Ayrim anistetiklarning kimyoviy tuzilishi
O’simlik xom-ashyosidan olingan vositalar
Benzoilekgonin efiri
Kokain gidroxlorid
Sintetik vositalar
Paraaminobenzoy kislatasi efirlari
Novokain
Dikain
O’rin almashingan anilidlar
Lidokain
Trimekain
- 190 -
anesteziyasida qo‘llaniladi. Hatto, bunda ham o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash
kerak, chunki u shilliq qavatlardan oson so‘rilib, ko‘pchilik nojo‘ya ta’sirlar va
hatto o‘tkir zaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Kokainni uning gidroxloridi
sifatida asosan ko‘z amaliyotida ko‘zga tomizish uchun ishlatiladi. Bunda u ko‘z
oq pardasi qon tomirlarini toraytiradi, qorachiqni esa kengaytiradi, taxminan 1
sotagacha davom etadigan anesteziya chaqiradi. Odatda ko‘z ichki bosimi
pasayadi. Ammo, ba’zi bemorlarda ko‘z ichki bosimini oshirishi ehtimoli ham
mavjud (aftidan, ko‘z ichki suyuqligining oqib chiqib ketishini qiyinlashtirishi
hisobiga bo‘lsa kerak). Uni davomli qo‘llash oqibatida ko‘z muguz pardasi
epiteliysiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va buning natijasida epiteliyning ko‘chib
tushishi hamda yara paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin.
Agarda kokain shilliq qavatlar orqali so‘rilib, rezorbtiv ta’sir ko‘satadigan
bo‘lsa, unda asosan MNSning qo‘zg‘alishi yuzaga chiqadi. Dastlab bosh miya
po‘stloq qismi funksional holatining o‘zgarishi kuzatiladi. Bunda eyforiya
32
,
bezovtalanish, psixomotor qo‘zg‘alishlar, charchash va och qolish sezgilarining
yo‘qolishi, gallyusinatsiyalar
33
paydo bo‘lishi va b. kuzatiladi. Shuningdek,
kokain uzunchoq miyadagi nafas, yurak-qon tomir va qusish markazlarini ham
kuchaytiradi, talvasa paydo bo‘lishi mumkin. Agarda kokainning dozasi o‘ta
yuqori bo‘lsa, u holda MNS tomonidan kuchayish o‘rniga susayish yuzaga
keladi. Uzunchoq miyadagi hayot uchun zarur bo‘lgan markazlar (birinchi
navbatda nafas markazi) faoliyatining keskin susayishi natijasida o‘lim kelib
chiqadi.
Kokainning adrenergik innervatsiyaga ta’siri o‘ziga xosdir. U adrenergic
innervatsiyaning qo‘zg‘atuvchi samaralarini oshiradi, shuningdek, ayrim
adrenomimetiklarning ta’sirini potensirlaydi. Mazkur ta’sir kokainning
adrenergic tolalarning varikoz kengayishlarida katexolaminlarning qaytar
neyronal ushlanishlarini susaytirishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham kokain
ta’sirida qon tomirlari torayadi va arterial qon bosimi oshadi (tomir
32
Yunonch adan
euphoria
–lazzatlanish, huzur-halovat qilish holati
33
Lotinchadan
hallucinatio
– bema’ni ko‘p gapirish, vasvasa
- 191 -
harakatlantiruvchi markaz faoliyatini ham kuchaytiradi), taxikardiya va midriaz
(qorachiqning kengayishi) kuzatiladi.
Odatda kokain bilan o‘tkir hamda surunkali zaharlanish kuzatilishi
mumkin.
O‘tkir zaharlanishda
asosiy e’tiboruning kiritilgan joydan so‘rilishini
kamaytirishga qaratilishi lozim. Agarda perparat ichilgan bo‘lsa, u holda
oshqozon kaliy permanganatining 0,05-0,1 foizli eritmasi bilan yuviladi.
Adsorbsiyaqiluvchi, o‘rab oluvchi hamda tuzli surgi vositalari tavsiya qilinadi.
Agarda shilliq qavatlar orqali kiritilgan bo‘lsa, u holda shilliqqavatlar natriy
xloridining izotonik eritmasi bilan yuvib tashlanadi.Agarda preparat organizmga
in’eksiya orqali kiritilgan bo‘lsa, u holda uning so‘rilishini kiritilgan joydan
yuqoriroqqa jgut qo‘yish orqali kamaytirish mumkin. Bundan tashqari in’eksiya
qilingan joyga muzli idish qo‘yish tavsiya etiladi. O‘ta og‘ir zaharlanishlarda
sun’iy nafas oldirishga, zarur paytlarda traxeotomiya qilishga tayyor bo‘lish
kerak.
Qo‘zg‘alish-
- 192 -
VASILIY KONSTANTINOVICH ANREP
(1852-1918 yy.)
Birinchi marta kokainning anesteziyalovchi xossasini ochgan va uni amaliy
tibbiyotga mahalliy anestetik vosita sifatida
ishlatishga tavsiya etgan (1879 y.)
larni bartaraf etish uchun esa diazepamning eritmasini in’eksiya qilish lozim.
Kokainni davomli qo‘llash (kukunini hidlash, barglarini chaynash, ba’zida
esa, vena orqali qayta-qayta kiritish) natijasida
Do'stlaringiz bilan baham: |