Ijtimoiy adolat - jamiyatning demokratik rivojlanish darajasini, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish me’yorlarini, millat hayot tarzining axloqiy timsolini belgilovchi davlat siyosati, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan tabaqalari manfaatini ko‘zlab, milliy boyliklarni taqsimlash tartibidir. ≪Xalq ochlikka, yo'qchilikka, hamma narsaga chidashi mumkin, ammo adolasizlikka chiday olmaydi1≫ - deb ta’kidlagan edi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Ijtimoiy ish besh asosiy mezonga tayanadi. Ular quyidagilar: - Inson qadr-qimmati va qadriyat;
- Ijtimoiy adolat;
- lnsonparvarlikka xizmat qilish;
- Butunlik;
- Kompitentlik.
Ijtimoiy adolat ijtimoiy ishning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy adolatni ta’minlash yo‘lidagi izlanishlar yomon sharoitlarni kamaytirishga va ularni yengish strategiyasini qoMlabquvvatlashni anglash va intilish masalalarini qamrab oladi. Ijtimoiy adolat jamiyatni rivojlanishi va takomillashib borishini qudratli omilidir. Demokratik jamiyat-odamni mehnatga, sogiiqni 1 I.A.Karimov. Adolatli jamiyat sari.
saqlashga, ma’lumot olishga, uy-joyga, ijtimoiy ta’minotga bolgan muhim hayotiy ehtiyojlarini qondirilishini ijtimoiy kafolatini o‘zida mujassamlagan ijtimoiy adolatli tuzumdir. Bu jamiyatda odamni qobiliyati mehnati, malakasi va iqtidori qadrlanadi va moddiyma’naviy jihatdan munosib taqdirlanadi. Ijtimoiy adolat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lgani kabi xuddi shunday bu axloqiy-huquqiy kategoriya hamdir. U odamlami xohish va imkoniyatini, erkinlik va mas’uliyatini, huquq va majburiyatini,
odamlaming ishini va jamiyatdagi o‘rnining munosibligini anglatadi. Bundan tashqari ijtimoiy sohada ma’lum bir axloqiy me’yorlar hukmronlik qilishi kerakki, zarur boMganda, bu me’yorlar o‘zgalar manfaatini (yordamga muhtojlar manfaati) ustivorligini ta’minlashi lozim. Buyuk mutafakkir Arastu adolatning ikki xil, ya’ni tenglashtiruvchi va taqsimlovchi ko‘rinishini farqlaydi. Tenglashtiruvchi adolat mezoni ≪arifmetik tenglik≫ bo‘lib, bu tamoyil fuqaroviyhuquqiy kelishuvlar, oldi-sotdilar, zararni qoplash, jazolash singari sohalarda qo‘llanadi. Taqsimlovchi adolat mezoni esa ≪geometrik tenglik≫dan kelib chiqib, yetishtirilgan ne’matlami har kimning qo‘shgan hissasiga qarab taqsimlashni bildirgan. Bu holda tegishli narsalarga (hokimiyatga, hurmatga, moddiy boylikka) boshqalar bilan teng yoki teng bo‘lmagan miqdorda egalik qilish mumkin. Tenglashtiruvchi adolat ikki qismga bo‘linadi. Ayrim ijtimoiy munosabatlar erkin tarzda amalga oshadi, masalan: oldi-sotdi, qarz berish va shunga o‘xshash..., erkin boimagan munosabatlarga o‘g‘rilik, o‘ziga og‘dirish, shikast yetkazish, yolg‘on guvohlik berish, haqorat kabi holatlar kiradi. Ayni vaqtda qonunga mos keladigan harakatlardan iborat bo‘lmish adolat eng qimmatbaho sifat deb e ’lon qilinadi. ≪Jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi xalqimizni bexatar, tinch-omon farovon badavlat turmushga erishishi uchun, kisnuv ay rat manbayi bo‘ lishi lozim1≫ deb ta’kidlagan edi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Ma’naviy hayotning asl mohiyati, mazmunini insofii diyonat tashkil etadi. Insofii, diyonatli insonlarning adolatli faoliyatidan jamiyatning ma’naviy ne’matlari paydo bo‘lib, uning mevasidan xalq oziqlanib, farovon, tinch, osoyishta yashaydi. Adolatli jamiyatning mafkurasini millatning aqli-idroki, kuch-g‘ayratga to‘lgan ezgu niyatli, pokiza, bilimdon insonlarning tajribaga boy g‘oyalari tashkil etadi. Odamlar yashash davomida jamiyatning taassuroti, ustozlaming tarbiyalari adolatli turmush tufayli shaxsga, ya’ni insonga. ma’naviy hayot egasiga aylanadilar. Hayotning notekis yoilari, qonunlari insonlarning to‘g‘ri yo‘l topishlariga, yaxshini yomondan, haqni nohaqdan ajrata olish qobiliyatiga, ma’naviy kamolotiga yetaklaydi. Oddiy inson o‘z ma’naviy hayotida o‘z faoliyatini adolatli yo‘nalishda olib borib, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi. Adolat ijtimoiy hayotga, jamiyat a’zolarining o'zaro munosabatlariga oid tushuncha, shuning uchun ijtimoiy adolat mavjuddir. Adolat insonning eng yuksak ezgu niyati, hayot-mamotini harakatga keltiruvchi omildir. Bu tushuncha inson kabi o‘tmishda sanoqsiz ziddiyatlarga bardosh bergani, mashaqqatlarda toblangani va insoniyat mudom unga intilib kelgani uchun ham e ’zozlanadi. Adolat beqarorlikni barqarorlikka keltiruvchi muvozanat qaror topishida, jamiyatda insonlar turmushida barqarorlik bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Adolat - ma’naviy ne’mat, u falsafiy, huquqiy va axloqiy qirralarga boy g‘oyadir. Adolatning falsafiy mazmuni insoniyat
rivojlanish tarixida qabilaviy, tabaqaviy, sinfiy qoidalar, savob va gunoh, ma’qul va nomaqbul, haq va nohaq xatti-harakatlar va qarorlar ta’sirida rivojlanib keldi. Arastu ta’limotiga ko‘ra adolat hayot uchun zarur mahsulotlarni tayyorlash, taqsimlash, ayriboshlashda mezon bo‘lmog‘i, taqdirlash va tahqirlash hamda undirish kabi kundalik faoliyatda andoza bo‘lib ish qilmog‘i lozim. Inson o‘zi uchun ham, o‘zga uchun ham foydali yoki zararli unsurlar muvozanatining na ko‘payib, na kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Aks holda adolasizlik ro‘y beradi. Ijtimoiy adolat quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: - Insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun lozim bo‘lgan resurslaming adolatli va teng taqsimlanishi;
- Insoniy yuksonlikka erishish uchun ijtimoiy ishlar va imtiyozlarga nisbatan teng imkoniyatlarni yaratish;
- Oilalar, guruhlar va jamoalarning huquq va majburiyatlarini tan olish;
- Qonun tomonidan bir xil munosabat va muhofaza muhitiniyaratish;
- Insonning zamonaviy va kelajakdagi farovonligi manfaatlari yo‘lida ijtimoiy rivojlanish hamda atrof-muhitni boshqarish. O‘zbekistonda islohotlarni birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan o‘zbek modeli tamoyillarining biri, ya’ni uchinchi tamoyil: jamiyat hayotida qonun ustuvorligi haqidato‘xtalgan edi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan ma’daniy-ma’rifiy bozor xo‘jaligini tegishli ravishda huquqiy jihatdan ta’minlamasdan turib, bunday xo‘jalikni shakllantirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan qonunchilik asosini yaratish - bu faqat o‘tish davrining majburiy shartigina bo‘lib qolmay, balki huquqiy
davlatni barpo etishning o‘ziga xos xususiyati hamdir, qonunlar hayotiy, amaliyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi va undan kelib chiqmog‘i kerak, qonun hujjatlari bevosita ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lishi lozim. Qonunga bo‘ysunish kerak, qonun ustuvorligi -huquqiy davlatning asosiy tamoyilidir, qonun oldida hamma barobar. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Huquqiy davlatning elementlari:
1) qonun ustuvorligi;
2) qonun oldida hammaning tengligi;
3) hamma o‘z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi;
4) hokimiyatning bolinishi tamoyili amal qiladi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda: ≪Adolathaqida juda chiroyli gapirish mumkin. Adolat haqida juda uzoq gapirish mumkin. Ammo gap chiroyli va uzoq gapirishda emas, balki hayotda adolatni o‘rnata olishda1≫. Adolatning quyidagi xususiyatlari mavjud: - Adolatning axloqiy jihati. Bu hoi ko‘proq kishilararo munosabatda namoyon boMadi. Jnsonlar bir-biri bilan bo‘lgan
munosabatda tenglik qoidalariga rioya qilishi, odamga nimani ravo ko‘rsa, boshqalarga shuni ham ravo ko‘rishi lozim. Odam o‘zgalar bilan bo‘lgan munosabatda xulq odob qoidalariga rioya qilishi, ularni tahqirlamasligi, izzat nafsiga tegmasligi, tabiiy kamchiligini yuziga solmasligi, zulm o‘tkazmasligi, kamtar va xushmuomala bo‘lishi lozim.
- Adolatning huquqiy jihati. Bu hol fuqarolarning huquqlari tengligida bilinadi.
- Adolatning siyosiy jihati. Davlatni boshqarishda, podshohlaming fuqarolarga munosabatida mamlakatning gullab yashnashi va tinchlik, osoyishtalik va ahillik hukm surishida namoyon bo‘ladi. Qayerda adolat o‘matilsa, o‘sha yerda taraqqiyot
ro‘y beradi.
- Adolatning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u yaxshilik, burch, vijdon va boshqa axloqiy darajalar bilan chambarchars bog‘liq.
Adolat va adolasizlik, ayniqsa, yaxshilik va yomonlik bilan yaqin turadi. Adolat va adolatsizlik hamda yaxshilik va yomonlik o‘rtasida umumiylik va mushtaraklik mavjud bo‘lishi bilan birga, ular o‘rtasida farq ham bor. Adolat va adolatsizlik yaxshilik va yomonlik darajalariga nisbatan torroq ma’noni anglatsa ham, lekin
aniq tushunchalardir. Ularning yaqin aloqada ekanligini yana shundan ham bilsa bo‘ladiki, biror kishiga axloqiy nuqtayi nazardan baho berilganda, uni yaxshi odam deb ataymiz. Ayni vaqtda uni odil odam ekanligini nazarda tutamiz. Adolatning asosida tirli omillardan tashqari tenglik yotadi. Forobiyning aytishicha, kishilarning tengligi shunda bilinadiki, tug‘ilganda ular teng bo‘lib, biror narsaga tug‘ma qobiliyati bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, adolatning tenglikni bildirmaslik jihati shundan iboratki, har bir kishi ishi va qobiliyati, jamiyatdagi mavqeyida qobrliyatiga to‘g‘ri keladigan obro‘ va boylikka ega bo‘ladi. U yerda tenglik shahardagi vaziyatga qarab odamga moddiy va ma’naviy boyliklarni o'ziga qaytishi va undan ketishining bir xil va teng
qiymatiga ega bo‘lishi ma’nosida qo‘llaniladi. Abu Nasr Forobiy adolat to‘g‘risidagi g‘oyalarini ijtimoiysiyosiy va huquqiy qarashlarida bayon qildi. U adolatga asoslangan mukammal davlat tuzumi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi. Bunday davlat tuzumining asosiy maqsadi kishilarni baxt-saodatga erishuvini ta’minlash bo‘lishi kerak. Ijtimoiy adolat tamoyillarini qat’iy amalga oshirish - xalq birligining, jamiyat siyosiy barqarorligining, rivojlanish dinamikasining muhim shartidir. Ijtimoiy adolat - ijtimoiy ongning eng muhim belgisi bo‘lib, shaxs, sinf yoki ijtimoiy guruh imkon iyatlari va ehtiyojlari, huquqlari va farovonligining darajasi, jamiyatning shaxsga bo‘lgan munosabati me’yorini, odamlaming mamlakatda sodir bo‘layotgan iqtisodiy, siyosiy, ma’daniy voqealarga munosabatini, kishilar kundalik faoliyatiga davlat yoki jamiyat tomonidan berilgan bahoning haqqoniyligini ko‘rsatadi. Ijtimoiy adolatning vazifalari:
- birinchi amaliy vazifasi ijtimoiy munosabatlarning insonparvarligini ta’minlashdir;
- ikkinchi vazifasi jamiyatda mavjud bo‘lgan turli guruhlar va tabaqalar manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi, ular orasidagi muvozanatni saqlab turish davomida namoyon bo‘ladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ≪Biz yangi ozod jamiyat, huquqiy davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, adolat tamoyilini ustuvor asosi sifatida e’tirof etamiz. Vahech qanday kuch bizni bu yo‘ldan ortga qaytarolmaydi1≫ – deb ta’kidlagan edilar.
Nosiriddin Tusiy (1201-1274) ijtimoiy adolatning 3 ta asosiy talabi mavjudligi va u jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanligini alohida uqtirgan edi:
1. Adolatning birinchi talabi - aholi turli tabaqalarining o‘zaro uyg‘un bo‘lishini ta’minlashdir;
2. Ikkinchi talabiga ko‘ra, el-ulusning haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni ishga tayyorlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish lozim;
3. Adolatning uchinchi talabi esa barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi ishi va huquqiga qarab har bir inson o‘z ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Qadimgi va o‘rta asrlardagi tarixiy manbalar va mutafakkirlaming adolat g‘oyasinining tahlili shuni ko'rsatadiki, ushbu tushuncha turli davrlarda turlicha talqin qilingan. Lekin ikkinchi tomondan, adolat umuminsoniy xususiyatga ega bolish bilan birga, uning milliy jihati ham mavjud. Uning muayyan millatda namoyon bolishi shu xalqning turmush tarzi, urf-odati, marosimlari va udumlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tarixiy manbalarda Amir Temurning adolatning siyosiyhuquqiy
jihatlariga e ’tibor berganligi ta’kidlanadi. Amir Temur fuqarolarga munosabatda bo‘lishda, davlatni boshqarishda adolat va insofni asosiy mezon qilib oladi. ≪Adolat va insof bilan tangrini yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim≫, - deydi Amir Temur. ≪Temur tuzuklari≫da ilgari surilgan fikrlardan biri bu – Amir Temurning jamiyatda fuqarolami, ularning qaysi toifa va tabaqaga mansubligidan qat’iy nazar, ularni axloqiy va huquqiy jihatdan teng hisoblashidir.
Amir Temur adolat deganda, mamlakatdagi fuqarolarni birdek ko‘rishini, ishlarga qarab bir xil baholashni, jamiyatdagi turli tabaqalarni, lavozimidan qat’i nazar, hurmatini joyiga qo‘yishni, boy va kambag‘alga birdek munosabatda bolishni, huquqini paymol qilmaslikni tushungan
1. Amir Temur davlatni boshqarishda adolat, insof va haqiqatga tayanib ish ko‘rgan, ≪Kuch - adolatda≫ ekanligiga amin bo‘lgan. Shunday qilib, mamlakatning farovonligi, uning taraqqiy etishi, hokimiyatning mustahkamligi va mustaqilligi, ilm-fan va madaniyatning yuksalishi, jabr-zulm va yomonliklarga qarshi kurashida adolat asosiy mezon bolib ish qilgan. Alisher Navoiy va uning zamondoshlarining adolat to‘g‘risidagi qarashlari muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Alisher Navoiy adolatni kishilararo munosabatdagi va jamiyatdagi ahamiyatini chuqur anglab etdi. Alisher Navoiy o‘zining asarlarida adolatni aql, ma’rifat, ilmfan bilan chambarchas bog‘liqlikda ko‘radi. Bular insonda mavjud bo‘lsa, haqiqat sirlari ochiladi, komillik va baxt-saodatga erishadi. Davoniy aql bilan adolatning o‘zaro aloqasi haqida quyidagicha fikr yuritadi: ≪ O‘zining butun quvvatini baravar tutadigan va butun faoliyati aqlning hukmidan mo‘tadil ravishda kelib chiqadigan shaxsga odil kishi deyiladi, chunonchi, quvvatlarning hech qaysisi aql belgilagan hissadan ortiq narsani talab qilmasligi va ular, ya’ni quvvatlar bir-birlarining ustidan g‘olib kelmasligi kerak ≪Demak, insonning butun quvvatlari hamjihatlikda bo‘lib, aql amriga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatsa, adolat to‘laqonli bo‘lishi mumkin. Adolat insonning baxt-saodatga erishuvida muhim vosita bo'lib ish qiladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy hayotning hamma sohalarida adolat o'rnatish, adolatsizlikning turli ko‘rinishlariga qarshi kurash uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |