O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet23/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Insonparvarlik. Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhirnlaridan biri - insonparvarlik. U - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g'oyalar, qarashlar va e'tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo'lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch.
Insonparvarlik tamoyilini dastlab Ovro'pa Uyg'onish mutafakkirlari ilgarisurganlar, degan flkr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o'rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma'noni bildiruvchi «namlulu» so'zi bundan 3-4 ming yillar avvalgi Qadimgi Somir giltaxtalarida uchraydi.
Umumjahoniy dinlarning hammasid ham insonparvarlik g'oyalari ustuvor hisoblanadi. Chunonchi, musulmon manoqiblarida turli variantlarda uchraydigan' mashhur rivoyat qor. Rivoyat qilinishicha, Xudoga yetishgan odarnning xonadoniga yemak so'rab bir majusiy kiradi Mezbon, unga musulmon bo'lsang, qorningni to'ydiraman, bo'lmasa yo'q, deydi. Majusiy ko'nmay chiqib ketadi. Shunda Xudodan, nega unga taom bermading, degan nido keladi. Mezbon, u kofirlikdan kechmagani uchun shunday qildim, deb javob beradi. Shunda Tangri mezbonga, kofir bo'lsa ham, axir, mening bandam-ku, inson-ku, deb .- tezda uni qaytarib keIib, qornini to'ydirishni buyuradi.
Demak, insonparvarlikning ibtidosi Tangridan va har bir inson boshqalarga mehr-muhabbat, muruvvat bilan munosabat qilmog'i lozim. Zero, Hadisi sharifda «Odamlarga rahmli bo'lmagan kishiga Allohning ham rahrni kelmaydi», deyiladi. Ushbu hadis so'zlariga mos misolni nasroniylikda ham uchratish murnkin. Buyuk rus faylasuf yozuvchisi F.Dostoyevskiyning «Aka-uka Karamazovlar» romanida «Bir bosh piyoz» degan bob bor. Unda roman qahramonlaridan biri Grushenka tilidan shunday rivoyat keltiriladi:
Qadimda bir johil kampir bo'lgan ekan, o'libdi-yu, o'lganidan so'ng undan biror-bir yaxshilik qolmabdi; shaytonlar uni olovli ko'lga irg'itishibdi. O'ng farishta o'ylab qolibdi: qani endi kampirning biror-bir fazilatini topsa-yu, Xudoga yetkazsa! Shunda kampirning tomorqadan bir bosh piyozni yulib olib, gadoy ayolga sadaqa qilganini eslabdi-da, uni Xudoga aytibdi. Xudo shunda farishtaga: bor, o'sha bir bosh kook piyozni olib, uzat, agar uoga osilib ko'ldan chiqsa, kampir jannatga kirsin, mayli, agar piyoz uzilib ketsa, o'sha yerda qoladi, debdi. Farishta kampirga piyozni uzatibdi va kampir osilib chiqa boshlabdi, endi qutulib chiqay deganda, qarasa, boshqa gunohkorlar ham uning ketidan chumoliday osilib ko'ldan chiqib boryapti. Badfe'l kampir ularni tepib, pastga tushirishga urinib: «Senlarni emas, meni tortib chiqaryapti, piyoz sen1arniki emas, meniki», debdi. Shu gaplarni aytib bo'lar-bo'imas piyoz uzilib ketibdi va kampir hozirgacha o'sha olovli ko'lda azob chekar ernish'. Misollardan ko'rinadiki, insonparvarlik - umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Shu sababli uni sho'rolar davrida sinfiylik nuqtayi nazaridan soxtalashtirish muvaffaqiyatsizlikka uchradi, proletar diktaturasi va tot ali tar sotsialistik tuzum hamda ular ijodkorlarining
insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko'rdi. Sotsializm mafkurachilarining bu boradagi sa'y-harakatlari o'sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg'onga sug'orilganligi bilan kishilaming g'ashini keltirar edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. Chunki u aynan o'ta mavhum «xalq» tushunchasiga qaratilgan, vaholanki, insonparvarlik markazida muayyan shaxs turmog'i lozim. Har bir shaxs insoniy huquqlarini ta'minlash uchun kurashishi - mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma'naviy qadriyatlarni ustuvor deb bilgan bizning daviatimiz ham mamlakat ichkarisida, ham dunyo rniqyosida ko'zga ko'rinarli ishlar qilmoqda. Zero, biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati nafaqat insonga rnehr-muhabbat va izzat-hurmat ko'rsatishni asosiy tamoyil qilib oigan, balki shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo'lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlami yaratishni ham o'z oidiga oliy maqsad qilib qo'ygan.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish