FTORFENAZIN-DEKONAT
-davomli ta’sirga ega, kuchli neyroleptik.
Mushak ichiga 1marta kiritilgach 1-2 xafta ta’sir etadi.
Fenotiazin unumlarining noxush ta’siri
:
umumiy holsizlik, uyqusirash,
befarqlik, og‘iz qurishi, gipotoniya, ortastatik kollaps (aminazin), bilirubinni
organizmda to‘planib qolishi (sariqlik ), parkinsonizm, davomli qo‘llanganda
depressiya
(tushkunlik)
rivojlanishi,
leykopeniya,
agronulotsitoz,
- 344 -
fotosensibilizatsiya, terida dog‘lar paydo bo‘lishi, shilliq qavatlar va terining
yallig‘lanishi.
XLORPROTIKSEN
- tioksanten hosilasi. Qayt qilishni to‘xtatish ta’siri
kuchli, sedativ, antipsixotik ta’sirga ega, og‘riqsizlantiruvchi va uxlatuvchi
vositalar ta’sirni kuchaytiradi, mo‘‘tadil adrenolitik, kuchsiz tirishishga qarshi
va kuchli antixolinergik ta’sirga ega. Xlorprotiksenning neyroleptik ta’siri,
antidepressiv ta’sir bilan mujassamlashgan. Kamdan-kam xollarda
ekstrapiramid buzilishlar chaqiradi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar, behollik,
tushkunlik, fotosensibilizatsiya va terida dog‘lar rivojlanmaydi.
GALOPERIDOL
-butirofenon hosilasi. Hozirgi zamon eng kuchli
neyroleptiklar namoyondasi. Sedativ ta’siriga ega, uxlatuvchi, narkotiklar,
og‘riqsizlatiruvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi. Markaziy alfa-adrenergik va
ayniqsa dofaminergik retseptorlarni qamal qiladi. Antixolinergik ta’sirga ega
emas. Tez-tez ekstrapiramid buzilishlarga olib keladi. Qayt qilishni to‘xtatish
xususiyati kuchli darajada rivojlangan. O‘tkir alaxsirash, maniakal holatlarni daf
etishda yuqori samara beradi. Boshqa neyroleptiklar foyda bermagan hollarda
ham yaxshi natija ko‘rsatadi. Aminazindan farqli ularoq bexollik va farqsizlik
chaqirmaydi, balki faollashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Gallyusinatsiyalarni tez
bartaraf etadi. Ta’siri tez rivojlanadi, qonda 2-6 soatdan keyin eng katta
miqdorga etadi va taxminan 3 kun saqlanadi, chunki organizmdan sekin ajraladi.
(5kun davomida peshob tarkibida faqat 40%gina ajraladi). Fenotiazin
unumlaridan farq qilib, uyquning tez davrini qisqartirmaydi. Ganglioblokatorlik
va atropinsimon ta’siri yo‘q, periferik alfa-adrenoretseptorlarni kuchsiz qamal
qiladi. SHuning uchun qon bosimini tushirmaydi, ortostatik kollaps
rivojlanmaydi.
DROPERIDOL
-butirofenon unumi tez va kuchli lekin qisqa muddatli
neyroleptik ta’sir etadi. Tomirga kiritilganda ta’sri 2-5 daqiqadan keyin
boshlanadi, 20-30 maks. etadi, 2-3 soat davom etadi. Narkotik, analgetiklar,
uxlatuvchi va miorelaksantlar ta’sirini kuchaytiradi. Karaxtlik (shok) va qayt
- 345 -
qilishga qarshi, alfa-adrenolitik, markaziy dofamin retseptorlarni qamallovchi
xossaga ega, xolinolitik ta’siri yo‘q. Qon bosimini tushiradi, antiaritmik ta’siri
bor. Kuchli kataleptogenlik tasiriga ega. Neyroleptanalgeziya uchun
qo‘llaniladi..
SULPIRID
-Benzamin hosilasi D
2
-dofamin retseptorlarini tanlab qamal
qiladi. Mo‘‘tadil neyroleptik qayt qilishni to‘xtatuvchi, antidepressantlik
ta’siriga ega. Sedativ va tirishishga qarshi xossasi yo‘q. Analeptiklar va
uxlatuvchi barbituratlar ta’sirini kuchaytirmaydi. Ekstrapiramid o‘zgarishlar
chaqirmaydi. Qon bosimini mo‘‘tadil tushiradi. MITdan yomon so‘riladi. T
Do'stlaringiz bilan baham: |