Antibiotiklarni olinish manbalari
- Mog‘or zamburug‘lari – tabiiy beta-laktamlarni (Cernalosporium va Penicillium turkumidagi zamburug‘lar) va fuzidiy kislotasini sintezlaydi (benzilpenitsillin, sefalosporin, grizeofulvin);
- Aktinomitsetlar (streptomitsetlar Streptomyces) – shoxlanuvchi bakteriyalar bo‘lib, 80% gacha tabiiy antibiotiklarni sintezlaydi (levomitsetin, eritromitsin, nistanin, streptomitsin, va h.k.);
- Tipik bakteriyalar – masalan eubakteriyalar, Bacillus batsillalari, psevdomonadalar Pseudomonas batsitratsin, polimiksinlar va boshqa moddalarni sintezlaydi, ular antibaterial ta’sirga egadir.
- Xayvon tabiatli antibiotiklar (interferon, baliq moyi ekteritsidni ishlab chiqaradi).
-O‘simlik tabiatli antibiotiklar, produtsentlari o‘simlik hisoblanadi.
Biroq ularni toza xolda olib bo‘lmaydi, chunki bu birikmalar etarli darajada turg‘un bo‘lmaydi, ko‘pgina o‘simliklar antimikrob ta’sirni ko‘rsatishi mumkin (kalendula, shalfey, romashka, chesnok va piyoz ishlab chiqaradigan fitonsidlar)54.
ANTIBIOTIKLARNI QO‘LLASH VA ULARNING SALBIY TA’SIRLARI
Eng asosiy qoida shundan iboratki – antibiotiklarni faqatgina ularni qo‘llamaslikni iloji qolmagandagina qo‘llash lozimdir.
Antibiotiklarni qo‘llash xolatlari – o‘tkir bakterial infeksiya alomatlari paydo bo‘lganda;
turg‘un va davomiy tana haroratini ko‘tarilishi;
yiringli ajralmalar;
qon tarkibini o‘zgarishi – leykotsitlar sonini oshishi (leykotsitoz), ECHT oshishi;
be’morning xolati yaxshilangandan so‘ng qayta yomonlashishi.
Ma’lumki, viruslar oldida antibiotiklar kuchsizdir. SHuning uchun gripp, ORVI va ba’zi o‘tkir ichak kasalliklarida antibiotiklarni qo‘llashdan ma’no yo‘q va xavfsiz emas.
- Salbiy ta’sirlari. Antibiotiklarni qo‘llanishi ularning salbiy ta’sirlari bilan ham chegaralanadi. Barcha antibiotiklar, istisnosiz salbiy ta’sirga egadirlar!
Bu o‘z navbatida ularning nomidan ham kelib chiqadi. Barcha atibiotiklarning tabiiy O‘LDIRISH hususiyatini faqatgina bir turdagi bakteriya yoki mikrobni o‘ldirishga qaratib bo‘lmaydi.
Zararli bakteriyalarni o‘ldirish bilan bir qatorda har qanday antibiotik inson organizmida turli jarayonlarda ishtirok etuvchi foydali mikroorganizmlarni ham xalok qiladi.
Antibiotiklar – mikroorganizmlarni tasodifiy mahsulotidir. Plazmida (halqasimon DNK) mikrob populyasiyalari bo‘ylab ko‘chib yuradi. Plazmidani boshqa mikrooganizmga uzatilishi, rekombinatsiya va mutatsiya natijasida «tasodifiy» mahsulotlar sintezlanishi mumkin, ulardan o‘z navbatida antibiotiklar ham hosil bo‘lgan.
Antibiotiklarni olinishini asosiy uch usuli mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |