1-amaliy mashg`ulot:
Mavzu: Fe’l so`z turkumi yuzasidan mashqlar va testlar
Darsning maqsadi: talabalarning fe’l va uning o‘ziga xosxususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash, fe’l to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’nikma va malakalarga aylantirish.
Ishning bajarilish tartibi
1. Berilgan mashqlardagi fe’l so’zlar topib ajratib yoziladi.
2. Topilgan ikki mustaqil so’z biriktirilib morfologik bilimlar mustahkamlanadi.
3. fe’lning ma’no turlarini aniqlang
4. Turkumlar o’zaro qaysi vositalar orqali bog’lanayotgani aniqlanadi.
1-ish. Fe’llarni aniqlang va sintaktik xususiyatiga e’tibor bering.
Ayt, ey, xasta bulbulim,
O‘shga qachon yetamiz?
Yashil bog‘lar sarg‘ardi,
Mag‘iz bo‘ldi gujumlar.
Oh, voh, muncha yo‘l og‘ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o‘rtasida
Madorim yo‘q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsamgar netamiz?
Abadiyat oralab
O‘shga qachon yetamiz?
Qorli tog‘lar bag‘rida
Begim – O‘shim ko‘rindi,
Sulton – O‘shim ko‘rindi.
2-ish. Yozuvchi fikrlarini tahlil eting. Grammatik belgilarni aniqlang.
Haqiqat qancha ko‘p qarshilikka uchrasa, kishilarning qalbidan shuncha chuqurroq o‘rin oladi.
Yurtdan chiqish – tiriklayin go‘rga kirish, degan so‘z.
Kishan oltin bo‘lsa ham, har qalay, kishan!
Es-hushi joyida har bir ko‘rib-bilib turgan haqiqatni men aytmasam, siz aytmasangiz, boshqa birov aytmasa, kim aytadi?
Eng yaxshi hiyla – to‘g‘rilik.
Odam bolasi sirkning oti emaski, qam chillaganda cho‘kkalasa!
Chiroyli lof-qofdan xunuk haqiqat yaxshi.
Ko‘p so‘z yolg‘onning yuzini pardalash uchun kerak. Haqiqat shunday jononki, pardoz uning husnini buzadi.
Talant uchun eng xavfli shira ofarinchilikdir.
Uyat – jamiyatimizni balo-qazodan asraydigan buyuk posbon. (A.Qahhor)
3-ish. Yigitning fikriga munosabat bildiring.
Bir devor yo‘lga quladi. Yo‘lovchilar tashvish bilan vahimaga tushdilar. Bir ilmi tolib: “Qanday zo‘r ish bo‘libdi. Xursandman”, – debdi. To‘planganlar unga dashnom berishdi. Shunda yigit: “Devor qachondan buyon yiqilish uchun oz-ozdan yonboshlay boshlagan edi. Mana nihoyat murodiga yetibdi. Men esa hech maqsadimga yetaolmayapman, shu sababli devorga havas qildim”, – debdi.
1-mashq. O‘qing. Mustaqil so‘zlarni aniqlab, qanday savolga javob bo‘lishini ayting.
Mehmondorchilikdan qaytgandan so‘ng Zaynab kiyimlarini elektr dazmol bilan dazmolladi, qunt bilan taxlab chamadonchasiga joyladi-da, radiopriyomnikni qo‘yib, «Pikovaya dama» operasining o‘zbekchasini tingladi. Zaynab ertaga jo‘nashini eslarkan, yuragi allanechuk zirqirab ketdi. Hatto uning mehnatda botir, yuragi sof va samimiy “oshiqlari” ham bor. Hamisha g‘ayrati toshgan, shijoatli, xushchaqchaq yosh kolxozchi To‘g‘on Boshoqov bilan birga dalada ishlaganda charchaydimi kishi. To‘ti xoladay to‘qqiz o‘g‘ilning onasi, majlisdan otiq, terimda devkor ayolni jondan sevmaslik mumkinmi?
(Oybek.)
Do'stlaringiz bilan baham: |