O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan (2020 yil, 29-dekabr)



Download 0,7 Mb.
bet68/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan (2020 yil, 29-dekabr):



  • Xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bо‘yicha davlat buyurtmasi berish yо‘lga qо‘yiladi.

  • Keyingi yildan oliy ta’limga ajratiladigandavlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi.

  • OTMlarga qabul qilishda ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun grantlar soni 2 barobarga kо‘paytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi.

  • A’lo baholarga о‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi.

  • -“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy о‘quv yurtlarining magistratura va doktaranturasida о‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi.


2015 yilda Respublikada 76 ta oliy о‘quv yurti faoliyat kо‘rsatgan bо‘lsa, shundan 3 tasi Akademiya, 20 Universitet, 37 tasi institu, 1 tasi konservatoriya, 2 tasi oliy maktab (texnika va milliy raqs), 8 tasi Respublika va chet el oliygohlari filliallari bо‘ldi. Hozirda oliy ta’lim muassasalarining soni 126 taga yetdi. Birgina sо‘nggi tо‘rt yil ichida 43 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan, 13 ta xorijiy oliy о‘quv yurti tashkil etildi. Shulardan qariyb, 10 dan ortig‘i о‘z-о‘zini mablag‘ bilan ta’minlash tizimiga о‘tgan, 30 ga yaqini esa modul va modul-kredit tizimida faoliyat kо‘rsatmoqda. 5 ta OTM transformatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda. 100 dan ortiq yangi bakalavriat yо‘nalishlari hamda 94 ta magistratura mutaxassisligi bо‘yicha kadrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yildi. Joriy yilda (2020 y.) oliy о‘quv yurtlariga bir yarim millionga yaqin yoshlarimiz hujjat topshirdi. Bu raqam о‘tgan yilga nisbatan 40 foizga kо‘p demakdir.
О‘zbekistonda о‘rta va о‘rta maxsus ta’lim maskanlari bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish 2016 yilgacha 9-10 foizni tashkil etgan bо‘lsa, bu kо‘rsatkich 2017-2018 yillarda 15 foizni tashkil etdi. Lekin bu hali yetarli emas. Chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qarydigan bо‘lsak, bu ularda 60-70 foizni tashkil qiladi. Shuni e’tiborga olib, yoshlarni oliy ta’limga qamrab olishni 2020 yilda 20 -25 foizga, 2030 yilga borib 30-35 foizga yetkazish nazarda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqib, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimi joriy etilmoqda. Davlat grantlari 2 barobarga kо‘paytirildi, qizlar uchun alohida grantlar ajratildi (940 ta о‘rin). Yoshlarimizga bir vaqtning о‘zida bir necha oliy о‘quv yurtiga hujjat topshirish imkonitini berilayotgani ham, о‘ylaymizki, ularning ta’lim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim respublikada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash 60 ta oliy ta’lim muassasalari va 83 ta ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshirilmoqda. 2004 yilda aspirantlarning soni 2188 kishiga, doktorantlarning soni esa 193 kishiga yetdi.
Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash kasbiy bilim va kо‘nikmalarni chuqurlashtirish va yangilashga qaratilgan. 2004 yilda respublika bо‘yicha 170,4 ming kishi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan bо‘lib, shundan malaka oshirish institutlarida 66,9 ming kishi, oliy ta’lim muassasalari qoshidagi malaka oshirish fakultetlarida 17 ming kishi, malaka oshirish kurslarida esa 73,3 kishi о‘qigan. Mamlakatda ta’lim salohiyatini chuqurlashtirish va yangilash maqsadlarida pedagoglar, oliy ta’lim mussasalari rahbarlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlari va tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirishning о‘rta muddatli istiqbolli rejasi ishlab chiqildi. 2020 yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 700 dan ziyod olimlar, о‘qituvchilarni chet ellarga ilmiy izlanishlar va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Hukumatimizning doimiy e’tibori natijasida о‘tgan yillar davomida yurtimizda jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari о‘rnatildi. Natijada Toshkentda Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti ish boshladi. I.Gubin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiallari kabi yuksak xalqaro obrо‘-e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy о‘quv yurtlarining filiallari tashkil etildi hamda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
О‘zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsersumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD Konrad Adenaur (Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyuk Britaniya), Saud al-Baptin Fondi (Misr) kabi xalqaro tashkilotlar va nohukumat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘ydi. Shu bilan birga, Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YNESKO, Jahon Banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti va boshqalar bilan aloqalar ham mustahkamlanib bormoqda Shuningdek, iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda о‘qitishni qо‘llab-quvvatlash maqsadida “О‘lug‘bek”, “Umid”, “Iste’dod” jamg‘armalari tashkil etildi.
2018-19 yildan quyidagi nodavlat ta’lim muassasalari О‘zbekistonda о‘z faoliyatini boshladi: Toshkent shaxridagi Yodju texnika instituti, Akfa universiteti, Qо‘qon universiteti, Farg‘ona shaxridagi Koreya xalqaro universiteti (2020-2021 о‘quv yilida faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan), Tashkent international Universitu” Xalqaro universiteti, TEAM universiteti, “Tashktnt international Universitu of Edication” xalqaro universiteti.
Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, keyingi yillarda ta’lim-tarbiya, ilm-fanni rivojlantirish bо‘yicha salmoqli islohotlar boshlab yuborildi. Zero, ta’lim-tarbiya va ilm-fanga qilingan sarmoya mamlakat taraqqiyoti uchun eng kо‘p samara olib keladi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish