O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekiston va xalqaro tashkilotlar



Download 0,7 Mb.
bet78/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekiston va xalqaro tashkilotlar.О‘zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni kо‘rsatdi. Kо‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, Islom konferensiyasi, Qо‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yо‘lga qо‘yildi.
О‘zbekiston 1992 yil 10-martda Shimoliy Atlantika hamkorligi kengashi (1991 yil tuzilgan)ga a’zo bо‘lib kirdi. 1994 yil iyul oyida О‘zbekiston NATOning “Tinchlik yо‘lidagi hamkorlik” Dasturiga qо‘shildi. Bu dasturiga qо‘shilish tо‘g‘risidagi hujjatning О‘zbekiston tomonidan imzolanishi 1994 yil respublikaning xalqaro tuzilmalarga integratsiyalashuvi jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. 1995 yil 16-avgustda О‘zbekiston NATO bilan xavfsizlik tо‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
NATOning “Tinchlik yо‘lidagi hamkorlik” dasturga kо‘ra, О‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi dengiz piyodalari poligonida о‘tkazilgan harbiy mashqlarda, О‘zbekiston hududida amerikaliklar bilan о‘tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek, Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada о‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham ishtirok etdi. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun о‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bо‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999 yil 23-25-aprel kunlari I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi «Tinchlik yо‘lida hamkor­lik» dasturining a’zosi sifatida NATOning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. О‘zbekistonning «Tinchlik yо‘lida hamkor­lik» Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda О‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bо‘lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bо‘lish uchun imkon berar edi”. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQSh ning NATO dagi doimiy vakili R.Xanterning О‘zbekistonga tashriflari О‘zbekiston va mazkur tashkilot о‘rtasidagi tinchlik yо‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham kо‘rsatdi. Hozirda О‘zbekistonning NATO bilan о‘zaro aloqalari har yili ikkala tomondan tasdiqlanadigan In­dividual hamkorlik dasturi orqali amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Qо‘shilmaslik harakati, Islom konferensiyasi tashkiloti (1996 yil 2-oktabrda a’zo bо‘lgan) kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar о‘rnatdi. Bular orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a’zoga ega Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bо‘lgan Qо‘shilmaslik harakati tomonidan olib borilayotgan siyosat О‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yо‘l bilan hal qilish, turli harbiy-siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi yо‘nalishlarga tо‘la mos keladi.
О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi. Maz­kur Ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bо‘yicha ishlar respublikada 1995 yildan boshlangan bо‘lib, bu muzokaralar 1996 ilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi о‘laroq, О‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi о‘rtasida «Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risida»gi bitim 1996 yil 21-iyunda Italiyaning Florensiya shahrining “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi olti davlat rahbarlarining yig‘ilishida О‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Mazkur bitim 1999 yil 1-iyulda ratifikatsiya qilinib, kuchga kirdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik О‘zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bо‘lib xizmat qilmoqda. Yevropa Ittifoqi TASIS das­turi doirasida О‘zbekistonga texnikaviy yor­dam ham kо‘rsatadi.
О‘zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bо‘yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlami­ni kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qо‘llashni taqiqlovchi Konvensiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qо‘shilgan.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish