Maktabgacha ta’lim. О‘zbekistondagi zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bо‘g‘ini bо‘lib, ota-onalar va bolalarning ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ziyoli, badiiy-estetik, jismoniy jihatdan barkamol rivojlanishi, muntazam ta’limga nisbatan qiziqish va harakat uyg‘otish tamoyillariga asoslandi.
2005 yilning boshiga kelib, respublikadagi maktabgacha ta’lim tizimida turli shakl va turdagi ta’lim muassasalarining soni 6603 taga yetgan bо‘lib, ularda 575,1 ming bola, yoki bir yoshdan olti yoshgacha bо‘lgan bolalarnnig 18,4 foizi tarbiyalangan. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida 192 ta «maktab - bog‘cha» majmualari, va shu muassasalar qoshida 1249 ta bola tarbiyalanadigan 73 ta uy bog‘chalari tashkil qilingan. Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirsh maqsadida yangi - Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni 2020 yilda 60 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Umumiy о‘rta ta’lim mamlakatda tо‘qqiz yillik umumiy о‘rta ta’limning maktabgacha tarbiya bilan о‘rta-maxsus, professional ta’limning izchilligi va uzluksizligini ta’minlovchi sifat jihatdan yangi tizimi tashkil qilindi. 2004-2005 о‘quv yilida umumiy о‘rta ta’lim sohasida 9794 ta kunduzgi va 41 ta kechki umumta’lim maktablari mavjud bо‘lib, ularda mos ravishda 6130,5 va 20,9 ming о‘quvchi о‘qidi.
Umumta’lim muassasalaridagi о‘qitish usullaridan biri - turli fanlarni chuqur о‘rgatishni keng tatbiq qilishdir. 2004-2005 о‘quv yilida bunday muassasalar soni 2853 taga yetgan bо‘lib, ularda 473 ming о‘quvchi ta’lim olmoqda edi. Aqlan zaif yoki nogiron bolalar uchun maxsus maktablarda 18,8 mingta о‘quvchi ta’lim olgan. 2004-2005 о‘quv yilining boshiga kelib, umumiy о‘rta ta’lim tizimida mehnat qilayotgan maktab о‘qituvchilarining soni 476,9 ming kishiga yetdi.
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2012 yil 16-17-fevral kunlari Toshkentda xalqaro hamjamiyatni О‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu borada tо‘plangan boy tajriba bilan keng tanishtirish maqsadida “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng mо‘him sharti” mavzusida xalqaro konferensiya о‘tkazildi. Unda dunyoning 48 mamlakatidan soha vakillari qatnashdi.Konferensiya yakunida qabul qilingan rezolyusiyada О‘zbekistonning ta’lim tizimini rivojlantirish borasidagi tajribasini о‘rganish bо‘yicha tavsiyalar qabul qilindi.
Sо‘nggi ikki yil ichida (2017-2019 y.y.) maktab ta’limida 11 yillik tizimga о‘tish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini optimallashtirish, nodavlat ta’lim xizmati kо‘rsatish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 238 ta yangi maktab barpo etildi.Holbuki, 2010-2016 yillarda bu sohaga yetarli e’tibor berilmagani tufayli 99 ta maktab yopilgan edi.
Bugungi kunga kelib, ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh qilish sohasida katta natijalarga erishildi, sohani yaxlit, uzluksiz tizimi shakllandi va mustahkamlandi. Umumiy о‘rta ta’limdan boshlab о‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limgacha bо‘lgan barcha bosqichlrda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bо‘lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirilayotganligini kо‘rib turibmiz.
Prezidentimiz 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida tо‘xtalib, shunday dedi:”2017 yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlash ishiga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangidan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi,152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi.”
Sо‘nggi 3-4 yil ichida О‘zbekistonda mutloq yangicha mazmunga ega bо‘lgan ijod maktablari – Toshkentda A.Qodiriy va Said Ahmad, Jizzaxda Hamid Olimjon, Andijonda Muhammad Yusuf, Farg‘onada Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Namanganda Ibrat, Xorazmda Ogahiy nomidagi maktablar, Toshkentda Temurbeklar va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktablar, shuningdek, Prezident maktablari tashkil etildi.
Prezidentimizning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ham ta’lim masalasiga keng tо‘xtalib:”...ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning tо‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bо‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu kо‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi.
Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”, deb ta’kidlab о‘tdi.
2020 yilda 36 ta yangi maktablar qurish, mavjularining 216 tasini kapital ta’mirdan chiqarish kо‘zda tutilgan bо‘lib, bu ishlarga 1,7 trln. mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.
Muhtaram Pezidentimizning 2020 yil 1-oktabr – О‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlanganidek: “Biz keng kо‘lamli demokratik о‘zgarishlar, jumladan, О‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni о‘zimiga asosiy maqsad qilib belgiladik... Biz maktabgacha ta’lim, va maktab ta’limi, oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bо‘lg‘usi Renessansning tо‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-о‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining tо‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz.
Men ishonaman – hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qо‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bо‘ladilar. Va bu ma’naviy-ma’rifiy hayotimizdagi eng mustahkam ustun bо‘ladi...”
Bu boradagi sо‘zini davom ettirib: “Farzandlarimiz maktabdan qanchlik bilimli bо‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, kо‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyati tug‘iladi. Shunday ekan, yangi О‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi”,-deb ta’kidlab о‘tdi Prezidentimiz.
“Yangi О‘zbekiston – maktab ostanasidan,
Do'stlaringiz bilan baham: |