O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi Mavzu: Sanoat korxonasining sanitariya pasporti bilan tanishish



Download 345,12 Kb.
bet18/73
Sana17.05.2023
Hajmi345,12 Kb.
#939966
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Bog'liq
MEHNAT GIG. AMALIY dars reja 5 semestr (1)

O’quvchi bajarishi kerak:
1. Sanoat korxonalarini joylashtirish sanitariya-epidemiologiya qoidalari
2. Mukammal sanitariya tekshiruvi
Sanoat korxonalarini joylashtirish sanitariya-epidemiologiya qoidalari asosida bo'ladi. Sanoat markazlarida asosan sanoat korxonalari, issiqlik elektrostansiyalari, avtomobil bazalari joylashgan bo‘ladi. Konstruktorlik idoralari, o‘quv markazlari hamda sanoat korxonalariga texnik tomondan xizmat qiladigan obyektlar joylashtiriladi.
Sanoat korxonalari joylashgan zonada quyidagilarga e’tibor beriladi:
a) aholi turar -joylari havosining ifloslanishining oldini olish va aholini shovqin-surondan muhofaza qilish maqsadida aholi turar-joylari bilan sanoat korxonalari orasida sanitariya muhofaza zonasi o'rnatilishiga;
b) sanoat chiqindi suvlarining aholi foydalanadigan suv havzalariga tushmasligiga;
d ) tuproqlar ifloslanishining oldini olish maqsadida sanoat korxonalari chiqindilarining o‘z vaqtida shahardan chetga olib chiqib ketilishi, shuningdek yig‘ilgan axlatlarning zarur hollarda zararsiz holatga keltirib, so'ngra olib chiqib ketilishiga;
e) yuk tashishga mo’ljallangan transport vositalari qatnovining aholiga zarar bermasligiga;
f) sanoat korxonalari shamol yo‘nalishiga to‘g‘ri qilib joylashtirilganligiga va hokazo.
1971 -y ilda chiqarilgan va tasdiqlangan sanitariya va qurilish normalariga asosan aholi turar - joylari va sanoat korxonalaridan chiqadigan zaharli gaz va changlarning havodagi miqdoriga qarab sanitariya-himoya zonalari: 5 turga bo‘linadi: I tur-1000 m; II tur-500 m; III tur-300 m; IV tur-100 m va V tur-50 m.
Mabodo, aholi turar-joylari bilan sanoat korxonalari orasidagi himoya masofalari talabga javob bermasa, sanoat korxonalaridan chiqadigan zararli gazlar, chang va boshqalar aholi sihat-salomatligiga putur yetkazsa, turar-joyning sanitariya holatiga zarari tegsa, u holda respublika Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Davlat Bosh sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi va respublika Davlat qurilish qo‘mitasining qo'shma ravishda chiqargan va tasdiqlangan qaroriga yoki farmoniga asosan aholi turar -joylari bilan sanoat korxonalari oralig‘idagi himoya masofasi uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Masalan , keyingi yillarda qurilayotgan yirik sanoat korxonalari talabini yuqorida zikr qilingan himoya masofalari mutlaqo qoniqtirmaydi. Bunday holatlarda aholi turar-joylari bilan sanoat korxonalari orasidagi masofa kamida 5-10 km ga uzaytirilishi lozim. Shuni ham aytish kerakki, agar chiqindilarni ushlab qoladigan qurilmalar tozalash inshootlari chiqargan zaharli chiqindilar ta’sirini kamaytirsa, aholiga zarari tegishi oldini olsa, u holda himoya masofasini qisqartirish mumkin. Bu nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qachon aholi turar-joylari va sanoat korxonalari oralig‘idagi himoya masofalaridan foydalanishga ruxsat beriladi? Nima uchun u maydonlarga hammomlar, avtomobillar uchun garajlar, konstruktorlik idoralari, korxonalar, oshxonalar, magazinlar, zavod va kombinatlarning idora- boshqarmalari, texnika inshootlari qurilgan? Agar ushbu maydonlarning 35-40 foiziga daraxtlar ekilib, kichik o'rmonlar tashkil qilinsa yoki ko‘kalamzorlashtirilsa u yerdan foydalanish mumkin. Daraxtzorlarning eni 30-40 metr, uzunligi 100-200 metrga yetgan bo‘lsa, ishchi-xizmatchilarning dam olishiga xizmat qiladi. Bunday daraxtzorlar iqlimni yumshatib, havoning oksigen bilan boy ishiga, ifloslangan havoni tozalashga imkon beradi. Sanoat markazlari joylashtirilgan maydonlar darhol obodonlashtirilishi, ko'kalamzorlashtirilishi lozim. U yerga vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlari ulansa, favvoralar qurilsa ayni muddao bo’ladi. Bulardan tashqari, sanoat korxonalari zonasida transport harakati hamda odamlarning yurishi uchun qonun -qoidaga asoslanib yo’llar quriladi. Ishchilarga qulay bo’lishi uchun ular yashayotgan joydan korxonalargacha bo’lgan masofa 25 km dan ortiq bo’lsa , jamoa transporti bilan ta’minlanadi. 3000 metrdan ziyodroq himoya masofasini talab qiladigan katta korxonalar shahar tashqarisiga quriladi.
Odatda, sanoat korxonalari qishloq xo'jaligi uchun zarur bo’lmagan yoki kam foyda beradigan, hosil unmaydigan yerlarga quriladi. Sanoat korxonalari suv havzalariga yaqin joylarga, sanitariya-himoya zonalari atrofiga, sanatoriy va kurort, dam olish zonalari yaqiniga qurilsa, unga yuqori gigiyenik talablar qo‘yiladi. Bunda korxona chiqindilari aholining sihat-salomatligiga ta’sir qilmasligi, ifloslantirmasligiga ahamiyat beriladi. Buning uchun sanoat korxonalarini zamonaviy texnika asbob -uskunalari bilan ta’minlash, asboblarni ish tugagach yaxshilab berkitish, chiqindilarni tozalash inshootlari orqali zararsizlantirish va boshqalar ko‘zda tutiladi.
Sanoat korxonalari ishi suv bilan bog’liq bo’lsa, ular suv havzalariga yaqinroq qilib quriladi. Bunda sanitariya xodimlarining vazifasi murakkablashadi, chunki chiqindi suvlarni zararsizlantirish va ularni sanoat korxonalaridan olib chiqib ketish va suv havzalarini ulardan muhofaza qilish masalasi hal qilinishi kerak bo’ladi. Ba’zi sanoat korxonalari ishlab chiqqan mahsulotlar suv transporti orqali boshqa rayonlarga tashiladi. Buning uchun daryo bo‘ylarida yuk qabul qilish, yuk tushirish portlari, inshootlar joylashtiriladi. Bunday obyektlar suv oqimining quyiroq qismiga joylashtiriladi. Agar ular aholi turar-joylari yaqiniga joylashtirilsa, suv havzalarini ifloslantirib, aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin. Sanoat korxonalari suv havzalari yaqinida joylashgan bo‘lsa, qirg‘oq bo‘ylarida dam olish uchun maydonlar qoldiriladi. Sanitariya nazorati xodimlari qayta qurish uchun mo'ljallangan shahar loyihasini izchillik bilan tekshirib, xulosa yozishi kerak. Unda shahar ichida joylashgan sanoat korxonalarini shahardan tashqariga olib chiqib ketish, sanitariya-himoya zonalari tashkil qilish, shahar ichida joylashgan, ammo tashqi muhitni ifloslantiradigan kichik korxonalardan muhitni himoya qilish choralari ishlab chiqiladi. Shaharlarni qayta qurish rejasi asosida murakkab vazifalar ham hal qilinadi. Bunda shunday masalalar ko'tariladiki, toki bu korxona aholiga zarar bermaydigan korxonaga aylanishiga erishish kerak. Ba’zan korxona chiqindilarini texnologik yo‘l bilan tozalash inshootlari yordamida zararsizlantirib bo'lmasa yoki ularni shahardan chetga olib chiqishning iloji bo‘lmasa, korxonalar atrofida yashovchi aholi boshqa yerga ko‘chiriladi. Qolgan aholiga esa turar-joylar bilan korxonalar oralig'ida himoya masofalari tashkil qilinadi. Xavfli portlash yoki yong'in chiqish xavfl bo‘lgan korxonalar shahar chekkasiga, aholidan uzoqroq masofaga shamol yo‘nalishiga to‘g‘ri qilib quriladi. Ko‘pgina sanoat korxonalaridan qayta ishlab bo‘lmaydigan chiqindilar chiqadi (Masalan, shlaklar, kul va boshqalar). Bular uchun maxsus poligonlar, chiqindi tashlanadigan axlatxonalar tashkil qilinadi. Bunday joylar tepaliklar yonida, suv toshmaydigan joylarda tashkil qilinadi.
Sanoat korxonalari joylashgan zonalarni qayta qurish masalasi ko‘tarilganda korxonalarning rivojlanishini nazarda tutib, rezerv maydonlar tashkil qilinadi. Yangi korxonalar qurish uchun ham maydonlar ajratiladi. Shu bilan bir qatorda temir yo‘llar, avtomobil qatnovini tartibga solish, foydalanilmagan yo‘llarni buzib, u yerga boshqa obyektlar qurish ko‘zda tutiladi. Sanoat korxonalari chiqindilari havoni zararlamasligi uchun zavodlarga chiqindilarni tozalash inshootlari qurish, ulardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Mukammal sanitariya tekshiruvi 3-kvartalning oxiri va 4-kvartalning boshida o‘tkaziladi. Mukammal sanitariya tekshiruvi davomida, olinadigan barcha ma’lumotlar albatta laboratoriya tekshiruvlari asosida, ma’lum instrumental tekshiruv o‘lchov asboblari asosida olingan ma’lumotlarga asoslanadi.
Ba’zi bir ehtiyojli sharoitlarda (muammoli vaziyatlar paydo bo‘lganda, sanitariya-epidemiologiya vaziyatlari yomonlashganda va boshqalar) mukammal sanitariya tekshiruvi samarador o‘tkazish maqsadida DSENMning boshqa bo‘lim shifokorlari, ba’zi bir tor mutaxasislar va ushbu tekshiruvga taaluqli bo‘lgan tashkilotlarning (hokimiyat, sanitar militsiyasi, kommunal xo‘jaliklar va boshqa) xodimlari jalb qilinadi.
Olingan ma’lumotlar 4 qismdan iborat bo‘lgan dalolatnomada aks ettiriladi. Dalolatnomada ko‘rsatilgan takliflar asosida rejali vazifalar tuziladi va sinovli tekshiruvlar o‘tkaziladi. Sinovli tekshiruvlarni asosiy maqsadi mukammal sanitar tekshiruvi dalolatnomasida ko‘rsatilagan takliflarning qachon va qanday bajarilganligi va ularning samaradorligini belgilashdan iborat.
Ishlab chiqarish ob’ektlarida sanitariya tekshiruvi o‘tkazilganda bajariladigan ishlar ma’lum bir bosqichlarda olib borilishi lozim.

Download 345,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish