O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi Mavzu: Sanoat korxonasining sanitariya pasporti bilan tanishish


Pestitsidlardan zaharlanishning oldini olish



Download 345,12 Kb.
bet27/73
Sana17.05.2023
Hajmi345,12 Kb.
#939966
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
MEHNAT GIG. AMALIY dars reja 5 semestr (1)

Pestitsidlardan zaharlanishning oldini olish
Pestitsidlar bilan ishlashga Respublika sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil 27 iyulda chiqargan 400-sonli buyrug‘iga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tgan sog‘lom, jismonan baquvvat, ilgari og‘ir kasal bo‘lmagan shaxslar qo‘yiladi. Surunkali og‘ir kasalliklar bilan og‘rib o'tgan shaxslar, yoshi o‘tib qolgan kishilar, ayollar (ayniqsa homiladorlik va emizikli davrida) va o‘smirlarga pestitsidlar bilan ishlashga ruxsat etmaslik kerak. Har bir odam ish boshlashdan oldin profilaktika qonun-qoidalari bilan tanishishi, zaharli moddalar bilan ishlashga moslashgan korjomalar:
kombinezon, etik, qo‘lqop, paypoq, qalpoq, himoya vositalari: respirator, gazniqob, himoya ko'zoynagi va boshqalar bilan ta’minlanishi kerak. Zaharli kimyoviy birikmalar va shuningdek urug‘liklar maxsus transportda tashiladi va bu transportda odam, oziq-ovqat, yem-xashak tashish aslo mumkin emas. Zaharli birikmalarni yuklash, tashish va tushinshda idishlarning butunligi, to‘kilib sochilmasligiga qarab turish lozim. Pestitsidlarni tashib bo‘lgandan so‘ng transportning taxta qismiga xlorli ohak bo‘tqasi bilan ishlov berib, so‘ngra suv bilan, metall qismlari esa kerosin
yoki benzin bilan yuvilishi kerak. Pestitsidlar saqlanadigan omborlar kishilar yashaydigan uy-joylar, molxonalar va suv manbalaridan kamida 200 metr uzoqlikda bo‘lishi shart. Tozalash oson bo‘lishi uchun omborxona devorlari, pollari tekis va silliq bo'lishi kerak. Omborxonada shaxsiy kiyim, korjoma uchun shkaflar, yetarlicha suv, cho‘milish uchun dush va hokazo bo‘lishi lozim. Ish tugangandan so‘ng korjomani yaxshilab tozalash va shkafga osib qo‘yish kerak. Ombor binosi derazalaridan havoni tozalab turish uchun ochiladigan framuga va darchalar bo‘lishi lozim. Qabul qilingan va berilgan pestitsidlar hisobotini qat’iy ravishda olib borish kerak. Omborga chet kishilar kirishi qat’iyan man etiladi. Pestitsidlardan bo‘shagan idishlar, qog‘oz xaltalar va yog‘och bochkalar, polietilen xaltalar yoqiladi, kuli 200 metr nariga ko‘miladi. Temir idishlar saqlash uchun maxsus omborlarga topshiriladi. Ulardan turmushda foydalanish mutlaqo mumkin emas.
Hozirgi vaqtda sanoatda eritmalar tayyorlanadigan va purkab sepadigan "Temp" APR apparati, olib yuriladigan agregatlar ishlab chiqarilmoqda. Bu agregatlami suv manbalari (hovuzlar, sug‘orish sistemasi, quduq) bo‘lgan joylarga o‘rnatish kerak. Bunda suv manbalarini ifloslanishdan saqlash choralarini ko‘rish zarur. So'nggi vaqtlarda mexanizatsiyalashgan maxsus to‘ldirgich stansiyalari va punktlar loyihalangan va ular ko‘p xo'jaliklarda ishlab turibdi. Bu punktlar zaharli birikmalardan ishchi eritmalar tayyorlash va purkab sepuvchi asboblami to’ldirish uchun moslashtirilgan. Maxsus idishni suv bilan to’ldirish, zaharli birikmalarni tortib olish va qorishtirish mexanizatsiya yo‘li bilan bajariladi. Purkab sepuvchi asboblar yoki ish joyiga tashish uchun belgilangan maxsus aravalar mexanik ravishda to’ldiriladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan purkovchi asboblar ikki turda bo‘lib, gidravlik (ichakli) yoki ventilyatorli bo'ladi. Hozirgi vaqtda ko‘proq ventilyatorli purkagichlar qo'llanadi. Ular agrotexnika tadbirlariga ko‘proq javob beradi, mehnat gigiyenasi nuqtai nazaridan ancha afzallikka ega. Barcha purkovchi va changlovchi asboblar umuman yopiq kabinali traktorga o‘ta zaharli kimyoviy birikmalar bilan ishlashda ulanishi shart 0‘simliklarga dorini shamol bo‘lmaganda (shamolning tezligi sekundiga 2 metrdan oshmaganda), ertalab va kunning ikkinchi yarmida harorat pasaygan vaqtda sepish kerak. So‘nggi vaqtlarda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi zaharli kimyoviy moddalarshng ayerozollari (tumanlari yoki tutunlari) ishlatila boshlandi. Ular maxsus apparatlarda - ayerozol generatorlaridan (AAP apparatlari, "Mikron", O AN, "Raketa" va boshqalar) yoki kimyoviy moddalar tutadigan tutun shashkalarini kuydirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Hozirgi kunda pestitsid ayerozollari g ‘alla omborlari, issiqxona, molxona va tovuqxonalarda zararli hasharotlami yo‘qotish uchun ham qo‘llaniladi. Aerozollar bilan dorilagandan so'ng binolar havosini albatta yaxshilab
shamollatish kerak. Hozirgi kunda urug'larni dorilash mexanizatsiyalashgan usulda (paxta punktlarida, maxsus moslamalar bilan jihozlangan dorixonalarda) amalga oshirilmoqda. Bunday imkoniyatlar bo‘lmagan taqdirda urug'liklar ochiq havoda, odamlar yashaydigan uylardan, molxonalardan kamida 200 metr uzoqroqda dorilanadi, yomg‘ir yog‘ayotganda esa - ayvonlarda ishlash kerak. Urug‘larga ishlov berishda moslamalarning zichligiga e’tibor qaratish lozim. Dorilangan urug’liklar mashinalardan to‘ppa-to‘g‘ri qalin matodan tikilgan to‘rvalarga solinib, og‘zi mahkam berkitilishi kerak. Ishchilarning korjomlari - kombinezonlar, qo‘lqoplar, patronli gazniqob, respiratorlar (respirator F-46), shuningdek himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish shart. Dorilangan urug'likni oziq-ovqat mahsulotlari va yem-xashakdan uzoqda saqlash kerak. To‘rva ustiga "Zaharli" yoki "Dorilangan" deb yozib qo‘yilishi zarur. Zaharli moddalar bilan ishlashda mehnat sharoitlari, mashinalarning texnik sozligiga ahamiyat beriladi. Davlat agrosanoat birlashmasining qishloq xo‘jalik bo'yicha Bosh boshqarmasi ma’qullagan tavsiyanomalarida pestitsidlar bilan ishlash yuzasidan yetarlicha ko‘rsatmalar belgilangan. Pestitsidlar bilan ishlovchi kishilar sog‘lig‘ini muhofaza etuvchi maxsus hujjatlarda oziq-ovqat mahsulotlari, havo va suv manbalarining pestitsidlar bilan ifloslanmasligi uchun nimalarga e’tibor berish zarurligi aniq ko‘rsatilgan. Pestitsidlar bilan ishlaydigan barcha kishilar albatta sanitariya qoidalariga va shaxsiy gigiyena talablariga puxta rioya qilishlari lozim. Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlami hisobga olgan holda, O‘zbekiston xalq xo‘jaligida pestitsidlar ishlatilishi, saqlanishi va tashish jarayonidagi sanitariya qoidalari va sanitariya me’yorlari Respublikaning 10028-94 raqamli qonun va me’yorlarda o‘z ifodasini topgan. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli birikmalaming yana bir zararli ta’siri shundaki, u fauna va florani nobud qiladi, atrof muhitni ifloslantiradi.

Download 345,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish