4. Birgalik nisbat
Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko‘z tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O‘.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir necha subyekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so‘ng –sh, undoshdan so‘ng –ish affiksini qo‘shish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;
b) so‘z o‘zagiga –lash (-la+-sh qo‘shma affiksi) affiksini qo‘shish bilan: yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |