Oqsillarning tuzilishi, funksiyasi va biologik ahamiyati



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.04.2023
Hajmi0,51 Mb.
#932867
Bog'liq
Xoljigitov Xushnud Toshtemir o\'g\'li



INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
British International Science Conference 
11
 
OQSILLARNING TUZILISHI, FUNKSIYASI VA BIOLOGIK AHAMIYATI 
Xoljigitov Xushnud Toshtemir o'g'li 
Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi 
Annotatsiya:
Oqsillar organik birikmalarning eng muhimi hisoblanib, tuzilishi, funksiyasi va 
ahamiyati alohida o'rin tutadi. Oqsillarni o'rganish orqali hujayra va organizmdagi muhim jarayonlar 
aniqlanadi.
Kalit so'zlar: 
Oqsil biosintezi, tur spetsifikligi, ribosoma, aminokislota. 
Oqsillar - murakkab organik birikma bo'lib, aminokislotalardan tashkil topgan. 
Barcha tirik organizmlarning tarkibiy qismini oqsillar tashkil etadi. 
Oqsillarning elementar tarkibi uglerod, vodorod, kislorod, azot hamda 
oltingugurtdan iborat. [1] 
Oqsillar tabiatda va inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan organik moddalar 
hisoblanadi. Oqsillarning tuzilishida ishtirok etadigan aminokislotalar ham muhim va 
o'ziga xosdir. 
Oqsillarning biosintezi ribosomalarda kechadi. Ribosomadagi oqsil biositezi: 
1- aminokislotalar tartibi; 
2- nuklein kislotalar tartibi. Barcha tirik organizmlarda mavjud bo`lgan necha o`n 
minglab oqsillarning har biri timsoli yo`q, o`ziga xos tuzilishga ega bo`lib, uning 
hujayradagi qanchadan qancha har turli molekulalari orasidan ma`lum bir molekulani taniy 
oladigan va shuni tanlab turib, u bilan o`zaro ta`sir qiladigan faol markazi bor. [2] 
Oqsillarning ana shunday xossasi tufayli hayotiy jarayonlar davom etib boradi. 
Ularning bu xususiyati o'ziga xosligidan darak beradi. Oqsillarning biosintezi 
ribosomalarda kechganligi tufayli ribosomaning o'rni ham alohida ahamiyatga ega. 
Oqsillar juda murakkab tuzilishlarni hosil qilib, tirik organizmlarning tiriklik 
xossalarini namoyon qilib turadi. Oqsillarning tarkibidagi organikbirikmalarning asosiy 
qismini va umuman hujayra quruq moddasining yarmidan ko`pini — 50 - 80% ni tashkil 
etadi. [3] 
Oqsillarning bunday yuqori ko'rsatkichi uning hujayrada muhim vazifalarni 
bajarishini bildiradi. Bundan tashqari hujayra va organizm hayot faoliyatida muhim 
sanaladi. 
Oqsillarning monomerlari aminokislotalardir. Aminokislota molekulasi ikki qismdan 
tashkiltopgan. Aminoguruh- NH2 va karboksil guruh - COOH. 
Oqsillarning to'rt xil ko'rinishdagi tuzilmasi farqlanadi. Ular birlamchi, ikkilamchi, 
uchlamchi va to'rtlamchi tuzilmalar. [4] 
Oqsillar aminokislotalarning yig'indisidan tashkil topgan bo'ladi. Turli oqsillarda 
aminokislotalar soni turlicha bo'ladi. Bu ularning vazifasi va joylashgan o'rniga bog'liq. 
Oqsillarning to'rt xil ko'rinishdagi tuzilmalari alohida shakllarga va ahamiyatga ega. 
Tabiatda barcha turdagi oqsillar bir- biridan keskin farq qiladi va noyob tuzilishga 
ega. Bu esa tur spetsifikligi deb ataladigan fundamental xususiyatdir. Har bir turning 


INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE 
British International Science Conference 
12
 
hujayra komponentlari, organizm suyuqliklaridaga oqsillar, hatto bir xil funksiyani 
bajaradigan fermentlar, oqsil gormonlari ham ozmi-ko`pmi, birbiridan farq qiladi. [5] 
SHuning uchun ham turlarni bir-biridan keskin farq qilib bo`lmaydi. Oqsillarning 
bunday murakkab va bir - biriga o'xshashligi ularni yaxshiroq o'rganish kerakligidan 
dalolat beradi. 
Oqsillarning eng muhim biologik funksiyalaridan biri fermentativ faolligidir. 
Fermentativ xarakterga ega bo`lgan oqsillar tirik organizmlarda boradigan kimyoviy 
reaksiyalarni katalizlaydi. Bundan tashqari yana signal, himoya, energetik, retseptorlik, 
qisqaruvchanlik kabi bir necha funksiyalari mavjud. [6] 
Oqsillarning fermentativ faolligi kimyoviy reaksiyalarning tezligi orqali biologik 
jarayonlar qat'iy, ma`lum tartibda borishi va boshqarilishiga imkon beradi. 
Xulosa qilib aytganda oqsillar murakkab organik birikma bo'lib, ular organizmda va 
hujayrada muhim ahamiyatga ega. Ularning tuzilishi o'ziga xos, tuzilmasi to'rt xil, ko'p 
funksiyali. Oqsillar ko'p bo'lganligi bilan har biri alohida tuzilishli va bir - birini 
takrorlamaydi, shuning uchun ham oqsillarning o'rni beqiyos. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: 
 
1. Mirhamidova, Boboxonova, Zikiryoyev "Biologik kimyo va molekulyar biologiya" 
Toshkent 2018 
2. To'raqulov "Biokimyo" O'zbekiston nashriyoti 1996-yil 
3. Sobirova " Biologik kimyo " 2017-yil 
4. Ziyouz.com 
 
 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish