MIOMETRIYNI ASOSAN TONUSINI OSHIRUVCHI VOSITALAR.
Bu guruh vositalari miometriy tonusini oshirib, mayda tomirlarni
siqganligidan, asosan bachadondan qon ketishini to‘xtatish uchun qo‘llaniladi.
Bu maqsadda qoramug‘ alkaloidlari va ba’zi sintetik vositalar keng qo‘llaniladi.
Qoramug‘, javdari bug‘doy boshoqlarida parazit xolida yashaydigan zamburug‘
bo‘lib, tarkibida zaharli alkaloidlar bor. Amaliy nuqtai nazardan lizirgin kislotasi
amidining hosilalari bo‘lgan alkaloidlar axamiyatlidir. Ular 2 guruhga bo‘linadi:
suvda eruvchan alkaloid-
ergometrin.
suvda erimaydigan alkaloid
ergotoksin
(
ergokriptin, ergokornin,
ergokristin, ergozin
).
- 528 -
Qoramug‘ (shox kuya)ning barcha alkaloidlari, bachadon mushaklarini
qisqartiradi, tomirlarni toraytiradi, qon bosimini oshiradi, endoteliyni
jarohatlaydi.
ERGOMETRIN MALEAT.
Ergometrin qoramug‘ alkaloidlarining
asosiylaridan biridir. Boshqa alkaloidlarga nisbatan bachadon mushaklariga tez
va kuchli ta’sir ko‘rsatib, miometriyni davomli tonik qisqarishiga olib keladi.
Kichik dozalarida qon aylanishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Adrenolitik
xossaga ega emas. Ergometrin enteral va parenteral yo‘l bilan kiritilganda ham,
yaxshi samarador. Qoramug‘ning boshqa alkaloidlariga nisbatan, tomirlarning
silliq mushaklariga bevosita ta’sir etib, spazm chaqirish xossasi kuchsizroq.
MNSga ta’sir etib tinchlantiradi, qon aylanish markazi va tomirlarni
toraytiruvchi reflekslarni susaytiradi, adashgan nerv markazi va qayt qilish
markazini qo‘zg‘atadi.
Qoramug‘ning individual alkaloiddaridan iborat preparatlar: ergometrin
maleat, ergotamin gidrotartrat, galen va yangi galen preparatlari (qoramug‘
quyuq ekstrakti), alkaloidlar aralashmasi ergotal asosan bachadondan qon
ketishini to‘xtatish va tug‘ishdan keyingi davrda bachadon invalyusiyasini
tezlashtirish uchun qo‘llaniladi. Lekin ularni tug‘ish jarayonida qo‘llab
bo‘lmaydi, chunki homilaning asfiksiyasiga sabab bo‘ladi. Ergotaminni
migrenni davolashda qo‘llaniladi (miya tomirlarini tebranishini kamaytiradi).
Qoramug bilan o‘tkir zaharlanganda (abort chaqirish uchun)-kuchli harakatli
qo‘zg‘alish, tirishish, qayt qilish, ich ketish, epigastral qismda kuchli og‘riqlar
va taxikardiya kuzatiladi.
Surunkali zaharlanish-ergotizm (qoramug‘dan tozalanmagan bug‘doydan
tayyorlangan unni iste’mol qilish tufayli) ikki xil bo‘ladi:
1.
Gangrenoz shakli-oyoq va qo‘llarning tomirlari jarohatlanib, nekroz
rivojlanadi.
2.
Tutqanoqli (tirishish) shakli-asosan MNSga ta’siri tufayli keladi.
- 529 -
Do'stlaringiz bilan baham: |