Qayta aminlanish jarayoni. Qayta aminlanish, ya’ni transaminlanish- aminokislotalar bilan ketokislota, ya’ni karboksil funksiyasidir. Bu reaksiya ammiak ajralib chiqmay turib, birinchi birikma aminokislota tarkibidagi amin guruh vodorod qoldigʻi bilan birgalikda ikkinchi birikmadagi karbonil guruhning kislorodi bilan almashinadi. Natijada yangi tarkibga ega boʻlgan aminokislota va keton birikma hosil boʻladi.
Reaksiyaga kirishayotgan birinchi birikma (aminokislotani) donator va ikkinchi (ketobirikmani) akseptor deb ham yuritiladi. Akseptor sifatida koʻpincha- ketokislotalar ishtirok etadi. Bu jarayonni birinchi boʻlib 1937 yilda A.U.BrunShteyn va M.G.Krisman kashf etganlar. Ular qayta aminlanish jarayonida ammiak ajralib chiqmasligini va bu reaksiyada keto hamda aminodikarbon kislotalarning roli katta ekanligini koʻrsatib berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |