+
+
Trixinellez
(
Trichinella
spiralis
-
mushaklar, ichak)
+
Trematozlar
SHistosomoz (bilgarsioz);
Schistosoma
mansoni, S.haematobium, S.japonicum
-
qon tomirlar)
+
+
Fassiolez (
Fasciola hepatica
-jigar, o‘t
pufagi)
+
+
Opistorxoz (
Opisthorchis felineus
-jigar,
me’da osti bezi)
+
+
+
Klonorxoz (
Clonorchissinensis
- jigar,
me’da osti bezi)
+
+
+
+
Paragonimoz
(
Paragonimus
westermani
–o‘pka, bosh miya, limfa-tik
tugunlar va boshqalar)
+
+
+
+
Sestodozlar
Sistitserkoz (
Cysticercus cellulosae-
Tenia solium
ning sistitserkoiz bosqichi-
mushaklar, miya, ko‘z to‘qimasi)
±
+
+
Exinokokkoz
(
Echinococcus
granulosis,
E.multilocularis
-
jigar,
o‘pka, miyavaboshqato‘qima)
+
+
Mushaklar va ichakni jarohatlovchi trixinellez qo‘zg‘atuvchisiga qarshi
benzimidozol hosilalari (mebendozol) yuqori samara bermaydi.
Ichakdan tashqari trematodozni ko‘pgina gijjalar rivojlantiradi. Eng ko‘p
uchraydigani shistosomozlar (b i l g a r s i o z l a r) hisoblanadi. Unda qon
- 965 -
tomirlari jarohatlanadi va turli a’zolar va to‘qimalar funksiyasi va strukturasi
(tuzilishi) buziladi: jigar, qorataloq, ichak, peshob va jinsiy a’zolar trakt hamda
boshqalar.
Sistosomozlarni davolashning asosiy vositasi bo‘lib prazikvantel
(biltritsid) hisoblanadi. U bir qator boshqa ichakdan tashqari dermatozlarda ham
samarador. SHistosomozlarda surma preparati a n t i m a o n i l n a t r i y t a r t
r a t (surma sharob javxarining natriy tuzi) ni ham qo‘llashadi. Uni tomirga sekin
kiritiladi. Preparat zaharli va tez-tez nohush ta’sirlar rivojlantiradi. YUrak tomir
sistemasi tomonidan quzatiladigan o‘zgarishlar, turg‘un qayt qilishi, artritlar,
anafilaktik reaksiyalar eng jiddiy hisoblanadi. Antimaonil natriy tartratni jigar
xastaliklari, yurak etishmovchiligi, xomiladorlarda qo‘llash man etilgan.
Preparat bilan zaharlanganda antidot sifatida unitiol qo‘llanadi. Bundan tashqari
shistosomozlarni davolashda enteral kiritiladigan niridazol ham qo‘llaniladi.
Jigar trimatodozida xloksil ham samarador. Har-xil turdagi ikki
so‘rg‘ichlilar (mushak so‘rg‘ichi) qo‘zg‘atgan fasiolez, opistorxoz va
klonorxozda uni ovqatdan keyin ichish tavsiya etiladi. Xloksil bilan davolashni
boshlashdan 1-2 kun avval va davolash davrida (2 kun) yog‘li taomlarni istemol
qilish cheklanadi, alkogol ichimliklar taqiqlanadi. Xloksil odatda yaxshi
o‘zlashtiriladi. Bosh aylanish, engil mast bo‘lganga o‘xshash holatni sezish,
uyquchanlik, jigar atrofida og‘riq (uni spazmolitik va safro haydovchilar
yordamida bartaraf etiladi) kuzatilishi mumkin. Allergik reaksiyalar chamasi
gelmintlarni parchalanish maxsulotlari ta’siri bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Jigar
xastaliklarida, yurak faoliyatining dekompensatsiyasida, xomilador-likda
xloksilni qo‘llash man etiladi. Fassiolezni davolashda eng yuqori
samaradorlikka b i t i o n o l va e m i t i n g i d r o x l o r i d (teri ostiga
kiritiladi) egadirlar.
Paragonimozda tanlangan preparat bo‘lib, b i t i o n o l (ichiladi)
hisoblanadi. Nohush ta’sirot sifatida ba’zan diareya kuzatiladi. Ichakdan
tashqarida joylashgan sistodozlarni davolashda yangi samarador dori
- 966 -
preparatlari yaratilishi tufayli vaziyat o‘zgardi. Jumladan exinokokkozlarda
yuqorida qaydetilgan imidazol hosilalari bo‘lgan albendozol va mebendozol
ijobiy natijalar berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |