Chorvadorlarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonda chorvachilik ishlari turli shakllar va ko‘rinishlarda namoyondir, chunonchi - parrandachilik fermalari, sanoat asosidagi bo‘rdoqichilik xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, yaylovda boqiladigan chorvachilik kabilar. Chorvachilik obyektlaridagi mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha muhim tadbirlar quyidagilardan iborat:
1. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini amalga oshirish, bu tadbir chorvachilik obyektlarini loyihalashtirish, qurish va jihozlash jarayonida zoogigiyenik prinsiplarga asoslanishi kerak.
2. Ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish (sut sog‘ish, qora mollarni boqish, tagini tozalash, parrandachilikda tuxumlarnni to‘plash, saralash, yuvish va idishlarga joylashtirish), bunda mexanizmlarning beto‘xtov ishlashini ta’minlash.
3. Xonalarni samarali shamollatish, shu bilan birga talab etiladigan parametrlarda harorat, namlik me’yorlarini ta’minlash (avtomatlashtirilgan issiq havo berish va havo so‘rish moslamalaridan foydalanish).
4.Tashkillashtirilgan tabiiy shamollatish moslamalaridan foydalanish - xonalarnning yuqori qismidan havo chiqarilishi uchun shamollatish tuynuklari va pol ostida suyuq chiqindilarni chetlashtirish uchun maxsus quvurlarnni tashkil qilib, u yerdagi havo almashinishini to‘g‘ri tashkil qilish.
5. Qish faslida - binolarni isitish.
6. Chang hosil bo‘ladigan joylarda changlangan havoni so‘rib oluvchi mahalliy so‘rg‘ichlarni o‘rnatish.
7. Havo muhitining musaffoligini ta’minlash maqsadida dezodorantlardan (xlorli ohak eritmasi, ammoniy sulfat eritmalari), havo ozonatorlaridan foydalanish kabilar.
8. Chorvachilik obyektlarida veterenariya nazoratini qattiq o‘rnatish va ishchi- xizmatchilar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilinishiga erishish.
9. Chorvadorlarning mehnat va dam olish soatlarini to‘g‘ri tashkil qilinishini nazorat qilish (ikki smenada ishlash, sirg‘aluvchi grafik asosida haftasiga 5 kunlik ish kunlarini joriy qilish).
10. Sanitar-maishiy binolar kompleksi, ishchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish.
Mamlakatning asosiy paxta bazasi bo‘lmish O‘zbekistonda pestitsidlar paxtachilikda ayniqsa keng qo‘llaniladi. Pestitsidlarning odamlarga (ular bilan ishlovchi kishilarga yoki shu preparatlar ishlatiladigan joy yaqinida yashovchi kishilarga) qay tariqa va qanchalik ta’sir ko‘rsatishi ularning qo‘llanilishi usuliga, preparatning xiliga, zaharliligiga, kumulyativ xossalariga, organizmga qanday yo‘llar bilan o‘tishiga, qancha miqdorda ta’sir qilishiga, tashqi muhitga chidamliligiga, preparatni ishlatish vaqtida sanitariya qoidalariga nechog‘lik rioya etilishiga va boshqa ko‘pgina shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Pestitsidlarni qo‘llanishga aloqador ishlarda: urug‘larnni dorilashda, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashda g‘ozaning bargini to‘kish va shu singarilarda juda ko‘p kishilar boshqalar ishtirok etishadi. Ishlovchilar asosan quyidagi yumushlarni bajarish vaqtida pestitsidlarga duch kelishlari mumkin: preparatlarni saqlash, o‘rovini yechib olish tarqatish va tashish vaqtida, urug‘larni dorilash va ekishda, o‘simliklarni dorilashda, don va omborlarni fumigatsiya qilish moslamalar va texnika remontida, texnika, korjoma va individual himoya vositalarini degazatsiya qilish vaqtida. Samolyotlardan turib dorilashda qatnashadigan signalchilar, uchuvchan moddalarni ishlatishda esa samolyot zapravchiklari va traktorchilarning mehnat sharoitlari ayniqsa noqulay bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi BXUT bo‘yicha
Sog‘liqni saqlash vazirligi KTRK bo‘yicha
Muassasaning nomi Tibbiy hujjat formasi №315/x
O‘zR SSV 2000 yil 29 may 283 sonli
buyruq bilan tasdiqlangan
SANITARIYA NAZORATI O‘TKAZILGANLIGI HAQIDA
DALOLATNOMA(AKT)
20____yil “_____”________
_____________________________________________________________________________
Men _____________________________________________________________________________
familiya, ismi-sharifi, lavozimi _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Quyidagilar ishtirokida___________________________________________________________________
familiya, ismi-sharifi, lavozimi ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Manzil _____________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Muassasa nomi, qaysi tashkilotga qarashliligi, manzili
Sanitariya nazorati o‘tkazildi va quyidagilar aniqlandi:
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Ishtirok etganlarning imzosi:
O‘zbekiston Davlat Sanitariya nazorati qonuni asosida quyidagilarni bajarilishi taklif etiladi
№
|
Bajariladigan chora-tadbirlar nomi
|
Ijro muddati
|
Javobgar
shaxs
|
1.
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
Dalolatnoma (akt) ___________nusxada tuzildi_________________________imzo
Do'stlaringiz bilan baham: |