ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz.
Kelgusi yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim qamrovini 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkazishimiz kerak.
2021 yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi.
Kelgusi yilda (2021) 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion sо‘m ajratiladi. 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab о‘z faoliyatini boshlaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan, 2020 y., 29-dekabr.
Kelgusi yil
3.Mustaqillik yillarida oliy ta’lim va hamkorlik aloqalari.
3. Mustaqillik yillarida oliy ta’lim va hamkorlik aloqalari.
О‘zbekistonda oliy ta’lim davlat tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari tizimi orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda О‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ikki bosqichli oliy ma’lumot beriladi: kamida 4 yil muddatli bakalavriat va kamida 2 yil muddatli magistratura. Bunday tizim oliy ta’limning moslanuvchanligini, turli bosqichlarda tanlangan maqsad va vazifaga muvofiq ta’lim yunalishi va mutaxassisliklarni tanlab olish imkonini beradi. Ikki bosqichli oliy ta’limning joriy etilganligi О‘zbekiston oliy ta’limining jahon ta’lim makoniga kirib borishini ta’minlamoqda. 2004-2005 о‘quv yilining boshiga kelib, respublikada 63 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyat kо‘rsatdi. Ularda 263,6 ming talaba tahsil oldi. Oliy ta’lim muassasalari tizimi muntazam kengayib bormoqda. 2001 yildan boshlab oliy ta’lim muassasalarida о‘qish uchun ta’lim kreditlari berish joriy qilindi. Respublikada talabalarning aksariyati kunduzgi shaklda о‘qitilmoqda. 2004-2005 о‘quv yilida talabalarning 70,7 foizi kunduzgi shaklda, 29,3 foizi esa sirtqi shaklda о‘qitildi. Oliy ta’limning nufuzi ortib borayotganligini tufayli, 1997 yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganlar soni ortib bormoqda. 2004 yilda respublika oliy ta’lim muassasalariiga 59,3 ming talab qabul qilingan bо‘lib, bu 1997 yilga nisbatan 2,1 baravar kо‘pdir. Oliy ta’limga qabulning ortishi oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi tanlovning ham ortishiga olib kelmoqda. Masalan, 2004 yilda har 100 о‘ringa 433 ta ariza tushdi. Eng kо‘p ariza tushayotgan mutaxassisliklar yuridik, iqtisod va pedagogik yо‘nalishlar bо‘lib, ularda bir о‘ringa 5-7 kishi tо‘g‘ri keldi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 iyuldagi Farmoyishiga binoan mamlakatda kadrlarni kontrakt tо‘lovlari asosida tayyorlash boshlandi. 2004-2005 о‘quv yilida 174,8 ming talaba kontrakt tо‘lovlari asosida ta’lim oldi, bu esa shu о‘quv yilida ta’lim olayotgan barcha talabalarning 66,3 foizini tashkil etadi.
Respublikadagi oliy ta’lim sohasida oliy darajadagi kadrlar salohiyati saqlanib kelmoqda. 2004 yilda 22,7 mingta professor-о‘qituvchilarning 7,1 foizi fan doktorlari, 34,4 foizi esa fan nom zodlari edi. О‘rtacha har bir professor-о‘qituvchiga 13 ta talaba tо‘g‘ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |