Denaturlangan oqsillarning xossalari. Denaturlangan oqsillar uchun quyidagi belgilar xos bo`ladi:
nativ oqsil molekulasiga nisbatan funktsional (COOH, NH2 , SH2, OH) guruhlarning soni ortadi. Bu guruhlarning bir qismi odatda oqsil molekulasining ichida bo`ladi. Denaturatsiyada polipeptid zanjirning yoyilishi natijasida bu qo`shimcha guruhlar yuzaga chiqadi;
oqsil molekulasining yoyilishi natijasida gidrofob radikallar yuzaga chiqadi, gidrat qobig`i va zaryadi yo`qolishi sababli oqsilning eruvchanligi kamayadi va u cho`kmaga tushadi;
oqsil molekulasining konfiguratsiyasi o`zgaradi;
molekulaning tabiiy struktura tuzilishining buzilishi oqibatida biologik faolligining yo`qotilishi;
tabiiy oqsilga nisbatan denaturlangan oqsillar proteolitik fermentlar tasirida osonroq parchalanadi. Chunki tabiiy oqsilning ixcham strukturasi yoyilib u g`ovak shakliga o`tadi va bu oqsilning peptid bog`iga fermentlar kirib, tasir qilishini osonlashtiradi. Shu sababli tarkibida oqsil saqlovchi mahsulotlar (ayniqsa go`shtni) issiqlik tasirida yoki boshqa yo`l bilan ishlangandan so`ng ovqat hazm qilish azolarida proteolitik fermentlar ishtirokida oson hazm bo`ladi.
Odam va hayvonlar oshqozonida tabiiy denaturlovchi agent xlorid kislota ishlab chiqilib, u oqsilni denaturlash yo`li bilan uning fermentlar tasirida parchalanishiga yordam beradi. Ammo oshqozonda xlorid kislota va proteolitik fermentlarning bo`lishi oqsil tabiatli dori moddalarini og`iz orqali qabul qilishga yo`l qo`ymaydi, chunki ular denaturlanib shu joyning o`zida parchalanishi natijasida biologik faolligini yo`qotadi.
Denaturlangan oqsillarning fizik-kimyoviy va biologik xossalarining tiklanishiga renaturatsiya yoki renativatsiya deyiladi. Bunda oqsilning strukturasi avvalgi holatiga kelsa, uning biologik faolligi ham qayta tiklanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. Kolos 1969 g.
2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.
3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.
4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y.
4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent Mexnat 2004
5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.
6 10R.F.Sultonov, N.M.Xolmuhamedova. Bioximiyadan amaliy mashg`ulotlar. Toshkent. Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1995
7Qosimov A. va boshqalar. Bioximiya. Toshkent. «O`qituvchi», 1988.
8A.Q.Qosimov, Q.Q.Qo`chqorov, D.X.Muborakova. Bioximiyadan amaliy mashg`ulotlar. “O`qituvchi, 1987.
9R.Abdullaev va boshqalar. O`simliklar bioximiyasidan amaliy mashg`ulotlar. “O`qituvchi, 1994.
10R.F.Sultonov, N.M.Xolmuhamedova. Bioximiyadan amaliy mashg`ulotlar. Toshkent. Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1995.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |