EKSTRAKSIYALASH VA ADSORBSIYA MOHIYATIGA ASOSLANGAN MODDALARNI AJRATISH USULLARI10:
- xromatografiya;
- elektroforez.
XROMATOGRAFIYA
Xromatografiya usuli quyidagi turlarga bo‘linadi:
YUpqa qatlamli xromotografiya (qog‘oz, palstinkali)
va kolonkali
Xromotografiya jarayonida ikkta faza farqlanadi:
Xarakatlanuvchi faza – kolonka bo‘ylab oqib chiquvchi elyuent/xarakatlanuvchi erituvchi;
va xarakatsiz faza – kolonkani to‘ldirib turuvchi adsorbent/qog‘oz yoki plastinkani to‘ldirib turuvchi selikagel
KOLONKALI XROMATOGRAFIYA
Jarayonni keng masshtablarda olib borish imkonini beradi, shuning uchun sanoat miqyosida keng qo‘llaniladi, va uning bir necha turlari farqlanadi.
Ion almashinuv xromatografiyasi: kolonka kationli (NH4) yoki anionli (SO4) zaryadlangan guruxlarni tutgan qarama qarshi zaryadlangan ion zarrachalarini tutib qolish hususiyatiga ega adsorbent granunlalari bilan to‘ldiriladi.
Ushbu usul eritmalardan ionlashgan moddalarni ajratib olish, hamda ion tabiatli yot moddalardan neytral moddalarni ajratib olishda qo‘laniladi
- «molekulyar elak» usuli, yoki gel xromotografiyasi, moddalarni turli xil molekulyar massali va diametrli zarrachalarni ajratib olishga asoslangan.
Affin xromotografiyasi − tashuvchi zarrachalari yuzasiga birikkan ligand va ajratilayotgan aralashma komponentlarini o‘rtasida hosil bo‘lgan koplekslarni tutilib qolishiga asoslangan.
Ustunligi – bir bosqichda murakkab ko‘p komponentli aralashmadan maxsulotni to‘liq tozalab olish mumkin.
Kamchiligi: materiallarning qimmatliligi, kolonkani tozalanayotgan modda bilan tez to‘lib qolishi, davriy rejimda ishlashi.
Xar bir maxsulotni ajratib olingandan so‘ng kolonka regeneratsiyaga uchratiladi.
Katta mashtabli biotexnologik jarayonlarda affin xromatografiyasidan tashqari maxsulotni tozalab olish uchun affinli pretsipitatsiya va affinli bo‘lish qo‘llanaladi.
Affinli pritsipitatsiyada ligand eruvchi tashuvchi bilan bog‘lanadi va shundan so‘ng ma’lum ajratib olinuvchi birikma bilan o‘zaro ta’sirlashadi, hosil bo‘lgan kompleks shakillanish darajasiga qarab cho‘kmaga tushadi. Ba’zida pretsipitatni cho‘kmaga tushishini tezlashtirish uchun elektrolitlar qo‘shiladi.
Affinli ajratish usuli ikki suvda eruvchi polimerlardan tashkil topgan tizimlarni qo‘llashga asoslangan. Ulardan biri spetsifik ligandlarni tutib, ikkinchisi esa aralashma komponentlariga nisbatan o‘xshashlikka ega bo‘ladi. Misol sifatida nuklein kislotalarni va oqsillarni ajratishni ko‘rsatish mumkin.
Ligand bilan birikadigan polimer uchun polietilenglikol olinsa, ikkinchi komponent sifatida dekstran qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |