O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

 

 
Semirishda qo’llaniladigan vositalarning kimyoviy strukturasi 
va MNS (bezovtalanish,uyquni buzilishi)tomonidan noxush ta’sirotlar yuzaga 
chiqishi mumkin. O’rganish va jismoniy tobelik rivojlanish kuzatilgan. 
Anoreksigen xossaga,serotoninni neyronal yutilishini tanlab susaytiruvchilar 
,ham egadirlar. Ammo,avval ma’lum bo’lgan ushbu gurux preparatlarinining, 
noxush ta’sirotlari tufayli qo’llanmaydi. Misol sifatida asosan antidepressant 
sifatida qo’llanilayotgan fluoksetinni keltirish mumkin. Ammo u kuchli
darajada anoreksigen ta’sirga ham ega. 
Sibutiramin (meridil) noradrenalin, serotonin, dofaminni neyronal 
yutilishini susaytiruvchi anoreksigen vosita hisoblanadi. Qonda peshob kislotasi 
miqdorini kamaytiradi,lipidlar miqdoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Me’da-ichak traktidan tez va yaxshi (~77%) so’riladi. Preparatning katta 
qismi jigardan birinchi o’tishdayoq metabolizmga uchraydi. Hosil bo’lgan 
metabolitlari anoreksigen xossaga ega. Sibutramin va uning metobolitlari


- 703 -
yuqori darajada zardob oqsillari bilan bog’lanadilar; asosan buyrak orqali 
ajratiladi. 
Noxush ta’sir sifatida taxikardiya ,pressor ta’sir ,uyquni buzilishi ,bosh 
og’rig’i,MNSni rag’batlantirishi,qabziyat va boshqalar kuzatiladi. 
Anoreksigen 
vositalarni, 
kannabiod 
retseptorlarini 
(SV-1) 
qamallovchilarga
mansub bo’lgan, yangi tipi taklif qilingan. Bu guruhning 
birinchi 
preparati 
pirazol 
hosilasi 

rimonabant (akomplia) hisoblanadi. Preparatni biologik o’zlashtirilish darajasi
yaxshi. Yarim ajralish davri(t
1/2
) tana massasi indeksiga bog’liq (6-9dan 
16kungacha). Zardob oqsillari bilan 100% bog’lanadi. Jigarda metabolizmga
uchraydi. Taxminan 86% ichak va 3% buyrak orqali ajraladi. Rimonabantni 
bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Asosiy noxush ta’siroti – ko’ngil aynash, 
ich ketishi, bosh aylanishi, depressiya holatlari va boshqalar. 
Yog’ to’qimasining adipotsitlarida v
3
- adrenoreseptorla rmavjud 
ekanligini ixtiro qilinishi va ularni lipoliz va termogenezga rag’batlantiruvchi 
ta’sirini aniqlanishi ushbu retseptorlar antogonistlari semizlikni davolash 
vositalarini yaratish bo’yicha izlanishlarga sabab bo’ldi. Bu tipdagi dastlabki 
preparatlar yaratildi va ular klinik sinovlardan o’tkazildi. Ushbu preparatlarni 
qo’llash bemorlarning yuqori tana vaznini kamaytiradi.Ammo ushbu 
preparatlarni semizlikni davolashdagi kelajagini baxolash ancha qiyin. 
1
Ushbu guruh anoreksigen preparatlarni: fenfluramin va deksfenfluraminni 
qo’llash ko’pgina davlatlarda to’xtatilgan, chunki ular o’pka gipertenziyasi va
yurak klapanlarini jaroxatlashlari mumkin. 
Semizlikni davolashni yo’llaridan biri bu ichak dan yog’larni so’rilishini 
kamaytirish hisoblanadi. Bu ovqat tarkibidagi yog’larni so’rilishi uchun zarur 
lipaza fermentlarini ingbitsiyalash hisobiga amalga oshirilishi mumkin.Shunday 
preparatlardan 
biri 


- 704 -
orlistat (ksenikal) xisoblanadi. U me’da va ichakda lipazani qaytmas bloklaydi 
va shu tufayli ovqat tarkibidagi triglitseridlarni erkin yog’kislotalari va 
monoglitseridlargacha gidroliziga to’sqinlik qiladi.Preparatni kuniga 3 marta 
ichilganda yog’larni (triglitserid va xolesterin) so’rilishi taxminan 30% ga 
kamayadi. Bunda yog’da eruvchi vitaminlarni so’rilishi birmuncha buziladi. 
Orlistatni o’zi juda kam darajada abtsorbsiyalanadi. Preparatning 83% ichak 
orqali o’zgarmagan holda ajraladi. Buyrak orqali 2% modda ajraladi. Orlistat 3-
5 kunda to’liq eliminatsiyalanadi. Noxush ta’sirlar kam darajada yuzaga keladi 
va asosan ozuqa tarkibidagi yog’larni miqdoriga bog’liq. Odatda bular tez-tez
defekatsiyaga, imperativ qistashga, qorinda og’riq, qaytqilish , ko’ngil aynish , 
diareya. 
Bundan tashqari MIT dan yomon so’riladigan yoki kaloriyasi past
bo’lgan yog’lar o’rniga ishlatiladigan moddalar qo’llaniladi.Organoleptik 
xossalari va konsistentsiyasi bo’yicha yog’larni eslatadi va shu sababdan 
pazandalikda muvafaqqiyat bilan qo’llanmoqda. Ana shunday preparatlardan 
biri ichakdan umuman so’rilmaydigan olestra hisoblanadi. U 6-8 ta yog’ 
kislotalari ko’rinishida yon bosh zanjir tutgan sukoroza poliesterinning
xosilasidir. 
Olestra yog’da eruvchi vitaminlarni so’rilishini (shuning uchun uning 
tarkibigaA,D,E,K vitaminlari qo’shiladi) hamda xolesterin va safro kislotalarini 
absorbtsiyasini kamaytiradi. Qonda ZPLP miqdorini tushiradi.
Noxush ta’siri : qorin soxasida spastik og’riqlar, diareya.
Ozuqalarni quvvatini kamaytirish uchun ancha vaqtdan beri qandni 
qabul qilishni cheklash yoki uning o’rniga uglevod bo’lmagan (saxarin, 
aspartamga o’xshash) ta’mi shirin bo’lgan past kaloriyali va MITdan 
so’rilmaydigan moddalar tavsiya etilgan. Bu juda ham samarador yo’l ,chunki 
uglevodlar (glyukoza) organizmda yog’lar sintezining muhim manbaidir.
1
Semizlikni davolash uchun yangi vositalarni yaratish asosan anoreksigen 
faollikka ega moddalar qatorida olib borilmoqda. Jumladan yog’ to’qimasi 


- 705 -
hujayralaridan ishtahani susaytiruvchi 
leptin
garmonini ajratilishi
rekombinant leptinni yaratilishiga olib keldi. Semizlikka duchor bo’lgan larda 
uni qo’llash tana vaznini kamayishiga imkoniyat tug’diradi. Ammo bunday
natija faqat endogen leptin yetishmovchiligida kuzatilgan. Tana vaznini 
boshqarishda ishtaxani oshiruvchi 
neyropeptid Y 
ning katta ahamiyati
aniqlangan. Shu sababli ushbu peptid antogonistlarini yaratishda jadal 
izlanishlar olib borilmoqda. 
Ishtahani maxsus (MC
4
)retseptorlar bilan bog’lanuvchi
melanokortin 
ham
kamaytiradi. Eksperimentlarda ushbu retseptorlarning agonistlari ishtaxani 
kamaytirishi, antogonistlari esa oshirishi aniqlangan. Tabiiyki agonistlari 
anaroksigen vositalar sifatida qo’llanilishi mumkin. Ishtahani kuchaytiruvchi 
oreksin 
peptidi ajratilgan. Oreksin retseptorlarini qamallovchi moddalar 
ishtahani kamaytirishi mumkin. Me’da ichak trakti hujayralari ishlab 
chiqaruvchi 
xolitsistokinin 
katta qiziqish uyg’otdi. U nafaqat me’da ichak 
traktining bezlari funksiyalariga ta’sir etadi, balki to’yinish omili sifatida 
faollik ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda amaliyot uchun xoletsistokinin sistemasini 
faollashtiruvchi kelajagi porloq bo’lgan birikmalar ustida izlanishlar olib
borilmoqda. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish