Haqiqat yoki yolg’on o’yini- Bunda o’qituvchi tomonidan bugungi mavzuga doir gaplar tuziladi va o’quvchilarga o’qib beriladi. O’quvchilar ushbu gaplarni eshitib, agar ma’lumot haqiqat bo’lsa quyidagi jadvalni haqiqat degan joyiga yolg’on bo’lsa yolg’on degan joyiga belgi qo’yishadi.
Biosfera bu suv qobig’i.
O’txo’r hayvonlar go’shxo’r hayvonlarni yeyishmaydi.
Inson biosferaga hech qanday ta’sir otkazmaydi.
T/r
|
Haqiqat
|
Yolg’on
|
1
|
|
+
|
2
|
+
|
|
3
|
|
+
|
Ketma-ketlikni to’g’irla o’yini- bunda o’quvchiga ketma-ket sodir bo’lgan hodisalarni aralashtirib beriladi va o’quvchi uni o’z orinlariga joylashtirib chiqishi zarur. Bu o’yin o’quvchining to’g’ri mantiqiy fikrlay olishini rivojlantiradi. Misol tariqasida
Yer taxminan 4 milliard 600 million yildan beri mavjud. Yerda dastlab oddiy mikro organizmlar paydo bo’lgan. So’ngra vulqonlar otilib Litosfera hosil bo’lgan undan atmosfera hosil bo’lgan. Keyinchalik odam paydo bo’lgan va ohiri suv yani gidrosfera hosil bo’lgan. Idrosfera hosil bo’lgandan so’ng suv hayvonot olami va o’simligi shakllangan.
Buni o’quvchi har bir bo’lgan hodisani ajratib olib paydo bo’lishiga ko’ra tartiblab chiqishi zarur.
2.Tabiat zonalari.
Ushbu mavzuda quyidagilar uchun ma’lumot berib o’tilgan:
-komponentlar va komplekslar haqida- tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qism lar - kom ponentlar (tog‘ 96 jinslari, suv, havo, tuproqlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi) tabiatda alohida-alohida, bir-biridan ajralgan holda uchramaydi. Ular bir-biri bilan bog‘lanib ketgan va o‘zaro ta’sir etib turadi. Ular birgalikda tabiat kompleksini, y a’ni tabiiy uyg‘unlikni hosil qiladi. Tabiat kompleksi shunday tabiiy uyg‘unlikki, unda bironta komponent o‘zgarsa, boshqa komponentlar ham o‘zgarishi haqida;
-tabiat zonalari nima uchun hosil bo’lganligini tushuntirib berish- (yer yuzida katta-kichik tabiat komplekslari juda ko‘p. Geografik mintaqalar, tabiat zonalari ham tabiat komplekslaridir. Yerning sharsimon shaklda ekanligi sababli Quyoshdan keladigan yorug‘lik va issiqlik Yer yuzida bir xilda taqsim lanm aydi. Uning miqdori ekvator atroflaridan Shimoliy va Janubiy qutblarga tomon kamayib boradi. Buni avvalgi darslardan bilib olgansiz. Yer yuzida quruqlik va okeanlar juda notekis taqsimlangan. Yer yuzasining relyefi ham har xil. Bular quruqlik yuzasining Quyosh nuri bilan isitilishiga, havoning haroratiga, shamollarning y o ‘nalishiga, yog‘inlarning miqdori va qaysi fasllarda yog‘ishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mana shu barcha ta’sirlar natijasida Yer yuzida ekvatordan qutblarga tomon tabiat o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishlar tabiat zonalarini vujudga keltirishi);
-tabiat zonasi o’zi nimaligi haqida (quruqlikdagi iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi birbiridan farq qiladigan yirik tabiiy komplekslari tabiat zonalari deb ataladi. «Zona» lotincha so‘z bo‘lib, uzun cho‘zilgan, ensiz yer degan m a’noni bildiradi. Tabiat zonalari ham Yer yuzida ko‘pincha g ‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘ladi.Har bir tabiat zonasi boshqa zonalardan iqlimi, yog‘in miqdori, o‘simliklari, tuproqlari va hayvonot dunyosiga ko‘ra, ya’ni tabiat manzarasi bilan farqlanishi);
-tabiat zonalaring turlari haqida (Tabiat zonalari ekvatordan qutblarga tomon almashinib boradi. Asosiy zonalar quyidagilar: Sernam ekvatorial o‘rm o n lar zonasi. Ekvator yoni olkalarida havo harorati yil bo‘yi deyarli bir xil, +25 °C atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 2000 mm dan oshadi, yil bo‘yi bir xilda taqsimlanadi. Bunday sharoitda sernam, doimiy yashil o ‘rm onlar o ‘sadi. Fasllar almashinmaydi, faqat bitta fasl - yoz bo‘ladi. Bir daraxt gullasa, boshqa daraxtda mevasi pishadi (64-a rasm). M av su m iy nam tro p ik o ‘rm o n la r zo n asi. Bu zona sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasini shimol va janub tomonlardan o‘rab turadi. Bu zonada yil ikki faslga bo‘linadi: sernam issiq yoz va quruq issiq qish. Sernam yozda tabiat ekvatorial o‘rmonlardagidan farq qilmaydi. Qurg‘oqchil davrda esa daraxtlar bargini to ‘kadi. S avannalar va siyrak o‘rm o n lar zonasi. Bu zona mavsumiy nam tropik o‘rmonlar zonasiga tutashib turadi. Harorat yuqori bo‘ladi, lekin yog‘in kam, asosan, yoz oylarida yog‘adi. Shuning uchun daraxt kam, baland bo‘yli o‘t-o‘simliklar va butalar o‘sadi. Har xil hayvonlar - sher va fillar, o ‘txo‘r antilopalar, zebra, jirafalar yashaydi. Chala cho ‘l va cho‘llar zonasi. A frika va Osiyo q it’alarida cho‘llar juda katta maydonni egallagan. Cho‘llar yog‘in kam, qurg ‘oqchil o ‘lkalarda vujudga keladi. O ‘simliklar siyrak bo‘lib, quruq iqlim sharoitiga moslashgan. Ildizlari uzun, barglari mayda, tanasi tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Yantoq, saksovul, yulg‘un ko‘p uchraydi. Cho‘l hayvonlari ham issiq va qurg‘oqchilikka moslashgan. Tuya, kiyik, toshbaqa, kaltakesak, ilon, chayon, kemiruvchi hayvonlar ko‘p tarqalgan. K o‘p joylarni qum bosib yotadi. 0‘rmon-dasht va dashtlar zonasi. Bu zona Shimoliy yarimsharda keng m aydonni egallagan. Janubiy yarim sharning bu kengliklari, asosan, dengiz va okeanlar bilan qoplanganligi uchun dashtlar kam. Dasht zonasida yerlar, asosan, o ‘tloqlardan iborat. Bu zona iqlimi, tuproqlari dehqonchilik uchun qulay. Shu sababli bu zona yerlari deyarli to ‘liq haydalib, ekinzorlarga aylantirilgan. A ralash va keng b arg li o ‘rm o n la ri zonasida yogin nisbatan ko‘proq - 400-500 mm, qish ancha sovuq, yoz iliq bo‘ladi. Bu zonaning ko‘p yerlari keng bargli va aralash o‘rmonlar bilan qoplangan. O ‘rmonlarda qarag‘ay, qora qarag‘ay, eman, qayin daraxtlari o‘sadi. Hayvonot dunyosiga boy. Yerning qutblari atroflarida qish uzun, juda sovuq, yoz qisqa, salqin bo‘ladi. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida juda katta maydonlarni tu n d ra zonasi egallagan. Bu zonada pakana qayin va qutb toli deb ataluvchi butalar, mox va lishayniklar o‘sadi. Yozda ko‘p qushlar uchib keladi. Shimoliy Muz okeanidagi ko‘plab orollar va Antarktidada m uzlik (arktika) cho‘llari zonasi joylashgan bo‘lib, asosan, qor va muzlar bilan qoplangan (64-c rasm). Tabiat nafaqat ekvatordan qutblarga, balki tog‘ etagidan cho‘qqisiga tomon ham almashinib boradi. Biz buni balandlik mintaqalanishi deb atalishi) haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Bu ma’lumotlarni eslab qolish o’quvchi uchun birmuncha qiyinlik qiladi. Shuning uchun ush bu mavzuni bir nechta o’yinlarda foydalanib takror va takror so’rashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |