Qo’l suyaklarining birlashishi. Yelka kamari suyaklarinini birlashishi Yelka kamari suyaklari o’rtasida ikkita: to’sh-o’mrov va akromion-o’mrov bo’g’imlari hosil bo’ladi.
To’sh-o’mrov bo’g’imi (articulatio sternoclavicularis) to’sh suyagi dastasining o’mrov o’ymasi bilan o’mrov suyagining to’sh uchi o’rtasida hosil bo’ladi. Bu suyaklarning bo’g’im yuzalari bir-biriga mos kelmagani uchun ular o’rtasida fibroz tolali tog’aydan iborat bo’g’im diski bor. Uning chekkalari bo’g’im xaltasiga yopishib, bo’g’im bo’shlig’ini ikki bo’lakka ajratadi. Bu bo’g’imni to’rtta pishiq boylam har tomondan mustahkamlab turadi. Bo’g’im xaltasini old va orqa tomonidan oldingi va orqa to’sh-o’mrov boylamlari (ligg. sternoclavicularia anterius et posterius) mustahkamlaydi. Bu boylamlar bo’g’im xaltasini fibroz pardasiga old va orqa tomondan birikib ketadi. Yuqori tomonda o’mrov o’ymasi ustida o’ng va chap o’mrov suyaklarini to’sh uchlari o’rtasida tortilgan o’mrov suyaklariaro boylam (lig. interclaviculare) bor. O’mrov suyagi to’sh uchi pastki yuzasi bilan I qovurg’ani ustki yuzasi o’rtasida tortilgan qisqa keng va pishiq qovurg’a-o’mrov boylami (lig. costaclaviculare) deb ataladi. To’sh-o’mrov bo’g’imi qisman egarsimon bo’g’imga o’xshagan bo’lib, bo’g’im xaltasi keng va bo’g’im ichida diski bo’lgani uchun erkin harakatlana oladi. Bo’g’imda asosiy harakat ikki o’q atrofida: sagital o’q atrofida o’mrov suyagi yuqoriga va pastga, vertikal o’q atrofida oldinga va orqaga bo’ladi. Bundan tashqari o’mrov suyagi o’z o’qi atrofida aylanma harakat ham qilishi mumkin.
Yangi tug’ilgan bola to’sh-o’mrov bo’g’imi sharsimon shaklga ega. Bo’g’im ichi diski o’lchamlari o’mrov va to’sh suyaklari bo’g’im yuzalari o’lchamlaridan ikki barabar katta. U bo’g’im xaltasiga yopishib, yuqori uchi o’mrov suyagiga, pastkisi esa I qovurg’a tog’ayiga birikkan. Bo’g’im xaltasi yupqa, boylamlari bilinmaydi. Bola hayotining birinchi yilida o’mrov suyagining to’sh uchida egarsimon yuza hosil bo’lib, to’shning bo’g’im yuzasi chuqurlashadi. Bo’g’im diski o’lchamlari kichiklashadi.
Akromion-o’mrov bo’g’imi (articulatio acromioclavicularis) (43-rasm) akromionning bo’g’im yuzasi bilan o’mrov suyagi akromion uchi o’rtasida hosil bo’ladi. U yassi bo’g’imlar turkumiga kirib harakati chegaralangan. Bo’g’im xaltasini ustidan akromion-o’mrov boylami