O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

MAO INGIBITORLARI 
Bu guruh dorilarining antidepressiv xossasining zaminida ularning MAO 
fermenti faolligini keskin susaytirishi tufayli bosh miyaning ba’zi qismlarida 
neyromediator NA, serotonin va dofaminning dezaminlanishi to‘xtab, katta 
miqdorda to‘planishi yotadi. Bu vositalarning ko‘pchiligi MAO faolligini 
kaytmas bloklaydi va shuning uchun 2 haftadan keyin yangi ferment molekulasi 
qayta sintezlangandan keyingina MAO faolligi avvalgi darajasiga etadi. YUqori 
zaharliligi va bir talay noxush ta’sirlari mavjudligidan MAO intibitorlari hozirgi 
vaqtda antidepressant sifatida kamdan kam qo‘llanilmoqda. 
MAO intibitorlari tomirlarni toraytiruvchi monoaminlar (tiramin, fenil-
etilamin) ta’sirini kuchaytiradi. Pishloq, qaymoq, kofe, vino, pivo kabi ovqat 


- 356 -
mahsulotlaridagi monoaminlar MAO ishtirokida ichakda parchalandi. MAO 
faolligi keskin susayganda monoaminlar parchalanmaydi va ichakda so‘rilib
tomirlarni toraytiradilar va qon bosimini oshib ketishiga olib keladi («pishloq 
sindromi»). MAO ingibitorlarining yuqori zaharliligi ularning MAOdan boshqa 
ko‘pgina fermentlar faolligini (masalan, jigar MOSning fermentlarini) 
susaytirishlari bilan bog‘liq.. Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida juda oz 
gidrazin unumlari MAO ingibitorlari sifatida qo‘llaniladi. 
NILAMID
– samaradorligi anchagina past bo‘lgan antidepressant, lekin 
preparat jigarga kam zaharli ta’sir etadi, noxush asoratlari kam. Nilamidning 
terapevtik ta’sir 7-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Davolash 1-6 oy davom 
etadi. Preparating terapevtik ta’siri yaxshi rivojlangandan keyin preparatning 
dozasi asta-sekin kamaytiriladi. Bemorlar bu preparatni odatda yaxshi qabul 
qiladilar, lekin ba’zi hollarda dispeptik o‘zgarishlar, sistolik bosimning 
pasayishi, bezovtalanish, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi kabilar bo‘lishi 
mumkin. 
Qo‘llanilishi:
har xil formalardagi bo‘shashganlik, sustkashlik, 
tashabbussizlik bilan kechadigan depressiyalarda, ayniqsa nevrotik, invalyusion 
va siklotamik depressiyalarda, uch boshli nervning yallig‘lanishi va og‘riq bilan 
kechadigan boshqa sindromlarda. Nilamid stenokardiya hurujlari sonini va 
kuchini kamaytiradi. 
Miya qon aylanishi buzilgan, yurak tomir etishmovchiligining 
dekompensatsiya bosqichida, buyrak va jigar funksiyalarning buzilgan, kuchli 
psixomotor qo‘zg‘alish kuzatiladigan bemorlarda ishlatib bo‘lmaydi. Nilamidni 
rezerpin bilan birgalikda qo‘llash mumkin emas, chunki kuchli qo‘zg‘alish 
rivojlanadi. Nilamid insulin, peshob haydovchi dorilar, barbituratlar, 
analeptiklar, mahalliy anestetiklar, gipotenziv vositalar ta’sirini kuchaytirishni 
yodda tutmoq lozim. 
Nomi 
Kattalar uchun o‘rtacha 
terapevtik doza va kiritish 
yo‘li 
CHiqarish shakli 


- 357 -
Imizin – 
Imizinum 
Ichishga 0,025 – 0,05 g; 
m/o 0,025 g; 
Drajelangan tabletka 0,025 
g; ampula 2 ml 1,25% li 
eritma 
Amitriptillin 
– 
Amitripyilinum 
Ichishga 0,025 – 0,05 g; 
m/ova t/i 0,02 g; 
Tabletka 0,025 g; ampula 2 
ml 1% li eritma 
Nialamid – 
Nialamidum 
Ichishga 0,025 – 0,05 g; 
Tabletka (draje) 0,025 g 
Transamin 
– 
Transaminum
Ichishga 0,005 – 0,01 g; 
Tabletka 0,005 g 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish