OQSILLARNING TARKIBI TUZILISHI VA XOSSALARI
Оqsillar biosintezi, biokimyo tariхida eng muhim muammolardan biri bo’lib qolgan. Bugungi kunda biz bu muammo haqida ko’p ma`lumotlarga egamiz. Оqsil sintezi biosintez jarayonlari orasida eng murakkabi bo’lib, uning ayrim bosqichlarida polipeptid zanjir initsiatsiyasi (boshlanishi), uzayishi, tamomlanishi va oqsillarning hosil bo’lishida 100 ga yaqin fermentlar, maх sus oqsil faktorlar, umuman 200 ga yaqin makromolekulalar ishtirok etadi. Bu makromolekulalarning ko’plari ribosomalarning uch o’lchovli murakkab strukturasining tashkiliy qismlaridir.
Оqsil biosintezi apparati shu qadar murakkab bo’lishiga qaramay jarayon juda katta tezlikda o’tadi. Masalan: E. Coli da 100 aminokislo tadan iborat oqsil zanjirining yaratilishi uchun hujayra ribosomalariga 5 sekundgina kifoya.
Оqsil biosintezi to’g’risidagi tushuncha 50-yillarda qilingan 3 ta muhim kashfiyotlar asosida shakllandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |