Meni to’ldir o’yini- ushbu o’yin turi asosan mavzuni umumiy soda qilib takrorlash uchun ishlatiadi. Bunda o’quvchilar yana bir marta takrorlab olishlari mumkin.
Bu o’yinini quyidagicha tashkil qilsak bo’ladi. Hozirgi kunda o’quv-qurollar do’konida keng tarqalgan rangli kartocgkalardan olamiz va ularni bittadan sinfdagi oquvchilarga tarqatib chiqamiz. O’quvchilarga 5 daqiqa vaqt beriladi va ular ushbu vaqt davomida ularga tarqatilgan kartochkalarga tabiat zonalari turlarini yozib chiqishadi. Vaqt tugagandan so’ng natijalar hisoblab chiqiladi. Kim ko’p tabiat zonasini topgan bo’lsa o’sha o’quvchi g’olib hisoblanadi.
Tabiat zonalari- ekvatorial o’tmonlar, tropic o’rmonlar, savannalar, cho’llar, chalacho’llar, dasht zonasi, ignabargli o’rmonlar, tundra, o’rmon-tundra, arktika sahrolari va h.k
Mozaikali klaster usuli- bu usul matematik domino o’yiniga o’xshash tomoni bor ammo undan bir jihati bilan farqlanadi. Ya’ni mozaikali klaster usulida 2 yoki undan ortiq klasterlardan foydalanish kerak. Bunda masalan 3 ta klasterning elementlari aralashtirib tashlanadi va o’quvchidan uni o’z joyiga qo’yish talab etiladi.
O’simliklarning bargi tuk bilan qoplangan
Bu usulni quyidagicha talqin qilishimiz mumkin. Misol uchun ekvatorial o’rmonlar zonasi, cho’llar va chalacho’llar, aralash va keng bargli o’rmonlarga tegishli bo’lgan elementlarini kartochkalarga yozib chiqamiz va ularni aralash qilib bitta qutiga solib qoyamiz. So’ngra 3ta oq qog’ozga katta qilib yuqoridagi tabiat zonalarini nomini yozib chiqamiz.
Qishi ancha sovuq
2000 mm atrofida yog’in tushadi
Faqat yoz fasli bor.
Yozi iliq bo’ladi
Yog’in kam yog’adi
Yil bo’yi harorat bir xil bo’ladi.
Qayin daraxti o’sadi
Saksovul o’sadi
Endi mana shunga oxshagan kartochkalarni quyidagi klaster boshiga biriktiramiz.
Sernam ekvatorial o’rmonlar zonasi
2000 mm atrofida yog’in tushadi
Yil bo’yi harorat bir xil bo’ladi.
Faqat yoz fasli bor.
Aralash va keng bargli o’rmonlar zonasi
Cho’llar va chalacho’llar zonasi
Inson va tabiat.
Ushbu mavzu mustaqil o’qish uchun berilgan. Bu mavzuda Yer yuzasi aholisi, O’zbekiston aholisi, noosfera (insonning ta ’siri atm osferada 18-20 km balandlikkacha, Yer yuzidagi, tuproq, o‘simlik va hayvonlarga, Yer po‘stida 3-4 km chuqurlikkacha, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. Biosferaning odam yashaydigan va tabiatga juda katta ta’sir ko‘rsatadigan shu qismi noosfera deb ataladi. Noos - yunoncha aql degani. Noosfera aqllilar qobig‘i, y a’ni odam yashaydigan qobiq degani), tabiiy resurslar va tabiatga insonning ta’siri haqida bayon etilgan.
Bu mavzuga ko’p to’xtalmadik. Bu mavzu uchun suhbat metodi qulay deb ushbu metodni qo’lladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |