- 576 -
Uglevodlar almashinuvini boshqarishda me'da osti bezi gormonlari katta
axamiyatga ega. Langergans orolchalarining (pankreasning orolchalari) V-
xujayralari proinsulinni sintezlaydilar, undan kuchli darajada gipoglikemik
1
ta'sirga ega insulin xosil bo‘ladi. A-xujayralar giperglikemiya
2
chaqiruvchi
glyukagon ishlab chiqaradilar.
Amaliy tabobat uchun qandli diabetni davolashda qo‘llaniladigan me'da
osti bezi gormoni insulin eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi. Ammo hozirda ushbu
xastalikni davolashda qo‘llaniladigan moddalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi.
1.O‘rin almashish (terapiyasi) vositalari
Insulin preparatlari
2.Endogen insulin ajralishini rag‘batlantiruvchi vositalar
Sulfonilmochevina xosilalari (xlorpropamid, glibenklamid va boshqalar)
3.Glyukoneogenezni susaytiruvchi va glyukozani to‘qimalarga kirishiga
imkoniyat yaratuvchi vositalar
Biguanidlar (metformin)
4.To‘qimalarni insulinga sezgirligini oshiruvchi vositalar
Tiazolidindionlar (roziglitazon, pioglitazon)
5. Ingichka ichakda glyukozidora so‘rilishini susaytiruvchi vositalar (α-
glyukolidaza ingib-torlari)
Akarboza
Insulin diabetga qarshi eng samarador va universal vosita xisoblanadi. U
disulfid ko‘prikchalari bilan bog‘langan (tuzilishiga qarang) 2 ta polipepdit
zanjirlaridan (biri 21 ta aminokislotadan, boshqasi 30 ta aminokislotadan iborat)
tashkil topgan polipeptiddir.
____________________________________________________
1
Qonda shakar miqdorini kamayib ketishi. Grekcha so‘zdan olingan hypo-
kamayish, glekys-shirin, haima- qon
2
Langergans orolchalari quyidagi endokrin hujayralaridan iborat.
A(ά
2
)- hujayralar- glyukagon ishlab chiqaradilar
- 578 -
Qandli diabetda insulinni qo‘llash qonda qand miqdorini kamayishiga va
to‘qimalarda glikogenni to‘planishiga olib keladi. Qonda glyukozani
kamaytirish glyukuzuriyani va u bilan bog‘liq bo‘lgan poliuriyani
1
(peshobni
ko‘p miqdorda ajralishi) xamda polidipsiya
2
(chanqash)ni bartaraf etadi.
Uglevod olmoshinuvini meyyorlanishi oqibatida oqsil (qonda peshob azotli
brikmalar miqdori kamayadi) va yog‘ (qonda va peshobda keton tanachalari –
atseton, atsetosirka kislotasi, β-oksimoy kislotasini aniqlanishi bartaraf bo‘ladi)
almashinuvi tiklanadi. Yog‘larni parchalanishi va oqsillarni yuqori darajada
glyukozaga aylanishi bilan bog‘liq ozib ketish va xaddan tashqari ochlik xissi
(bulimiya
3
) yo‘qoladi. Insulin qandli diabetning barcha og‘irlik darajalarida ham
samarador.
Rasm
. Insulin bilan rag‘batlantirilgan glyukozani aylanish yo‘llari
___________________________
1
grekchadan poli – ko‘p, uron - peshob
2
grekchadan dipsa – chanqoq
3
grekchadan bus – xo‘kiz, limos – ochlik
Do'stlaringiz bilan baham: