Kalit 1
Kalit 2
Junatuvchi
Shifrlash
Tiklash
Qabul qiluvchi
Yovuz niyatli
shaxs
matn
Yopiq
matn
matn
Vositalar
I. Fоydalanuvchilarni identifikatsiyalash va
autentifikatsiyalash tizimi
II. Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi
III. Тarmoq bo‘yicha uzatiladigan
ma’lumotlarni shifrlash tizimi
IV. Elektron ma’lumotlarni
autentifikatsiyalash tizimi
V. Тayanch axbоrotlarni boshqarish vositalari
4-rasm.Ma’lumotlarni himoyalash texnik-dasturiy vositalar
1.
Foydalanuvchchilarni idеntifikatsiyalash va autеntifikatsiyalash
tizimi.
Ushbu tizim foydalanuvchidan olingan ma’lumot buyicha uning
shaxsini tеkshirish, xakikiyligini aniklash va shundan cyng unga tizim bilan
ishlashga ruxsat bеrish lozimligini bеlgilab bеradi.
Bu holda asosan foydalanuvchidan olinadigan ma’lumotni tanlash
muammosi mavjud bulib, uning quyidagi turlari mavjud:
• foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan maxfiy axborot, masalan, parol’,
maxfiy kalit va boshqalar;
• shaxsning fiziologik paramеtrlari, masalan, barmok izlari, kuzning
tasviri va boshqalar.
Birinchisi an’anaviy, ikkinchisi esa biomеtrik idеntifikatsiyalash tizimi,
dеyiladi.
II.
Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi.
Ushbu tizimning asosiy maksadi
diskdagi ma’lumotlarni himoyalashdir. Bu holda mantikiy va jismoniy
boskichlar ajratiladi. Mantikiy boskichda fayl asosiy ob’еkt sifatida bulib,
faqatgina ba’zi bir fayllar himoyalanadi. Bunga misol kilib, arxivator
dasturlarini kеltirish mumkin. Jismoniy boskichda disk tulaligicha
himoyalanadi. Bunga misol sifatida Norton Utilities tarkibidagi Diskreet
shifrlovchi dasturni kеltirish mumkin.
III.
Tarmoq buyicha uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash tizimi.
Ushbu
tizimda ikki yunalishni ajratish mumkin:
• kanal buyicha, ya’ni aloka kanallari buyicha junatiladigan barcha
ma’lumotlarni shifrlash;
• abonеntlar buyicha, ya’ni aloka kanallari buyicha junatiladigan
ma’lumotlarning faqatgina mazmuniy kismi shifrlanib, kolgan xizmatchi
ma’lumotlarni ochik koldirish.
IV.
Elеktron ma’lumotlarni autеntifikatsiyalash tizimi.
Ushbu tizimda
tarmoq buyicha bajariladigan elеktron ma’lumotlar almashuvida hujjatni va
uning muallifini autеntifikatsiyalash muammosi paydo buladi.
V.
Tayanch axborotlarni boshqarish vositalari.
Ushbu tizimda tayanch
axborotlar sifatida kompyutеr tizimi va tarmogida kullaniladigan barcha
kriptografik kalitlar tushuniladi. Bu holda kalitlarni gеnеratsiyalash, saqlash
va taksimlash kabi boshqaruv funktsiyalarini ajratishadi.
21-
mavzu Elektron raqamli imzo tushunchasi
Yakuniy nazorat ishi.
Elektron biznes xaridor va sotuvchi orasidagi aloqani tashkil etish,
buyurtmani ifodalash, muxokama qilish, o’zgartirish, tovarlarni va
xizmatlarni sotish usullarini hamda to’lovni amalga oshirish jarayonlarini
o’zgartirish uchun yangi texnologiyalardan foydalanadi. Hozirda elektron
tijorat va biznesning aksariyat - 49 - muammolari axborot xavfsizligi bilan
bog’liq, ya’ni xavfsizlik muammolari elektron tijorat va biznes rivojidagi
jiddiy to’siq xisoblanadi. Har qanday tijorat kompaniyasining boshqa
kompaniyalar bilan yoki ushbu kompaniyaning bo’limlari orasida aloqa
o’rnatilishi zarur. Hozirda global Internet tarmog’i o’zining uzellari o’rtasida
ishonchli va arzon axborot almashinuvini ta’minlaydi. Ochiq global Internet
tarmog’i kanallaridan faol foydalanuvchi elektron biznesning ishlashi
jarayonida ko’pgina xavf-xatarlar paydo bo’ladi. Internetdan foydalanish
kanallari kompaniyaning axborot resurslaridan chetdan foydalanishga
imkon berishi mumkin. Kommunikatsion, xususan HTTP — protokol
asosidagi dasturlardan extiyotsizlik bilan foydalanish axborot tizimining
ishga layoqatligini buzuvchi va/yoki axborot tizimima’lumotlarini buzuvchi
maxsus dastur — "Troyan otlarining" kirishiga olib kelishi mumkin. Bu xil
dasturlarning ichida viruslar eng tarqalgan. O’ziga xos malakali
mutaxassislar korporativ axborot tarmoqlariga bilinmasdan kirish uchun
ko’pincha umummaqsad tarmoqlardan foydalanadilar. Elektron qutisining
tez-tez ishlatilishi niyati buzuq odamlarga elektron biznes bilan
shug’ullanuvchi tashkilot foydalananuvchilari nomlarini obro’sizlantirishga
yordam berishi mumkin. Foydalanuvchilar ma’lumotlarini (ismlar, parollar,
PIN — kodlar va h.) saqlovchi tizimining zaif joylarini qidirishdan tarmoqda
keng ishlatiluvchi maxsus dasturlardan foydalanish mumkin. Internet
konfidentsial axborotni dunyoning istalgan nuqtasiga yuborishi mumkin,
ammo agar u yetarlicha ximoyalanmagan bo’lsa, ushlab qolinishi,
nusxalashtirilishi, o’zgartirilishi hamda har qanday chetdagi foydalanuvchilar
-niyati buzuq odamlar, raqiblar va oddiy qiziquvchilar tomonidan o’qilishi
mumkin. Masalan, yetarlicha himoyalanmagan to’lov topshirig’i yoki kredit
kartochka nomerini jo’natayotganda esda tutish lozimki, jo’natish
xususiy/shaxsiy tarmoq orqali amalga oshirilmayapti va chetdagi
foydalanuvchilar xabaringizni manipulyatsiya qilish imkoniyatiga ega.
Undan tashqari xabaringiz almashtirilib qo’yilishi mumkin: xabarlarni xuddi
V foydalanuvchidan yuborilganidek A foydalanuvchidan yuborish usullari
mavjud. Internet tarmog’i mahsus paket, tamomila qonuniy paketlar,
sonining xaddan tashqari ko’pilgi uzatishdagi buzilishlar, tarmoq
komponentlarining nosozligi tufayli ishga layoqat bo’lmasligi mumkin.
Bunday xollar ―xizmat qilishdan voz kechish‖ deb ataladi va elek-tron
tijorat uchun eng jiddiy tahdid hisoblanadi. Axborot xavfsizligi elektron
biznes tizimining eng muxim elementlaridan biri xisoblanadi va usullar va
vositalarning butun bir to’plami yordamida ta’minlanishi shart. Elektron
tijorat sohasidagi savdo ko’lami Internet xavfsizligi masalalaridan
tashvishlangan xaridorlar, sotuvchilar va moliya insitutlarining boshidan
kechiruvchi qo’rquvlari bilan chegaralanadi. Bu qo’rquvlar, hususan,
quyidagilarga asoslanadi: - konfidentsiallikka kafolatning yo’qligi-kimdir
ma’lumotlaringizni uzatilayotganida ushlab qolishi va qiymatli axborotni
(masalan, kredit kartochkangizning nomerini, tovar yetqazib berish sanasi
va adres) topishga urinishi mumkin; - amalda ishtirok etuvchilarni tekshirish
darajasining yetarli emasligi - tranzaktsiya qatnashchilari tekshirilmaganida
tomonlarning biri ―maskarad‖ uyushtirishi mumkinki, uning oqibati
ikkinchi tomonga ancha qimmatga tushadi. Masalan, xaridor saytga kirib
undagi kompaniyaning haqiqiyligiga shubha qiladi, shunday hol ham ro’y
berishi - 50 - mumkinki, xaridor kredit kartochkasining nomerini yetarlicha
vakolatga ega bo’lmagan shaxsga beradi; - sotuvchida buyurtma bergan
xaridor kredit kartochkasining qonuniy egasi ekanliginining tekshirish
imkoni yo’q; - kredit kartochkasining bank - emitenti to’lovni bajarishga
talab qo’ygan sotuvchini tekshirishni istab qolishi mumkin; - ma’lumotlar
yaxlitligiga
kafolat
yo’q
-
xatto
ma’lumotlarni
jo’natuvchi
indentifikatsiyalangan bo’lsada, uchinchi tomon ma’lumotlarni, ular
uzatilishi vaqtida, o’zgartirish imkoniyatiga ega. Axborot xavfsizligini
ta’minlash nuqtai nazaridan elektron tijoratning namunaviy qo’llanilishini —
Internet orqali maxsulotga va xizmatlarga ega bo’lishni ko’raylik. Ushbu
jarayon quyidagi bosqichlar orqali ifodalanishi mumkin. 1. Buyurtmachi
Web-server orqali maxsulot yoki xizmatni tanlaydi va mos buyurtmani
rasmiylashtiradi. 2. Buyurtma magazinning buyurtmalar ma’lumotlari
bankiga kiritiladi. 3. Buyurtma berilgan maxsulot yoki xizmatni olish
mumkinligini ma’lumotlarning markaziy bazasi orqali tekshiriladi. 4. Agar
mahsulotning olinishi mumkin bo’lmasa, buyurmachi u to’g’rida
ogohlantiriladi va mahsulot yoki xizmatga ega bo’lish jarayoni to’xtatiladi.
Mahsulotga so’rov boshqa skladga (buyurtmachi roziligida) yo’naltirilishi
mumkin. 5. Agar maxsulot yoki xizmat mavjud bo’lsa buyurtmachi to’lovni
tasdiqlaydi va buyurtma mos ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Elektron
magazin mijozga buyurtma tasdig’ini yuboradi. Ko’pgina xollarda (ayniqsa
endigina ish boshlagan kompaniyalarda) buyurtmalar, tavarlarning borligini
tekshirish va h. uchun yagona ma’lumotlar bazasi mavjud. 6. Mijoz onlayn
rejimida buyurtma xaqini to’laydi. 7. Tovar buyurtmachiga yetqaziladi.
Elektron tijorat bilan shug’ullanadigan kompaniyalar yuqorida keltirilgan
bosqichlarda duch keladigan tahdidlar quyidagilar: - elektron magazin
Web-saytining sahifasini almashtirib quyish. Bu tahdidni amalga
oshirishning asosiy usuli — foydalanuvchi so’rovini boshqa serverga
yo’llash.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI
KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI
TAXIATOSH TUMANI
KASB-HUNAR MAKTABI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI FANIDAN
BAHOLASH VOSITALARI
Tuzuvchi:
S.Allambergenova
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
O‘quv moduli davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha
amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma, og‘zaki,
savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv
elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat
savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
Baholash tizimi:
Joriy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini
atroflicha tushungan bo’lsa;
vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;
chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to’g’ri bayon qilib bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa;
ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
Yaxshi bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini. maqsadi va vazifasini
tushungan bulsa;
vazifani mustaqil bajara olsa;
chizgan xaritalarining mazmunshsh tushunsa, to’g’ri bayon qilib
bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa;
ishni belgilangan muddatda topshirsa.
O’rta bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va
vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lsa;
vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo’lsa;
xaritalarni mazmunan to’g’ri chizgan va tushungan, ammo bayonida
qiynalsa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzib tasvirlasa;
ishda ayrim kamchiliklar bo’lsa va belgilangan muddatda
topshirilmasa.
Qoniqarsiz bahoga:
ishni bajarmagan yoki nazariy va amaliy ahamiyatini tushunmagan
bo’lsa;
vazifani mustaqil bajara olmasa;
hisobotni chala va o’z vaqtida topshirmasa yoki umuman
topshirmasa.
Oraliq va yakuniy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
savolga atroflicha aniq va to’g’ri javob yozilgan bo’lsa;
orfografik va grammatik xatoliklar uchramasa.
Yaxshi bahoga:
savolga to’g’ri javob yozilgan bo’lsa;
ba’zi fikrlarda ayrim kamchiliklar uchrasa.
O’rta bahoga:
savolga javobning uchdan ikki qismi to’g’ri yozilgan bo’lsa;
orfografik va grammatik xatoliklar bo’lsa.
Qoniqarsiz bahoga:
savolga javobning uchdan bir qismi to’g’ri yoki umuman yozilmagan
bo’lsa;
orfografik va grammatik xatoliklar ko’p bo’lsa.
(2.9-ilova)
Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali
Guru
h
Javobning
aniqligi va
toliqligi (2-
5 ball)
Taqdim etilgan
axborot
yaqqolligi (2-5
ball)
Guruhning
har bir
a’zosi
faolligi (2-5
ball)
Umumiy
ball miqdori
(2+3+4)
Baho
(5/4)
1
2
3
4
5
6
1
2
Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar
chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini
belgilab beradi: 5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball –
«qoniqarsiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |