О‘zbekiston va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) - Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda О‘zbekiston davlatlari о‘rtasida 2001 yil 15-iyunda tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi a’zo davlatlar о‘rtasida о‘zaro ishonch va yaxshi qо‘shnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy madaniy, shuningdek, ta’lim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yо‘lga qо‘yishdan iborat. Bundan tashqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashish ham tashkilotning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
2002 yilning 6-7-iyunida ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi Sankt-Peterburg sammiti bо‘lib о‘tdi. Muzokaralar yakuniga kо‘ra uchta hujjat: “ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi”, “ShHT Xartiyasi”, ShHTga a’zo davlatlar о‘rtasida “Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqida”gi Bitim imzolangan.
2003 yil sentabr oyida ShHTning Pekin sammiti bо‘lib о‘tgan. Unda “ShHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mо‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilinib, mahsulot, sarmoya, texnologiya va xizmatlar erkin aylanishi shartlari belgilab olinadi, tashkilotning moliyaviy byudjeti kо‘rildi.
2005 yil 5-iyul SHhTning Ostona sammitida Eron, Pokiston, Hindiston va Mо‘g‘uliston kuzatuvchi maqomga ega bо‘lib tashkilot tarkibiga kirdi. Bundan tashqari, Afg‘oniston mamlakati ham kuzatuvchi maqomiga ega bо‘ldi, Turkiya esa muloqot bо‘yicha sherikka aylandi. 2014 yilda Hindiston va Pokiston mamlakatlari SHHTga a’zo bо‘lish uchun rasman murojaat qilishdi.
2013 yil 12-13-sentabr kunlari Bishkekda ShHT Davlat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi bо‘ldi. 2015 yil 9-10-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida SHHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi bо‘ldi.
2016 yil 23-24-iyun kunlari Toshkentda ShHTga a’zo mamlakatlarning Davlat rahbarlari 15-yubiley sammiti bо‘lib о‘tdi. Sammit yakunida SHHT о‘n besh yilligining Toshkent Deklaratsiyasi, ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bо‘yicha 2016-2020 yillarga mо‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash tо‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar imzolandi. Bu sammitda Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga SHHTning muloqot bо‘yicha sheriklari maqomi berilib, Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish yо‘lidagi majburiyatlari tо‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.
2017-yil 8-9-iyun kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bо‘lib о‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining sammitida ishtirok etdi. Ushbu sammitda Hindiston va Pokiston tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.
9-iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi majlisi bо‘lib, unda tashkilotning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bо‘yicha 2016 -2020-yillarga mо‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash tо‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar ijrosiga e’tibor qaratildi.
Majlisda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sо‘zladi. «Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti kо‘magida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bо‘ladi», dedi davlatimiz rahbari.
Sammit yakuni bо‘yicha Ostona Deklaratsiyasi qabul qilindi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida qator davlatlar rahbarlari, ya’ni Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Ispaniya Qiroli Filipp XI bilan uchrashdi.
2018 yil 8-10-iyun kunlari Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Sindao shahrida bо‘lib о‘tgan ShHT Davlat rahbarlari kengashining 18-majlisida ishtirok etdi. Majlis yakunlari bо‘yicha Sindao Deklaratsiyasi qabul qilindi. Shu bilan birga, davlat rahbarlarining savdo tartib-taomillarini soddalashtirish tо‘g‘risidagi bayonoti va davlat rahbarlarining ShHT makonida epidemiya tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish tо‘g‘risidagi bayonoti, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bо‘yicha 2019-2021 yillarga mо‘ljallangan hamkorlik dasturi, uzoq muddatli yaxshi qо‘shnichilik, dо‘stlik va hamkorlik tо‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bо‘yicha 2018-2022 yillarga mо‘ljallangan harakatlar rejasi, 2019-2020 yillarda ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligi dasturini amalga oshirish bо‘yicha Birgalikdagi harakatlar rejasi va boshqa jami 17 hujjatni imzoladi.
О‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qо‘shma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi bо‘ldi. Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashib, muloqotda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |