Oqsillar biosintezini boshqarilishi



Download 242 Kb.
bet17/19
Sana31.12.2021
Hajmi242 Kb.
#222991
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1Oqsillar biosintezini boshqarilishi jarayoni.

Nukleoproteidlar oqsil bilan nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo`ladi. Nuklein kislotalarning tabiatiga qarab ular DNP va RNP ga bo`linadi. Nukleoproteidlar bezli to`qimalarda, don kurtaklarida ko`p bo`ladi.lbinizm – tirozinaza nuqsoni bilan bog`liq molekulyar kasallik. Bu fermentopatiyada dioksifenilalanin (DOFA) ning DOFA-xinonga va keyin qora rangli pigment melaninga aylanishi buziladi. Melanin teri, soch va ko`z qorachig`ida bo`ladi va uning rangini belgilaydi. Teri, sochning och rangli, ko`z qorachig`ining qizg`ish rangda bo`lishi bu kasallik uchun xos belgilar hisoblanadi. Bunday holat jiddiy o`zgarishlarga olib kelmaydi, faqat to`g`ri tushadigan quyosh nuridan ehtiyot bo`lish kerak. Tirozinemiya – p-gidroksifenilpiruvatoksidaza nuqsoni bilan bog`liq fermentopatiya. Bu kasallikda gomogentizin kislota hosil bo`lmaydi, oqibatda tirozin va p-gidroksifenilpirouzum kislotaning miqdori qonda ko`payib, uning siydik bilan ajralishi oshadi. Tirozinemiya bilan kasallangan bolalarda rivojlanishning orqada qolishi kuzatiladi.Alkaptonuriya – gomogentizinatoksidaza nuqsoni bilan fermentopatiya. Bu kasallikda gomogentizin kislotaning to`qimada oksidlanishining buzilishi oqibatida uning organizm suyuqliklari va siydik bilan ajralish miqdori ko`payadi. Kislorod ishtirokida gomogentizin kislota qora rangli pigment - alkapton hosil qilib polimerlanadi. Shuning uchun bunday kasallarning siydigi havoda qorayadi, bolalarda esa tagliklari qora rangga bo`yaladi. Shuningdek, alkapton biologik suyuqliklarda, to`qima, teri, paylar, tog`aylar va bo`g`imlarda cho`kkan holda hosil bo`lishi mumkin. Bo`g`imlarda ko`proq miqdorda to`planib qolganda ularning harakatlanishini buzilishi kuzatiladi.

Gomotsistinuriya – sistationin-b-sintaza yetishmovchiligi bilan bog`liq fermentopatiya bo`lib, gomotsisteinning sistationinga aylanishiga to`sqinlik qiladi. Bunda gomosistein to`qima, qonda to`planadi va katta miqdorda siydik bilan ajraladi. Bolalarda bunday kasalliklarda aqliy rivojlanishning orqada qolishi, vaqti-vaqti bilan shaytonlash kuzatiladi. Gistidinemiya – gistidinning oksidlanishli dezaminlanishini katalizlaydigan gistidazaning nuqsoni bilan bog`liq kasallik. Gistidinning miqdori qonda ko`proq va siydikda qisman oshishi kuzatiladi. Bu molekulyar kasallikda markaziy nerv sistemasi zararlanishi kuzatilib, shaytonlash bo`lishi mumkin.Aminokislotalarning ketonuriyasi kasalligi valin, leytsin va izoleytsin kabi keto hosil qiluvchi shakllangan aminokislotalar dekarboksilazasining yetishmovchiligidan kelib chiqadi. Oksidlanishli dekarboksillanishning buzilishi natijasida qonda bu aminokislotalarning va ularning keto hosilalarining miqdori oshadi va siydik bilan ko`p ajraladi.Uglevod almashinuvining fermentopatiyasi. Glikogenoz. Glikogen almashinuvining buzilishi bilan bog`liq bu fermentopatiya tez-tez uchrab, bu kasallik organlarda glikogenning to`planib qolishi yoki uning mavjud bo`lmasligi bilan namoyon bo`ladi. Glikogenning to`planishiga olib keluvchi fermentopatiyaga glikogenoz, uning to`planishiga to`sqinlik qilinishiga esa aglikogenoz deb aytiladi. Glikogenning to`planish joyiga qarab kasallikning uch xil shakli mavjud: jigar, mushak va tarqalgan (glikogen deyarli hamma organlarda to`planadi). Glikogenning to`planishi oqibatida shu to`qima va organning vazifasi “mexanik ravishda buziladi va jigar glikogeni sarflanmagan taqdirda gipoglikemiya kelib chiqadi.



Galaktozemiya – galaktoza-1-fosfat-uridiltransferaza nuqsoni natijasida kelin chiqadigan molekulyar kasallik. Bu galakto-1-fosfatning to`planishiga olib keladi, normada esa u tez uridindifosfatgalaktozaga aylanadi va keyin glyukozaning o`zgarish yo`llari bilan ketadi. Galaktozo-1-fosfat organizm uchun zaharli. Laktoza tarkibiga kiradigan galaktoza onaning suti bilan birga bola organizmiga kiradi, fermentopatiya bo`lganda esa unda galaktozaning toksik unumlari tez to`planadi. Buning natijasida bola ozadi, uning aqliy va jismoniy rivojlanishi sustlashadi, jigari kattalashadi. Bunday kasallarning ratsionidan galaktozani olib tashlash kerak bo`ladi. Fermentsiz proteinopatiyalar. Gemoglobinopatiya fermentsiz proteinopatiyalarga misol bo`lib, gemoglobin subbirliklarining genetik nuqsoni bilan bog`liq. Ular orasida eng ko`p tarqalganlaridan biri – bu o`roqsimon anemiya kasalligi. Bu kasallikda gemoglobin (HbS) normal gemoglobin HbA dan b-subbirlikdagi polipeptid zanjirning N-uchidagi oltinchi aminokislota glutamin kislota o`rnida valin joylashganligi bilan farq qiladi. O`roqsimon anemiya bilan kasallangan bemorlarning gemoglobinining b-subbirligini kodlovchi struktura genida 6-kodogenda mutatsiya ro`y berib, T ning A ga almashishi, ya’ni tranzitsiya ko`rinishida namoyon bo`ladi. Polipeptid zanjiridagi bunday almashinuv gemoglobinning fizik-kimyoviy xossalariga ham ta’sir qiladi. Valin dezoksigemoglobinga kamroq eruvchanlik xossasini beradi, shuning uchun u kristallsimon struktura hosil qiladi. Bunda eritrotsitlar o`roqsimon shaklga ega bo`ladi va kislorod tashish vazifasini bajara olmaydi. Eritrotsitlarning parchalanishi anemiya, kamqonlikka olib keladi. Bu kasallik salbiy oqibatlarga sabab bo`ladi.Moddalarni hujayra membranasidan o`tkazuvchi oqsillarning nuqsonlari bilan bog`liq transport proteinopatiya hujayra va organizm tomonidan bu moddalarning butunlay yo`qotilishiga olib keladi. Bunga quyidagi irsiy kasalliklar misol bo`ladi. Aminoatsiduriya – buyrakdagi reabsorbtsiya jarayonida aminokislotalarni transporrt qiluvchi oqsil nuqsoni bo`lib, aminokislotalarning normaga nisbatan 3-5 marta ko`p yo`qotilishiga olib keladi. Sistinuriya – sistinni transport qiluvchi oqsil nuqsoni – sistinning siydik bilan ko`p ajralishiga va buyrakda sistinli toshlar hosil bo`lishiga olib keladi. Fruktozuriya, glyukozuriya va pentozuriya buyrakdagi membrana transport oqsillarining nuqsonlari bo`lib, shu monosaxaridlar – fruktoza, glyukoza va pentozaning yo`qotilishiga olib keladi. Ba’zida bu proteinopatiya buyrak diabeti deb ham ataladi. Bu guruh kasalliklaridan tashqari kelib chiqishi bir gen nuqsoniga bog`liq bo`lmasa ham, lekin irsiy moyillik bilan bog`liq tashqi muhit omillari ta’sirida boshlanadigan va rivojlanadigan kasalliklar guruhi bor. Ular qatoriga keng tarqalgan yurak-tomir kasalliklari – ateroskleroz, gipertoniya, insult; bir qator nerv va ruhiy kasalliklar; endokrin kasalliklar – qandli diabet, bazedov kasalligi; shuningdek, rak, moddalar almashinuvining buzilishlari kiradi. Lekin bu kasalliklarga moyillik ko`p genlarning ishtiroki bilan bog`liq va hozircha ularning genetik mexanizmi to`la o`rganilmagan. Translyatsiya – tarjima qilishda mRNK ning irsiy matni oqsil polipeptid zanjiridagi aminokislotalar ketma-ketligiga o`tkaziladi. Translyatsiyaning mahsuloti o`ziga xos oqsil bo`lganligi uchun bu jarayonni oqsil biosintezi deb atash mumkin. Translyatsiya jarayonini hujayraning turli qismlarida boradigan ikki bosqichga bo`lish mumkin: rekognitsiya, ya’ni aminokislotalarning tanilishi va oqsil biosintezining o`zi. Bunda rekognitsiya gialoplazmada, oqsil biosintezi esa ribosomalarda amalga oshadi. Aminokislotalar tanilish jarayonining mohiyati aminokislotalarning o`zini tRNK siga birikishidan iborat. tRNK strukturasi “tarjimonlik” sifatlariga ega, ya’ni bir molekulada “nukleotidli matnni o`qish” (tRNK ning antikodoni mRNK ning kodoni bilan mos kelishi kerak) va o`zining aminokislotasini tashish (aktseptorlik uchi) qobiliyatlari mujassamlashgan. Ammo tRNK o`zining aminokislotasi bilan birika olmaydi. Bu maqsadda hujayra shirasida tRNK ning o`zini aminokislotasini tanishini ta’minlaydigan, “tarjimon” vazifasini bajaruvchi maxsus fermentlar mavjud. Bu fermentlar aminoatsil-tRNK-sintetazalar (qisqacha ARS azalar) deb ataladi. Proteinogen aminokislotalarga mos ravishda kamida 20 turdagi ARS azalar bor. ARSazalar – yuqori molekulali (100000-240000) bo`lib, to`rtlamchi strukturaga ega. Ular tRNK va aminokislotani o`ziga xos ravishda taniydi va quyidagi reaktsiya bo`yicha ularning birikishini ta’minlaydi:

O

ARSazalar | |



R-CH-COOH + HO-tRNK + Mg²+ . ATF → R-CH-C~O-tRNK+AMF+H4P2O7

| |


NH2 NH2

 Bu jarayon uchun ATF (Mg²+ kofaktor vazifasini bajaradi) zarur bo`lib, uning energiyasi aminoatsil-tRNK da makroergik bog`lar hosil bo`lishida ishlatiladi, ya’ni reaktsiyada bir vaqtning o`zida aminokislotalarning karboksilli uchidan faollanishi va tRNK li aktseptor uchi (SSA) ning adenozinidagi 3¹-OH gidroksiliga bog`lanadi. Hujayrada 20 ta emas, balki taxminan 40-60 ta tRNK mavjud bo`lib, ayrim aminokislotalar o`zlari uchun xos bo`lgan bir nechta tRNKdan foydalanadi. Bundan kelib chiqadiki, ARSazalar bir aminokislota uchun tRNK ni tanishda tanlash qobiliyatiga ega ekanlar, ya’ni tanish jarayonida aminokislota yetakchilik vazifasini bajaradi, unga esa o`zining tRNK si borib bog`lanadi.

Shundan so`ng tRNK oddiy diffuziya yo`li bilan o`ziga birikkan aminokislotani ribosomaga o`tkazadi va u yerda turli xil aminoatsil-tRNK lar ko`rinishida kirgan aminokislotalardan oqsil yig`ilishi amalga oshadi.


Download 242 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish