I.
Sintetik vositalar:
Nukleozidlar analoglari
– zidovudin, atsiklovir, vidarabin, gansiklovir,
trifluridin, idoksuridin
Peptidlar unumlari
– sakvinavir
Adamantan unumlari
– midantan, remantadin
Indolkarbon kislota unumlari
– arbidol
- 909 -
Fosfono chumoli kislota unumlari
– foskanet
Tiosemikarbazon unumlari
– metisazon
II.
Makroorganizm hujayralari ishlab chiqaruvchi biologik moddalar
–
interferonlar
Samarador viruslarga qarshi vositalarning katta guruhi purin va pirimidin
nukleozidlari bilan namoyon etilgan. Ular nuklein kislotalarini sintezini
ingibitsiyalovchi antimetabolitlardir (12-jadvalga qarang).
12-jadval. Viruslarga qarshi preparatlarni qo‘llashga ko‘rsatmalar
Viruslar oilasi
Virus / hastalik
Preparat
DNK tutgan viruslar
Gerpes
viruslar
(uchuq viruslari)
Oddiy uchuq virusi:
teri, shilliq qavatlar, jinsiy a'zolar
uchug‘i, uchuqli ensefalit, uchuqli
keratit
atsiklovir,
valatsiklovir,
foskarnet, vidarabin,
trifluridin, idoksuridin
Sitomegaloviruslar:
retinit, kolit, zotiljam va boshqa-lar
1
gansiklovir, foskarnet,
vitraven
Varicella zoster virusi:
o‘rab oluvchi lishay, suvchechak
atsiklovir, foskarnet
Poksviruslar
Tabiiy chechak virusi:
chechak
metisazon
Gepadnaviruslar
Gepatit Bva C:
surunkali faol gepatit
interferon-α-2β
RNK tutgan viruslar
Retroviruslar
Inson immun tanqisligi virusi (VICh,
HTV):
VICh-infeksiya (shu jumladan SPID
ham)
zidovudin, didanovin,
zalsitabin,
stavudin,
sakvinavir, ritonavir,
indinavir, nelfinavir,
nevirapin, delavirdin
Ortomiksoviruslar
Gripp virusi:
Gripp:
a) A tipdagi gripp virusi
b) B tipdagi gripp virusi
remantadin, midantan
(amantadin)
arbidol,
zanamivir,
oseltamivir, ribavirin
Paramiksoviruslar
Respirator-sinsitial virus:
bronxiolit, zotiljam
ribavirin
1
Sitomegalovirusli infeksiyalarning klinik belgilari xilma-xil. Sitomegaloviruslar
ba'zida og‘ir oqibatli homila va perinatal infeksiyalarning tez-tez
- 910 -
sababchisidirlar. Ushbu viruslar sitostatiklarni qo‘llash sababli rivojlangan
immunodepressiyalarda, hamda, VICh-infeksiya (OITS)da faollashadi.
Keyingi yillarda ayniqsa katta e'tibor retroviruslarga qarshi teskari
transkriptaza va proteazalar ingibitori bo‘lgan preparatlarga qaratilgan. Bu guruh
moddalariga bunday katta qiziqish ularni OITS
1
ni davolashda qo‘llanishi bilan
bog‘liq. OITSni maxsus retrovirus – inson immuntanqisligi virusi (IIV; HIV
36
)
rivojlantiradi. OITSni davolash retroviruslarga qarshi va simptomatik davolash
vositalarini qo‘llashni talab qiladi.
IIV infeksiyasini davolashda samarador bo‘lgan retroviruslarga qarshi
preparatlar quyidagi guruhlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |