O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Suveren Qoraqalpog‘iston davlati ning paydo bо‘lishi



Download 0,7 Mb.
bet71/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Suveren Qoraqalpog‘iston davlati ning paydo bо‘lishi.


Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi о‘z taraqqiyoti - tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bо‘ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega.
1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining о‘n birinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.
1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining о‘n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi. 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining о‘n tо‘rtinchi sessiyasida Davlat Madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qarg‘i Kengesi deb ataldi. Jо‘qarg‘i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bо‘lib о‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jо‘qorg‘i Kenges Raisi, uning о‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qо‘mita raislari va uning a’zolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar qо‘mitalar raislari rahbarligida Qoraqalpog‘iston qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mо‘ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jо‘qorg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jо‘qarg‘i Kenges Raisi, Rais о‘rinbosarlari, mandat komissiyasi va qо‘mitalar raislari kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga Rais, ikkita birinchi о‘rinbosar va 4 ta tarmoq о‘rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qо‘mitalari rahbarlari ham kiritilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida о‘zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning о‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qо‘mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi о‘z vazifasiga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. О‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat kо‘rsatadi.
Yaqin о‘tmishda Qoraqalpog‘istonning qiyofasi qanday edi, faxrlanishga arziydigan nimasi bor edi? Mustaqillik yillarida qanday о‘zgarish, yangilanishlar rо‘y berdi? Kecha mehmon kelsa, nimalarni kо‘rsatish mumkin edi, bugunchi?
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi о‘tkir masalalar, aholi turmushidagi qiyinchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi. Masalan, istiqlolning dastlabki yilida minglab aholini ichimlik suvi bilan ta’minlagan 243 kilometrlik Tuyamо‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtakо‘pir suv tarmog‘i, 2000-yili Nukus shahrini Xо‘jayli tumani bilan bog‘lovchi yangi kо‘prik, 2001-yilda Nukus-Sulton Uvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yо‘li ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida barpo etilgan va о‘z mahsulotini xorijga chiqarayotgan Qо‘ng‘irot soda zavodi, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Qoraqalpog‘iston sanoatining yuksalish davrini boshlab berdi.
Xorijlik sheriklar bilan kashf etilgan «Jel», «G‘arbiy Orol», «Tillali», «Sayhun», «In’om», «Arslon» konlari mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanidagi «Kameks-KK» korxonasida momiq, Kegayli tumanidagi «Avto Qayip mayshi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqarish о‘zlashtiriladi.
О‘lkada namunali loyihalar asosida 2982 ta qishloq uylari qurilib bitkazildi. Bu ishlar davom ettirilmoqda. 93 ta kasb-hunar kolleji, 10 ta akademik litsey barpo etildi.
О‘tgan yili Nukus shahrida zamonaviy «Baxt uyi», Dо‘stlik kanali qirg‘og‘ida kо‘plab kо‘ngilochar, dam olish maskanlari hamda «Toshkent» mehmonxonasi qoshida zamonaviy «Yoshlar markazi» foydalanishga topshirilda.
Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy, Xо‘jayli tumanlaridagi «Kamolot» uylarida hovli tо‘ylar nishonlandi.
Hozirgi kunda respublikada 37 ta zamonaviy shifoxona, 230 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 188 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat kо‘rsatmoqda. Bunday misollarni kо‘plab keltirish mumkin.
Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida mamlakatimiz barcha sohalarda asrlarga teng taraqqiyot yо‘lini bosib о‘tdi. Shaharu qishloqlarimiz zamonaviy qiyofa kasb etib, hayotimizda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar butunlay о‘zgardi. Mustabid tuzum davrida asosan xomashyo yetkazib beruvchi agrar respublika bо‘lgan О‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror taraqqiy etayotgan, sanoati rivojlangan, eng muhimi, xalqining farovonligi muttasil yuksalib borayotgan qudratli davlatga aylandi. 
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mustaqillik yillarida keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samaralar berdi. Puxta о‘ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi oddiy agrar о‘lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi. 
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, rо‘y bergan о‘zgarish va yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy Osiyoda yagona, sahro bag‘ridagi mо‘jiza –Qо‘ng‘irot soda zavodi, Xо‘jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qо‘shma korxonasi, Qо‘ng‘irot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari, О‘rta gaz koni, “Elteks” va “Kateks” kabi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, о‘nlab umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san’at maktablari. Bunday muhtasham inshootlar istiqlol sharofati tufayli barpo bо‘ldi.
1991-2010-yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi.
Xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bо‘ldi. Bu sohada ham islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu g‘oya doimiy ustuvor vazifa bо‘lib kelmoqda. 
Er osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga kо‘ra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “О‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining say-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan “Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir.
Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga sabab bо‘layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi. 
2014-yili nufuzli “Infrastrukture Jurnal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e’lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga kо‘tarishi shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy о‘simliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yо‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, tо‘rttasi modernizatsiya qilinadi. 
Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Bunyodbek-Xо‘jayli” oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha “Yoqubova Gavhar” fermer xо‘jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqal’ada “Global national-tex” shо‘ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yiladi. Amudaryo tumanidagi “Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegeyli tumanidagi “Avto Qayip mayshi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. “Tо‘rtkо‘l omad tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish о‘rinlari yaratilmoqda. Bunday misollarni kо‘plab keltirish mumkin.
Mustaqillik yillarida qishloq xо‘jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer о‘z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‘iston fermerlari qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda. 
Mamlakatimizning barcha hududlarida bо‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora kо‘paymoqda. Barcha sharoitlarga ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy tо‘ylariga kelin tо‘ylari ulanib ketayotir.
Yosh avlodning hech kimdan kam bо‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan biridir. О‘tgan davr mobaynida hududda zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 700 о‘rinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 170 mingdan ziyod о‘g‘il-qizlar zamonaviy bilimlarni о‘rganmoqda.
Mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasi davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bо‘lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz Islom Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi ana shunday olijanob say-harakatlar samarasida tashkil etildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza qilish bо‘yicha 2013-2017-yillarga mо‘ljallangan dasturi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolbо‘yini ekologik sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, chо‘llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun’iy о‘rmonlar barpoetish uchun keng kо‘lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga kо‘ra, mazkur ishlarga 89,39 milliard sо‘m, 1635,55 million AQSH dollari va 57,63 million yevro mablag‘ yо‘naltirish kо‘zda tutilgan. 
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda Mо‘ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34 gektarlik saksovulzor – sun’iy о‘rmon barpo etildi.
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSH dollari miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida chо‘llanishdan himoyalovchi mitti о‘rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir. 
Mustaqillik inshootlaridan yana biri Qо‘ng‘irot soda zavodidir. Kо‘plab sohalar uchun zarur xomashyo – kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu yirik korxona о‘z mahsulotining aksariyatini eksportga yо‘naltirmoqda. О‘tgan yili korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 ming tonna mahsulot yetkazib berdi. Ichki bozorda “Kvarts”, “Asl oyna” aksiyadorlik jamiyatlari, “О‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “О‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Qо‘ng‘irot soda zavodining asosiy buyurtmachilaridir.
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat kо‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan bahramand bо‘layotir.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash bо‘yicha amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli ishlar mustaqilligimizning birinchi kunlaridan belgilab olingan eng muhim vazifalarning izchil davomidir. 
Bugun Qoraqalpog‘iston shifokorlarining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Polsha va boshqa kо‘plab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilg‘or tajribalarni qо‘llashi oddiy holga aylandi.
2016 yilgacha mintaqada amalga oshirilayotgan bunday keng kо‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga mustahkam zamin bо‘lib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida chekka hudud sifatida mutlaqo e’tibordan chetda qolgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bugun ana shunday taraqqiyot yо‘lidan dadil bormoqda. Bugunidan mamnun va ertangi kuniga ishonchi qat’iy bо‘lgan Qoraqalpog‘iston xalqining shukronalarida, mamnun chehralarida yaqqol aks etmoqda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi keyingi yillarida asrlarga teng yo’lni bosib о‘tdi. Tarixan qisqa bu davrda shahar va qishloqlar, butun yurtimiz qiyofasi, jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar butunlay о‘zgardi. Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va yangilanishlar boshlab kelganining tasdig‘ini О‘zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida ham yaqqol kо‘rish mumkin.
Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog‘istonning rivojlanishiga ham ulkan e’tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e’tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama о‘zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar о‘lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bо‘lgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi.
Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bо‘lmas darajada о‘zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror sur’atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy о‘zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog‘iga etib bо‘lmaydi. О‘rta Osiyoda yagona bо‘lgan, sahro bag‘ridagi mо‘jiza deb nom olgan Qо‘ng‘irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, “Lanextrakt” qo’shma korxonasi, “Nukus Med Tex” MCHJ, “Tо‘rtkо‘l shisha idislari” MCHJ, Xо‘jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qо‘shma korxonasi, Qо‘ng‘irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kAbelь’ zavodlari, О‘rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yо‘li , Nukus bilan Xо‘jaylini bog‘laydigan ulkan kо‘prik, Qо‘ng‘irot avtomobil’ yо‘li , о‘nlab umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san’at maktablari singari kо‘plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir.
Milliy avtomagistral qurilishida rо‘y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo’lning Nukus shahriga kiraverishida yangi kо‘prik va chorraha yо‘lning qurilishidir.
Shuni ham alohida ta’kidlab о‘tishimiz kerak, Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan tamal toshi qо‘yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e’tiborini jalb etmoqda.
Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, о‘z tarixi, madaniy merosi, milliy an’ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, о‘zligini anglash imkoniga ega bо‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi О‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g‘arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog‘istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bо‘lib, u hududining kattaligi jihatdan О‘zbekiston Respublikasi viloyatlari о‘rtasida birinchi о‘rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir.
Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qoraо‘zak, Kegeyli, Qо‘ng‘irot, Qonlikо‘l, Mо‘ynoq, Nukus, Taxtakо‘pir, Tо‘rtkо‘l, Xо‘jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a tumanlari va Nukus shahridir.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish