Kompyuterlar katta kompyuterlar va kichik kompyuterlar sinfiga bo’linadi.
Katta kompyuterlar sinfiga serverlar va superkompyuterlar kiradi.
Kichik kompyuter sinfiga esa shaxsiy kompyuterlar (ShK), portativ kompyuterlar
kiradi.
Server kompyuteri deb kompyuter tarmog’ida asosiy axborotlar bazasini saqlovchi
maxsus ajratilgan kompyuterga aytiladi.
Superkompyuterlar juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni
yechish uchun mo’ljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir
necha yuz barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |