Ruboiy vaznini aniqlash jarayonida ifodali o`qishdan foydalanish muhimligini qaysi olim ta'kidlagan?
A. A.Hojiahmedov.
B. A. Rustamov.
C. Ibrohim Haqqul.
D. U.To`ychiyev.
Ruboiy hazajnung qaysi shajaralarida yozilishi shart?
A. Axram va axrab.
B. Axrab.
C. Maqbuz.
D. Axram.
Ruboiy hazajnung nechta vaznida yoziladi?
A. 24 ta.
B. 12 ta.
C. 32 ta
D. 26 ta.
Qaysi janr aruzning qoliplariga sig`may qolgan janr deb hisoblanadi? Bu fikrning muallifi.
A. Ruboiy. Fitrat.
B. Ruboiy. Navoiy.
C. Tuyuq. Bobur.
D. Qit'a. Navoiy.
“E. Ochilov ana shularni hisobga olib, ruboiylarni o`ziga xos aruziy vaznini saqlash bilan birga, imkoni bor qadar hozirgi o`zbek adabiy tilida ijod qilishga intilgan. Ko`p o`rinlarda bunga erishgan". Tarjima haqidagi bu fikrni kim aytgan?
A. N.Komilov.
B. Jamol Kamol.
C. Samandar Vohidov.
D. Ergash Ochilov.
Satrning vazni taqti’sini belgilang.
G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish.
A. – – V / V – V – / V – – V / V –
B. – – V / V – V – / V – – V / V
C. – – V / V – V – / V – – V
D. – – V / V – V – / V – –
Qaysi zihofning taqti’si? – – –
A. Axramning.
B. Axrabning.
C. Ashtarning.
D. Axtamning.
Qaysi zihofning taqti’si? – – V
A. Axrabning.
B. Ashtarning.
C. Axramning.
D. Axtamning.
Axram va axrabning tarmog`i nechtadan?
A. 12 tadan.
B. 13 tadan.
C. 14 tadan.
D. 15 tadan.
Nihoniyning "Bango", "Ango", "Sango", "Judo", "Hayot" kabi g`azallari vazni.
A. Ramali musammani mahzuf.
B. Hazaji musammani mahzuf.
C. Ramali musaddasi maqsur.
D. Rajazi musammani mahzuf.
Cho`lponning "Tabiatga" she'ri vazni?
A. Ramali musammani mahzuf.
B. Mutaqoribi musammani maqsur.
C. Hazaji musammani mahzuf.
D. Rajazi musaddasi maqsur.
XX asrda devon tartib bergan shoirlar.
A. B, C va D.
B. Charxiy.
C. Habibiy.
D. Nihoniy.
Nabijon Xo`jayevning taxallusi.
A. Habibiy.
B. Chustiy.
C. Nihoniy.
D. Samandar Vohidov.
Tarjimon Ergash Ochilov ruboiylarni tarjima qilish jarayonida vaznni saqlay olganligini ta'kidlagan olim.
A. Najmiddin Komilov.
B. Ibrohim Haqqul.
C. Vahobjon Rahmonov.
D. Yoqubjon Ishoqov.
XX asrning 2-yarmida zamonaviy aruz taraqqiyotini ta’minlagan ijodkorlar. 1. Erkin Vohidov. 2. Jamol Kamol. 3. Samandar Vohidov. 4. Sirojiddin Sayyid.
A. 1,2,3,4.
B. 3.
C. 1 va 4.
D. 2 va 3.
Mashriqda va Mag`ribda mashhur dostonlarni tarjima qilgan yetuk mutarjim.
A. Jamol Kamol.
B. Samandar Vohidov.
C. Erkin Vohidov.
D. Ergash Ochilov.
Hazrat Navoiyning ellik g`azaliga muxammas bog`lagan mohir shoir.
A. Samandar Vohidov.
B. Erkin Vohidov.
C. Jamol Kamol.
D. Ergash Ochilov.
Vaznini aniqlang. Men uni ko`kraklarimda asrasam,
Ul meni kipriklarida asramish.
Bellari bordir qamishning beliday,
Nola qilgum men misoli nayqamish.