Yaqin o‘tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so‘zlovchining ko‘z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go‘zal vodiydagi Gullar bog‘i ko‘klam libosi bilan bezandi (Sh.R.).
Yaqin o‘tgan zamon fe’li sof fe’l negiziga –di qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi:
Shaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
Shaxs-son qo‘shimchasi
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
Shaxs-son qo‘shimchasi
|
I shaxs
|
o‘qidim
|
-di
|
-m
|
o‘qidik
|
-di
|
-k
|
II shaxs
|
o‘qiding
|
-di
|
-ng
|
o‘qidingiz
|
-di
|
-ngiz
|
III shaxs
|
o‘qidi
|
-di
|
-
|
o‘qidilar
|
-di
|
(-lar)
|
Uzoq o‘tgan zamon fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so‘zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Shoyi, atlas, chit, las ko‘ylak; nimcha, durra, peshonabog‘ , xullas bor boricha yo‘q holicha yasalgan (N.Safarov).
Uzoq o‘tgan zamon fe’li negiziga –gan sifatdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (II guruh «B» ko‘rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:
Shaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
Shaxs-son qo‘shimchasi
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
Shaxs-son qo‘shimchasi
|
I shaxs
|
o‘qiganman
|
-gan
|
-man
|
o‘qiganmiz
|
-gan
|
-miz
|
II shaxs
|
o‘qigansan
|
-gan
|
-san
|
o‘qigansiz
|
-gan
|
-siz
|
III shaxs
|
o‘qigan
|
-gan
|
-
|
o‘qiganlar
|
-gan
|
(-lar)
|
Uzoq o‘tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qo‘shimcha modal ma’nolarga ham ega bo‘ladi. Uzoq o‘tgan zamonning bo‘lib o‘tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o‘qigan edim, o‘qigan eding, o‘qigan edi; o‘qigan edik, o‘qigan edingiz, o‘qigan edilar kabi; kutilmaganda eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash bilan: o‘qigan ekanman, o‘qigan ekansan, o‘qigan ekan; o‘qigan ekanmiz, o‘qigan ekansiz, o‘qigan ekanlar kabi; bo‘lib o‘tgan ish-harakatning so‘zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o‘qigan emishman, o‘qigan emishsan, o‘qigan emish; o‘qigan emishmiz, o‘qigan emishsiz, o‘qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo‘g‘ riqish yo‘qolib, uning o‘rnida nafislik paydo bo‘lgan edi (X.No‘’mon). Mirza Bahrom unday ma’no chiqishini sira ko‘zda tutmagan ekan, o‘sal bo‘ldi (A.Qahhor).
O‘tgan zamon hikoya fe’li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yo‘li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani ma’rifat qilingan holda o‘tkazibdi (Hadisdan).
O‘tgan zamon hikoya fe’li fe’l negiziga –b (-ib) o‘tgan zamon ravishdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (II guruh «A» ko‘rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:
Shaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
Shaxs-son qo‘shimchasi
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
Shaxs-son qo‘shimchasi
|
I shaxs
|
o‘qibman
|
-b
|
-man
|
o‘qibmiz
|
-b
|
-miz
|
II shaxs
|
o‘qibsan
|
-b
|
-san
|
o‘qibsiz
|
-b
|
-siz
|
III shaxs
|
o‘qibdi
|
-b
|
-di
|
o‘qibdilar
|
-b
|
-di(-lar)
|
O‘tgan zamon hikoya fe’lining eslay (eslatish) ma’no ko‘rinishi ham bor. Bu shakl o‘tgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali hosil bo‘ladi: o‘qib edim, o‘qib eding, o‘qib edi; o‘qib edik, o‘qib edingiz, o‘qib edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, o‘shanda ayamning qanaqaligini ko‘rasiz deb edi (S.Zunnunova).
O‘tgan zamon davom fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari ma’lum bir muddat davomli bo‘lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash ma’no ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu erda Boburning doim o‘z kuchi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov). 2. Daryolardan kuylab o‘tardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi fe’li o‘tmishda ma’lum bir muddat davomli bo‘lgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab o‘tardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni anglatadi. O‘tgan zamon davom fe’li –r(-ar), -yotgan sifatdosh fe’l negiziga hamda -moqda qo‘shimchasini olgan sof fe’l negiziga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash (I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi:
Shaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
Shaxs-son qo‘sh.
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
Shaxs-son qo‘sh.
|
I
shaxs
|
o‘qir edim, o‘qiyotgan edim, o‘qimoqda edim
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-m
|
o‘qir edik, o‘qiyotgan edik, o‘qimoqda edik
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-k
|
II shaxs
|
o‘qir eding, o‘qiyotgan eding, o‘qimoqda eding
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-ng
|
o‘qir edingiz, o‘qiyotgan edingiz, o‘qimoqda edingiz
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-ngiz
|
III shaxs
|
o‘qir edi, o‘qiyotgan edi, o‘qimoqda edi
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
-
|
o‘qir edilar, o‘qiyotgan edilar, o‘qimoqda edilar
|
-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi
|
(-lar)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |