozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha an’anaviy tarzda shakarni qo‘llanishi asta sekin pasayib bormoqda, chunki u shakar o‘rnini bosuvchi boshqa moddalar bilan almashtirilmoqda (shirinlashtiruvchilar).
Xozirda etanolini (dvigatelni ichki yonishi uchun yoqilg‘i) ishlab chiqarishda ham shakar saqlovchi xom ashyolar substrat sifatidi qo‘llanib kelinmoqda.
Qishloq−ho‘jaligining kraxmal tutuvchi maxsulotlari
- Turli xil donlar (makkajo‘xori, guruch, bug‘doy);
- Ildiz mevalar (kartoshka, topinambur, manioka).
Kraxmalni qo‘llashdagi noqulayliklardan biri shundaki, kraxmalni qo‘llashdan oldin uni monosaxarid yoki oligosaxaridlargacha bo‘lgan fermentativ gidroliz uchratish kerak bo‘ladi.
Tabiatda keng tarqalgan energiya va uglerod manbasi bu sellyulozadir.Toza sellyuloza osonlik bilan kimyoviy yoki fermentativ gidroliz orqali eruvchi qandlargacha parchalanishi mumkin. Keyinchalik ular mikroorganizmlar tomonidan fermentatsiyaga uchrab (achish jarayoni) etanol, butanol, atseton, birxujayrali oqsil, metan va boshqa ko‘pgina boshqa moddalarni hosil qiladi.Sellyuloza tabiatda keng tarqalgan moddalardan bo‘lib, o‘simliklar tomonidan bir yilda kishi boshiga 24 t sellyuloza ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |