Dunyoviy davlat - bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligini e’lon qilgan va uni amalda ham ta'minlaydigan davlatdir.
Dunyoviy davlat dinning davlatga, amaldagi qonunlarga qarshi targ’ibotiga yo’l qo’ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga ruhsat bermaydi.
Dunyoviy davlat - bu, o’z ta'lim tizimini dindan ajratgan, o’quv dasturlari diniy fanlardan holi bo’lgan hamda ta'lim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir.
Ayni paytda, dunyoviy davlat - o’z fuqarolariga qonunlarda belgilangan tartibda diniy ta'lim olishni ham kafolatlaydigan davlatdir.
Dunyoviy davlatda diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag’ bilan ta'minlanmaydi.
SHuni alohida ta'kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsa-da, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitusiyasi va qonunlari asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi.
E’tiqod - bu o’z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan ishonish va o’zgalarni ham o’zidek hisoblab, ularning lavziga samimiyat bilan ishonishdir. Diniy nuqtai nazardan qaraganda biror dinga e’tiqod qilish - uni Haq deb bilib, o’sha ta'limotni tan olishdir. E’tiqod tushunchasi inson hayotining ma'nosini, uning mohiyatini anglash bilan bog’liqdir.
Ohirat - (arab - ohirgi kun, dunyoning tugash kuni) - islom diniy bog’liqlaridan biri. Erdagi hayotning tugashi, ohirgi kun kelishi, insonlarning so’roq qilinishi va har kimning qilmishiga yarasha jazo berilishi to’g’risidagi tasavvurlar dinlarga hosdir. Islomda ohirat to’g’risidagi tasavvurlar va rifoyatlar YAhudiylik, hristianlik va ba'zi SHarq diniy rivoyatlari ta'sirida sharhlangan. Qur'onda ohirat kuni daHshatlari - osmon yorilishi, dengizlar toshishi, insonlarning tirilib o’rnidan turishi, so’roq qilinishi, Gunoh va savobning o’lchanishi tafsilotlari keng yoritilgan.
Jannat - (arabcha - bog’) barcha dinlarda taqvodorlar narigi dunyoda rohat-farog'atda yashaydigan joy, gunohkorlar uchun belgilangan do’zahning aksi. Qur'onda jannat serdaraht, soya-salqin, ariqlarda suv, sut, sharbat oqib turadigan Hamma narsa mo'1-ko’l bo’lgan bo’lgan bog’ sifatida tasvirlangan.
Do’zah - (arab - jahannam) ko’pchilik dinlarning ta'limotiga ko’ra din talablarini bajarmagan gunohkorlar ohiratda jazolanadigan joy. Diniy rivoyatlarda aytilishicha, do’zah - dahshatli chuhurlik ichida beto’htov olov yonib turadi. Do’zahga mahkum qilingan bandalar shu olovga tashlanadi, ular qaynoq suv ichadilar, cheksiz azoblar tortadilar. Barcha dinlarda ham do’zah azobi bilan daHshatga solish insonlarni dinga kiritish va e’tiqod qildirishning asosiy vositasi sifatida shakllangan.
Farishta - (fors-tojik, arabchada malaka, maloika) iudaizm, hristianlik, islom dini rivoyatlariga ko’ra, hudoning amrini bajaruvchi g'ayritabiiy mavjudot. Farishtalar son-sanoqsiz bo’lib, har biri ma'lum vazifani bajaradi. Islomda har bir odamning savob va Gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi farishtalar, jannat va do’zahda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so’roq qiluvchi (Munkar va Nakir), Olloh tahtini osmonda ko’tarib yuruvchi va boshqa hizmatlarni bajaruvchi farishtalar borligi Haqida tasavvurlar mavjud. Islomda farishtalardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil katta farishtalar hisoblanadi.
Qiyomat - (arab, tikka turish, o’rnidan turish) dunyoning tugashi to’g’risidagi diniy ta'limot. Bu ta'limot qur’on suralarida ohirat kunining boshlanishi bilan bog’liq dahshatli hodisalar, barchaning halok bo’lishini, keyin odamlarning tirilishi, tog’lar, daryolar, bulutlarning ko’chishi, kishilarning birma-bir so’roq qilinishi, savob va gunohlar o’lchanishi, shunga qarab odamlarning jannat va do’zahga kiritilishi batafsil bayon etilgan.
Pozitivizm - filosofiyada XIX asrning 30-yillarida vujudga kelgan, pozitiv (anik) fanlarni birdan-bir haqiqiy bilimlardir deb e’tirof etilgan oqim.
Do'stlaringiz bilan baham: |