B) Nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi vositalar
(kuraresimon vositalar yoki periferik ta’sir etuvchi miorelaksantlar).
Bu farmakologik vositalar guruhining asosiy xususiyati nerv-mushak
o’tkazuvchanligiga
bloklovchi
ta’siri
tufayli
skelet
mushaklarining
bo’shashishidir. Birlamchi bunday xususiyat kurareda topilgan, shuning uchun,
bu guruh moddalari kuraresimon vositalar deyiladi. Kurare Janubiy Amerikada
o’sadigan Strychnos u Chondadendron turlariga turlariga mansub o’simliklardan
olingan ekstrakt hisoblanadi. Bir necha yuz yilliklar davomida kurare kamon
o’qini zahari sifatida ishlatishgan. XX asrning 40-yillarida tibbiyotda ishlata
boshlaganlar. Kurare turli xil alkaloidlar saqlagan bo’lib, asosiylaridan biri
tubokurarin hisoblanadi (ushbu o’simlik mahsulotidan olinadi). Bundan tashqari,
kuraresimon preparatlarning boshqa turlari mavjud bo’lib ular sintetik,
yarimsintetik va o’simliklardan olingan. Ularning hammasi harakatlantiruvchi
nervlardan skelet mushaklariga qo’zg’alish o’tishini bloklaydilar.Kimyoviy
tuzilishiga ko’ra ko’pchilik kuraresimon vositalar to’rtlamchi ammoniyni
birikmalaridir.Keng qo’llaniladigan preparatlar quyidagilardir: tubokurarin
xlorid (tubarin), pankuroniy bromid, pipekuroniy bromid, atrakuriy, ditilin
(dixlorid va dibromidlari: suksuksametoniy xlorid, listekon, miorelaksin,
suksinilxolin xlorid va boshqalar).
Ba’zi bir kuraresimon vositalarning kimyoviy strukturasi.
- 257 -
To’rtlamchi ammoniy birikmalar.
O’simliklardan olingan preparatlar.
Tubokurarin
Sintetik vositalar.
Pankuroniy
Pipekuroniy
Anakuroniy
Ditilin
To’rtlamchi ammoniyli birikmalarda 2 ta kationli markaz mavjud bo’lib
(musbat zaryadli azot atomi). Kuraresimon vositalarning aktivligi kation
markazlardagi zaryadlarning konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Moddalarning
N-xolinoretseptorlar anion strukturalari bilan qutbli bog’lanishi kation
markazlari hisobiga yuzaga keladi. Bundan tashqari, qutbsiz bog’lanishlar ham
ma’lum rol o’ynaydi. Ko’pchilik kuraresimon vositalar uchun azot atomlari
orasidagi optimal masofa 1,4-1,5 nm.
Kuraresimon vositalar N-xolinoretseptorlar bilan o’zaro ta’sir qilib,
postsinaptik membrane sohasida nerv-mushak o’tkazuvchanligini susaytiradiHar
xil kuraresimon vositalar chaqirgan nerv-mushak to’siq har xil kelib chiqishga
ega bo’lishi mumkin. Kuraresimon vositalar tasnifi shunga asoslangandir.
- 258 -
Ta’sir mexanizmiga ko’ra ular quyidagi guruhlarga bo’linadilar (rasm -3.) :
1)
Antidepolyarizatsiyalovchi (depolyarizatsiyaga qarshi) vositalar –
tubokurarin xlorid, pankuroniy blromid, pipekuroniy bromid.
2)
Depolyarizatsiyalovchi vositalar – ditilin.
3)
Aralash ta’sirga ega vositalar – dioksoniy
(rasm -3.)
Antidepolyarizatsiyalovchi prepratlar
N-xolinoretseptorni bloklaydi va
atsetilxolinning depolyarizatsiyalovchi ta’siriga to’sqinlik qiladi. Ion kanallariga
bloklovchi ta’sir ikkilamchi ahamiyatga ega. Antidepolyarizatsiyalovchi
vositalar raqobatli va raqobatsiz N-xolinoblokatorlarga bo’linadi. Shunday,
haqiqiy
raqobatli
antagonism
N-xolinoretseptorlarga
ta’siri bo’yicha
kuraresimon vositalar (m-n Tubokurarin) va atsetilxolin o’rtasida bo’ladi.
Tubokurarin
bilan
chaqirilgan
nerv-mushak
blokadasi
fonida
N-
xolinoretseptorlar
sohasining
oxirlaridagi
plastinkalarida
atsetilxolin
a
b
- 259 -
konsentratsiyasini
sezilarli
darajada
ko’tariladi,
bu
nerv-mushak
o’tkazuvchanligini qayta tiklanishiga olib keladi ( raqobatli ta’sir qiluvchi
atsetilxolin xolniretseptorlar bilan bog’langan tubokurarinni siqib chiqaradi).
Agar bu holatda yana ma’lum miqdorda tubokurarinning konsentratsiyasini
oshirilsa, yana bloklovchi ta’sir rivojlanadi. Shu prinsip asosida ta’sir qiluvchi
moddalar raqobat turidagi kuraresimon vositalar deyiladi. Raqobat turidagi
preparatlarga pankuroniy (pavulon), pipekuroniy (arduan), vekuroniy,
atrakuriylar kiradilar. Bundan tashqari, raqobatsiz turidagi preparatlar mavjud
(m-n, prestonal). Raqobatsiz turdagi antidepolyarizatsiya ta’siriga ega
preparatlarning
miorelaksatsiya
chaqirish
xususiyati
atsetilxolin
konsentratsiyasiga bog’liq emas. Bunda kuraresimon preparat va atsetilxolin n-
xolinoretseptorlarning har xil, lekin o’zaro bog’liq bo’lgan joylari bilan
bog’lansa kerak.
Antidepolyarizatsiyalovchi kuraresimon vositalarning ta’sir faolligi va
davomiyligi narkoz vositalari ta’siri ostida o’zgarishi mumkin. Efir va ozroq
darajada ftorotan antidepolyarizatsiyalovchi vositalarning mioparalitik ta’sirini
kuchaytiradi va davomiyligini uzaytiradi; azot (I) oksidi va siklopropan esa ular
faolligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Geksenal yoki tiopental-natriy fonida
antidepolyarizatsiyalovchi preparatlarning bloklovchi ta’siri qisman kuchayishi
mumkin.
Depolyaziratsiyalovchi vositalar (m-n, ditilin) n-xolinoretseptorlarni qo’zg’atadi
va postsinaptik membrananing turg’un depolyaziratsiyasini keltirib chiqaradi,
retseptorlarning atsitilxolinga nisbatan sezuvchanligi yo’qoladi. Membrana
repolyarizatsiya xolatiga o’tolmaydi, kelayotgan yangi impulslarni qabul
qilolmay qoladi. Depolyaziratsiyasining rivojlanishi mushaklarni biroz
qisqarishi (fibrillyatsiya) – fastsirkulyatsiya (nerv mushak o’tkazuvchanligi
qisqa muddatga osonlashadi) ko’rinishida nomoyon bo’ladi. qisqa vaqt
o’tgandan so’ng mioparalitik ta’sir boshlanadi (depolyaziratsiya bloke hosil
bo’ladi).
- 260 -
Bazi bir kuraresimon vositalar aralash turda ta’sir qilishi bilan harakterlanadi
(depolyaziratsiyalovchi va antidepolyarizatsiyalovchi xususiyatlari birlashadi).
Masalan, dioksoniy avval qisqa muddatlidepolyaziratsiyalovchi falajlab, keyin
kankurent blok paydo qiladi. Yuqorida aytilganidek, kuraresimon vositalarning
mioparalik ta’sira ularning asosiy hususiyati hisoblanadi. Aktivligi bo’yicha
(moddalar dozalari solishtirilganda) asosiy preparatlarni quyidagi tarkibda
joylashtirish mumkin: pipekuroniy > pankuroniy > tubokurarin > ditilin >
milliktin.
Kuraresimon vositalar mushaklarni ma’lum tartibda bo’shashtiradi ularning
ko’pchilgi birinchi navbatda yuz va bo’yin, so’ngra qo’l-oyoq va tana
mushaklarinig nerv mushak sinapslarini bloklaydilar. Nafas mushaklari
preparatlar ta’siriga chidamli. Eng oxirida diafragma mushaklari falajlanadi,
natijada nafas olish to’xtaydi. Mioparalitik ta’sir kengligi preparatlar uchun
muhim harakterli hususiyat hisoblanadi. Bu preparatning mushaklarini unga eng
sezgir dozasi bilan nafas olishni to’liq to’xtatuvchi dozasi orasidagi diapazondir.
Qo’laniladigan preparatlar mioparalitik ta’sir kengligining kamligi bilan
harakterlanadi (masalan, tubokurarin, pankuroniy, pipekuroniy). Kuraresimon
vositalar mioparalitik ta’siri davomilgi bo’yicha shartli uch guruhga bo’linadi:
qisqa muddatli ta’sir qiluvchilar (5-10 daq.) – ditilin;
o’rtacha muddatli ta’sir qiluvchilar (20-30 daq.) – atrakuri, vekuroniy;
uzoq muddatli ta’sir qiluvchilar (30-40 daq. va uzoq) – tubokurarin,
pipekuroniy, pankuroniy.
Kuraresimon moddalarga antagonist tanlash miorelaksantlarning ta’sir
mexanizmiga asoslanadi. Antidepolyarizatsiyalovchi (raqobatli) vositalarga
antixolinesteraz vositalar (prozerin, galantamin) akiv antagonistlardir.
antixolinesteraz vositalar atsetilxolinesterazani bloklab, senaptik yoriqlarda
atsetilxolin konsentratsiyasini anchagina oshiradi. Bu, aytib o’tilganidek, n-
xolinoretseptorlar bilan bog’langan kuraresimon birikmalarni siqib chiqaradi va
nerv- mushak o’tkazuvchanligini qayta tiklaydi. Bundan tasgqari, antagoniz
- 261 -
sifatida pimadindan (4-aminopiridin) foydalanish mumkin, u harakatlantiruvchi
nerv oxirlaridan atsetilxolin ajralishini taminlaydi.
Depolyarizatsiyalovchi
miorelaksant
vosialarning
antoganisti
yo’q.
Antixolinesteraz
vositalar
bu
maqsadda
ishlatilmaydi,
chunki
ular
depolyarizatsiyalovchi kuraresimon vositalarni bloklovchi ta'sirini yo’q qilibkina
qolmay,
uni
kuchaytiradi
ham.
Tibbiyotda
keng
qo’laniladigan
depolyarizatsiyalovchi vosita ditilinning ta’siri yangi sitratli qon quyish yo’li
bilan yo’xtatiladi. Qon plazmasi tarkibida xolinesteraza mavjud bo’lib, detileni
gidro’lizyadi.
Ko’pchilik kuraresimon vositalar asosan nerv-mushak sinapslarigd yuqori
darajada tanlab ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga ularning bazilari boshqa
xolinergik sinapslarga ham ta’sir qiladi. Bir qator antidepolyarizatsiyalovchi
vositalar kuchsiz gangliobloklovchi t’sir ko’rsatadi (asosan tubokurarin), buning
ko’rinishlaridan biri arterial bosimning pasayishi, shuningdek sinokorotid soxa
va buyrak usti bezi mag’iz qavatining n-xolinareseptorlariga susaytiruvchi
ta’siridir. Ba’zi bir vositalarda (masalan, pankuroniy) yurakga nisbatan kuchli
ifodalangan m-xolinoblokatorlik (vagolitik) ta’sir kuzatilib, bu taxikardiyaga
olib keladi. Tubokurarin va ba’zi boshqa preparatlar gistamin ajralishini
kuhaytirishi mumkin, bu esa arterial bosimning pasayishiga Bronx mushaklari
tonusini oshoshiga olib keladi.
Depolyarizatsiyalovchi kuraresimon vositalar elektrolit muozanatiga ma’lum
miqdorda ta’sir ko’rsatadi. Postsinaptik membrananing depolyarizatsiyasi
natijasida kaliy ionlari skelet mushaklaridan ajralib chiqadi va ekstrasellyulyar
suyuqlikda va qon plazmasida ularning miqdori oshadi. Bu yurak aritmiyasiga
saba bo’lishi mumkin.
Narkozdan keying davrda depolyarizatsiyalovchi vositalar qo’lanilganda ba’zan
mushaklarda
og’riqlar kuzatilishi mumkin. Bu depolyarizatsiyalovchi
preparatlar ta’siri bilan bog’liq bo’lgan ularning fastsikulyatsiyasi vaqtidagi
mushaklarning mikrotravmasi natijasi hisoblanadi. Depolyarizatsiyalovchi
- 262 -
vositalar ganglioblokatorlik ta’sir ko’rsatmaydi. Katta dozalarda ular
gangliyalarning va buyrak usti bezi mag’iz qavati n-xolinoretseptorlarini
qo’zg’atib, arterial bosimni oshiradi. Depolyarizatsiyalovchi kuraresimon
vositalar skelet mushaklarining annuspiral oxirlarini stimulaydi. Bu
propriotseptiv
tolalarning
afferent
impulsatsiyasini
kuchaytiradi
va
monosinaptik reflekslarni susayishini chaqirishi mumkin.
To’rtlamchi ammoniyli birikmalar guruhidagi kuraresimon vositalarning
ko’pchiligi MNSga ta’sir qilmaydi (gematoensefalik to’siqdan yomon o’tadi).
Bu guruh preparatlari MITda yomon so’riladi, shuning uchun ular parenteral
qo’laniladi, asosan vena ichiga. Ba’zi preparatlar organizmda fermentative
parchalanishlarga uchraydilar. Yuqorida aytib o’tilganidek, detilini qon
plazmasining xolinesterazasi bilan gidrolizlanishi uni qisqa muddat ta’sir
qilishiga sabab bo’ladi. Kuraresimon vositalar va ularning metobolitlari asosan
buyraklar orqali chiqariladi.
Kuraresimon preparatlar anestezalogiyada jarrohlik muolajalarini bajarish uchun
keng qo’laniladi. Ular skelet mushaklarini bo’shashini taminlab, ko’krak qafasi
va qorin bo’shlig’i a’zolari, shuningdek qo’l va oyoqlardagi ko’pgina
aperatsiyalarni bajarilishini onsonlashtiradilar. Ular traxeya intubatsiyasida,
bronxoskopiyada, chiqan va singan suyaklarni o’z joyiga joylashtirishda
ishlatiladi. Bundan tashqari bu preparatlar qoqshol kasaligini davolashda,
elektrotirishish muolajasida qo’laniladi. Jarrohlik muolajasini qancha muddat
davom etishi hisobga olgan holda preparatning kerakli ta’sir davomiyligiga ega
bo’lgani qo’laniladi.
Kuraresimon vositalarning nojuya ta’sirlari havfli hususiyatga ega emas.
Arterial bosim ularning ta’sirida pasayishi (tubokurarin) va ko’tarilishi (ditilin)
mumkin. Bir qator preparatlarga taxikardiya hosil bo’lishi harakterli
(pankuroniy). Gohida yurak aritmiyasi (ditilin), bronxospazm (tubokurarin),
ko’zning ichki bosini oshishi (ditilin) kuzatiladi. Depolyarizatsiyalovchi
vositalar
uchun
mushak
og’riqlari
harakterli.
Qon
plazmasidagi
- 263 -
xolinesterazaning genetic yetishmovchiligi bo’lgan shaxslarda ditilin uzoq
mudatli apnoyini chaqiradi (odatdagi 5-10 daqiqa o’rniga, 6-8 soatgacham va
undan ortiq). Kuraresimon vositalarning jigar, buyrak kasaliklarida hamda keksa
yoshli insonlarda qo’lashda extiyot bo’lish lozim. Shuni esda tutish keraki,
yuqorida ko’rsatilgan vositalar nafasni susaytirishi va butunlay to’xtatishi
mumkin. Shuning uchun ular tibbiyot amalyotida ishlatilganida ularning
antagonistlari va suniy nafas oldirishga kerakli sharoit bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |