O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini Nurbek Nurdullayev



Download 38,75 Kb.
bet3/8
Sana17.07.2022
Hajmi38,75 Kb.
#817731
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ADABIYOT CHAROS

1.2 Hassos muarrix.

Qo‘ng‘irotlar sulolasi nasabnomasining solnomalar suhandoni Muhammad Rizo Ogahiy 8 ta xonga bag‘ishlab 6 ta tarixiy asar bitgan. Yu.Bregel haqli ravishda ta’kidlaganidek, Ogahiyda biz voqealar yoki odamlar tavsiflari aralash uslubini kuzatamiz; u nima yoki kim haqida gapirishiga qarab, ta’riflanuvchi ob’ekt tasviri ko‘tarinki yoki oddiy bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, 1840 yildan 1846 yilgacha bo‘lgan davrda Ogahiy Qo‘ng‘irotlar sulolasi dastlabki hukmdorlariga oid quyidagi uch tarixiy asarni yozib tugallaydi. Birinchisi, Shermuhammad Munis (1778-1829) tomonidan boshlangan va Ogahiy tarafidan poyoniga yetkazilgan “Firdavs al-iqbol” (Baxtlar bog‘i) asaridir. Bu asar nafaqat yangi sulola Qo‘ng‘irotlar tarixnavisligining tamaltoshiedi. Ushbu asar an’anaviy musulmon tarixnavisligiga binoan, Odam ato tarixidan boshlanib to Qo‘ng‘irotlar sulolasining ikkinchi rasmiy xoni Muhammadrahimxon I (1806-1825)ning hukmronlik yillarini qamrab olgan. Saroy tarixnavislari Munis va Ogahiylar bu asarni yozishda jimjimador, murakkab saj tili bilan birga voqealar rivojiga kelganida sodda til vositalaridan ham foydalanishgan .


Bu asarning ilmiy tanqidiy matni va ingliz tili tarjimoni Yu. Bregel, asar bilan bevosita ishlash natijasida, uning manbalari xususida to‘xtalib o‘tgan. Yu. Bregelning aniqlashicha, asarda ayrim kichik yurishlar juda batafsil ta’riflanib, undan yirikroq va ahamiyati jihatidan muhimroq janglar qisqa tarzda qayd etilgan. Bunga sabab sifatida Yu. Bregel, mualliflar bunday yurishlarning aniq tasvirini berishda (ayniqsa, asarning Ogahiy tomonidan bitilgan qismida) amaldorlarning yozishmalaridan va arxiv materiallardan foydalangan bo‘lishlari kerak, degan fikrni ilgari surgan. Xiva xonligi tarixnavisligi bo‘yicha mutaxassis N.Toshev ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, Ogahiy tarixiy asarlarini yozishda xat yozishmalardan ham foydalanganligini qayd qiladi . Aslida, Ogahiyning ilk uchta tarixiy asari, ya’ni “Firdavs al-iqbol” (hammualliflikda), “Riyoz al-davla”, “Zubdat al-tavorix” manbalariga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, bu asarlarning hammasi ikki yil yoki undan kamroq davr ichida yozib tugatilganligi Yu. Bregelning fikrini yana bir karra isbotlaydi: “Firdavs al-iqbol” – 1840-1842, “Riyoz al-davla” – 1842-1844, “Zubdat al-tavorix” – 1844-1846 yillar oralig‘ida yozib tugatilgan. Keyingi uchta asar: “Jome’ al-voqeati sultoniy” – 1846-1855 yillar, “Gulshani davlat” – 1855-1864 yillar, “Shohid al-iqbol” 1864-1872 yillar voqealarini o‘z ichiga olgan. Ogahiy tomondan bitilgan solnomalarning soatma-soat, kunma-kun mufassal berilishi uning qo‘lida manbalar mavjud bo‘lganidan darak beradi. o‘tmish tarixiy asarlaridagi hikoya qilish uslubini boshqa va davridan uzoq qabul qilinish va talqinlar bilan o‘lchamagan ma’qul. Oddiygina mantiqdan kelib chiqishi kerak bo‘lgan mazkur holat manbashunoslarga yaxshi tanish. Shu bilan birga tadqiqotchilar ko‘pincha manbaga baho berishda uning qanchalik axborot berishidan kelib chiqishadi. Yoki bo‘lmasa manbadan tarixiy jihatdan maksimal ma’lumot berishni istashadi. Bu esa oson emas, aniqrog‘i, murakkab bir jarayon. Vaholanki, asardagi matnning ifoda uslubi yoki janr xususiyatlarining o‘zi ham manba tarixiy bo‘la oladi. Chunki u orqali saroy etikasi va etiketi, yurish-turish, adabiy didlar, qadriyatlar, madaniy o‘lchovlar to‘g‘risida tasavvur olish mumkin bo‘ladi. Ayni o‘lchovlar haqidagi tarixiy axborotni qo‘lga kiritish, o‘tmishdagi muhitni xayolan onga qaytadan tiklash hamda tasavvur qilish esa oson ish emas.
Ogahiyning ona qishlog‘i Qiyotda uning qarindoshi Tohir Xudoynazarov yashaydi. Uning ta’kidlashicha, Munis uning ona tomonidan amakisi bo‘lgan. “Tazkira-yi shuaro” asari muallif Hasanmurod Laffasiy (1880–1949) Ogahiyni Munisning jiyani (amakizodasi) deb ataydi.Nasabnomadadan ko‘rinib turganidek, Munis va Ogahiy ajdodlari o‘zbeklarning yuz urug‘idan bo‘lib, ular nasldan-naslga saroyda mirob lavozmida faoliyat yuritishgan.
So‘nggi vaqtlargacha ilmiy doiralarda Xorazmda mirob martabasini egallagan shaxs xonlikdagi irrigatsiya ishlari uchun javobgar bo‘lgan, degan qarash mavjud edi. Biroq, N.Toshevning aniqlashicha, Xivaning tarixiy xronologiyalarida mirob atamasi, ko‘pincha, harbiy ish va kampaniyalar munosabati bilan tilga olingan.
Ammo, biz uchun muhimi – Munis va Ogahiy nomlarining harbiy yurishlarda emas, balki xonlik madaniy hayotidaga oid o‘rinlarda tez-tez tilga olinishi. Qo‘ng‘irot xonlari ularni qudratli qalam sohibi va mohir tarjimon sifatida tarixnavislik ishiga jalb etishgan. Ogahiyning yozishicha, unga ijodiy ish bilan mashg‘ul bo‘lish, olimu shoirlar davrasida yurish harbiy ishlarga jalb qilishdan afzalroq va qiziqroq bo‘lgan.


Download 38,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish