SHAVKAT MIRZIYOYEV
Kirish
Mavzuni dolzarbliligi. O'zbekiston respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan, 1997 yil 29 avgustda o'zbekiston respublikasi oliy majlisining ix sessiyasida o'zbekiston respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Unda yuqori malakali kadrlar tayyorlash manbai oliy ta'lim oldiga majburiyatli vazifalar qo'yildi, bular sirasiga:
ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish kabi vazifalar kiradi [4,5].
Jumladan, ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o'qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta'lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o'zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o'quvchilarni o'qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu vazifalarni bajarish mavjud pedagogik jarayonlarni takomillashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, oliy ta'lim muassasalarida kasbiy tayyorgarligi yuqori bo'lgan pedagog kadrlarni tayyorlashga yo'naltirishni taqozo etadi.
XXI asr nafaqat ilmiy-texnik axborotlar ko'lamining keskin ortishi bilan, balki texnologiyalarning sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko'tarilganligi bilan ham farqlanadi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov «Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari o'z vaqtida ishlab chiqarish va joriy etilishini ta'minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur», deb ta'kidladilar. Shu bois, fanning so'nggi yutuqlari asosini aks ettiruvchi ta'lim mazmuni ham tubdan yangilanib borilishi talab etiladi.
]
Ushbu yuqorida qayd qilingan qaror va farmonlarga muvofiq ravishda, uzluksiz ta'lim tizimiga astronomiyani o'qitishga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ta'lim jarayonini kompьyuterlashtirish yetakchi pedagogik-uslubiy vazifalardan biridir
Do'stlaringiz bilan baham: |