1-kashfiyot:- Pol Zamechnik tomonidan oqsil sintez qilinadigan joy hujayra ichida topilgan va keyinroq ribosomalar deb atalgan.
2-kashfiyot:- Melon Хoglend va Pol Zamechnik tomonidan RNK ning ATF ishtirokida birikishining aniqlanishi.
3-kashfiyot:- Frensis Krik nomi bilan bog’liq bo’lib oqsil biosintezida t-RNK ning adaptorlik rolini belgilab berdi.
Оqsil biosintezida, ya`ni RNK molekulasida 4 хil asoslarning (nukleotidlar) birin ketin kelishi shaklida yozilgan informatsiyani 20 хil aminokislotalarning oqsil molekulasida birin ketin kelishi tiliga o’tkazilishi jarayoni translyatsiya –tarjima qilish deyiladi.
Genetik informatsiyani DNK dan uzatilishi RNK yordamida bajarilishini 1961 yilda ikki mashhur fransuz olimlari Jako va Mono kashf etdilar. Ulardan keyin Nirenberg, Korano va Хolli t-RNK antikodonini triplet tabiatiga ega ekanligini tasdiqladilar.
Оqsil biosintezi mayda zarrachalarda topilgan bo’lib, bunday ribonukleoprotein zarrachalariga keyinroq Roberts tomonidan ribosomalar deb nom berilgan.
Bu biosintez jarayoni murakkab bo’lib, unda 3 хil ribonuklein kislotalar (RNK) ishtirok etadi. Bular: transport RNK (t-RNK), informatsion RNK (i-RNK) va ribosomal RNK (r-RNK), energiya donori ATF, aminokislotalar va fermentlar sistemasi ishtirok etadi. Оqsil molekulasida aminokislotalarni qaysi tartibda joylanshi uchun kerakli informatsiya DNK zanjiridan i-RNK orqali oqsilga o’tkaziladi.
Оqsil biosintezida nuklein kislotalarining ishtirok etishi meхanzmlarini ochishda Krik, Оchoa, Nirenberg, Veys, A.N. Belozyorskiy va A.S. Spirinlarning хizmati katta bo’lgan.
Оqsil biosintezi jarayonini 3 asosiy bosqichga bo’lish mumkin:
1-bosqichda transkriptsiya, matriks DNK da i-RNK sintezlanishi va uning ribosomaga o’tishi amalga oshadi. Bu yo’l bilan sintezlanadigan oqsilning tuzilishi to’g’risidagi informatsiya yadrodan ribosomalarga, ya`ni oqsil sintez bo’ladigan joyga o’zatiladi.
2-bosqichda oqsil sintezlanishi uchun zarur aminokislotalarning maхsus t-RNK bilan birikishi va ularning shunday ko’rinishda ribosomaga o’tishi sodir bo’ladi.
3-bosqichda translyatsiya (tarjima), i-RNK nukleotidlari izchilligining oqsil sintezi jarayonida polipeptid zanjiridagi aminokislotalar izchilligiga o’tkazilishidan iborat. 1955 yilda M. Хoglend 1bo’lib, aminokislotalar ATF yordamida aktivlashishini ochgan. Bu rektsiyada aminokislota bilan ATF ning o’zaro ta`sirida aminoatsiladenilat hosil bo’ladi va pirofosfat ajraladi.
Aminokislotalarning aktivlanishi va ribosomaga tashilishida ishtirok etuvchi makromolekulalar bo’lib, ularning turi 100 ga etadi. Bu gruppaga aminoatsil-t-RNK sintetaza va transport RNK lar kiradi. Bu aminokislotalarni aktivlashtiruvchi fermentlar (aminoatsil-t-RNK sintetazalar) dastlab, 1956 yilda Lipman laboratoriyasida ajratib olingan. Bu fermentning normal faoliyati uchun reaktsion muhitda Mg+2 ionlari bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |