To‘kimachilik korxonalarida sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari.
Mehnat gigienasi vrachining asosiy vazifasi ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilar uchun bezarar ish sharoitlarini yaratadi namligi ustidan nazorat o‘tkazish va bu sharoitlarini ishlab chiqishdir.
To‘kimachilik sanoati korxonalari turli o‘ziga texnologik jarayonlar yigindisidan iborat bo‘lganligi sababli bu korxonalarida olib boriladigan sog‘lomlashtirish choralari ham o‘ziga xosdir. Sog‘lomlashtirish ishlari ustidan iazoratni ogohlantiruvchi davlat sanitariya vazorati bosqichida to‘laqonli amalga oshiriladi va ularga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish uchun er tanlashda, ayniksa gul bosish fabrikalarini aholini yashash joylarini va boshqa havoga zararli omillar chiqaruvchi korxonalarga nisbatan to‘g‘ri joylashtirilishi;
- korxonalarni er maydoniga to‘g‘ri joylashtirilishi sexlarni binoda to‘g‘ri joylashtirish.
YAngi texnologik jarayon va texnologik ashyolarni joriy etilishida:
-loyixash va qurilishda ishlovchilarni va tashqi muhitni himoya vositalarni joriy etilishi;
Joriy Davlat sanitariya nazorati bosqichida:
-changga qarshi ko‘rash choralarini mavjudligi (mahalliy havo olib ketuvchi, ventilyasiya, nafas yo‘llari himoyasi uchun respiratorlar, ingalyatorlar);
-shovqinga qarshi ko‘rash choralari mavjudligi ( mahalliy mavjud tegishli dastgoxlarini yangisiga almashtirish. Bu ish joylaridagi shovqin darajasini 15-20 db ga kamayishiga olib keladi, shovqin yutuvchi qatlam bilan xona shipi va devorlarni koplash, antifonlardan, foydalanish.);
- tebranishga qarshi chora tadbirlarni samarali joylashtirish jarayonida, maxsus tebranish susaytiruvchi moslamalarni (amartizator) dastgox ostiga urnatishidir;
-kimyoviy omilga qarshi ko‘rashda birinchi navbatda buek tayyorlash jarayonidagi alohida maxsus jixozlangan (mahalliy havo olib ketuvchi vsntilyasiyasining havo tortuvchi shkaf turi) xonlarda bajarilishi kerak;
-bo’yash moslamalarida, en tomondan havo tortuvchi bo‘lmasa havo tortuvchi moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Albatta -xonaga umumiy havo olib keluvchi ventilyasiya ham o‘rnatiladi.
Bunday sexlar ichida musbat havo vujudga kelishiga yo‘l kuymaslik kerak. CHunki bu xolat kimsviy xolat moddalarni boshqa xonalarga tarqalishiga sabab bo‘ladi:
-metereologik sharoitlarini optimal yoki yo‘l kuysa bo‘ladigan sharoitga kestirish uchun, ipi yigiruv va to‘kimachilik korxonalarida umumiy havo almashtiruvchi ventilyasiya ( xovaga bsriluvchi havoni maxsus tayyorlash yaxshi samara beradi.)
Buyash va gul bosish ssxlarida esa nisbatan yuqori havo harorati bilan yuqori namlikka qarshi ko‘rashlarda quyidagilardan foydalanish kerak:
- birinchi navbatdagi issiq suv va suv bug‘lari quvur va muruvvatlarini zichligini ta’minlash, mahalliy havo olib keluvchi vsntilyasiyani ikki qismidan kilib o‘rnatiladi, ship ostiga yuqori 27-300 S darajadagi quruq havo beriladi, u ko‘tarilgan bugni tez yutadi. Ikkinchisi pastrokda (erdan 2,5-Zm yuqorida ) o‘rnatilib, undan gigienik talabga mos ko‘rsatgichdagi havo beriladi. Umumiy havo olib ketuvchi esa bino ship lariga o‘rnatiladi.
- ish satxlarida gigienik joylarga mos yoritilganligi tashkil etish;
- yuqorida keltirilgan texnik texnologik va san- texnik choralardan tashqari tibbiy profilaktika choralar ham amalga oshiriladi. Bu shahsiy himoya vositalari (resperatorlar, kombinzonlar, rezina qulqop, fartuk va boshqa) ishlovchilarni UzRSSV 06. 06.2000 yildan №300 buyrugi asosida tibbiy ko‘riklarni uz vaqtida o‘tkazish, maishiy xizmat xonalar tarkibida maxsus xonalarni tashkil etish, ingalyatoriyalarni tashkil egish, agar sexlar derazasiz xonalarda joylashgan bo‘lsa fotoriylar jixozlash va boshqalar.
Mamlakatning asosiy paxta bazasi bo‘lmish O‘zbekistonda pestitsidlar paxtachilikda ayniqsa keng qo‘llaniladi. Pestitsidlarning odamlarga (ular bilan ishlovchi kishilarga yoki shu preparatlar ishlatiladigan joy yaqinida yashovchi kishilarga) qay tariqa va qanchalik ta’sir ko‘rsatishi ularning qo‘llanilishi usuliga, preparatning xiliga, zaharliligiga, kumulyativ xossalariga, organizmga qanday yo‘llar bilan o‘tishiga, qancha miqdorda ta’sir qilishiga, tashqi muhitga chidamliligiga, preparatni ishlatish vaqtida sanitariya qoidalariga nechog‘lik rioya etilishiga va boshqa ko‘pgina shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Pestitsidlarni qo‘llanishga aloqador ishlarda: urug‘larnni dorilashda, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashda g‘ozaning bargini to‘kish va shu singarilarda juda ko‘p kishilar boshqalar ishtirok etishadi. Ishlovchilar asosan quyidagi yumushlarni bajarish vaqtida pestitsidlarga duch kelishlari mumkin: preparatlarni saqlash, o‘rovini yechib olish tarqatish va tashish vaqtida, urug‘larni dorilash va ekishda, o‘simliklarni dorilashda, don va omborlarni fumigatsiya qilish moslamalar va texnika remontida, texnika, korjoma va individual himoya vositalarini degazatsiya qilish vaqtida. Samolyotlardan turib dorilashda qatnashadigan signalchilar, uchuvchan moddalarni ishlatishda esa samolyot zapravchiklari va traktorchilarning mehnat sharoitlari ayniqsa noqulay bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |