Oqsillar biosintezi (translyatsiya)


Oqsillarning prosessingi va transporti



Download 0,86 Mb.
bet10/12
Sana09.06.2022
Hajmi0,86 Mb.
#646396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4 мавзу бўйича маъруза матни

Oqsillarning prosessingi va transporti
Ribosomada qimmatli oqsillar hamma vaqt ham to’liq sintezlanmay, nativ strukturaga ega bo’lmaydi. Ribosomadan ajralgan oqsillar shakllanib, to’liq qimmatli bo’lish jarayonini ularning yetilishi yoki prosessingi deb ataladi.
Oqsillar ribosomani o’zida qisman ikkilamchi strukturaga aylana boshlaydi. Oqsillar tarkibida aminokislotalar soni 25-30 ga yetganda polipeptid ribosomaning N-tarafidan ajralib, uning zanjir shakliga o’ralishi sitoplazmada davom etadi. Polipeptid zanjirining o’ralishi, turli xil strukturaga aylanishida hujayra suyuqligidagi maxsus oqsillar-shapironlar ishtirok etadi. Membrana va sekretor oqsillari sintezlanganda polipeptidning N-tomonida 10-30 aminokislotali qoldiq signalli qator bo’lib, ular gidrofob aminokislotalardan tashkil topgan.
Hujayrada erkin va membrana bilan bog’langan ribosomalar bo’lib, ularning endoplazmatik retikulum (ER) bilan bog’lanishi polipeptidning signal qatori orqali amalga oshadi. ER membranasida ikkita glikoprotein kompleksi bo’lib, ularni riboforinlar deyiladi. Ular polipeptidning signalli qatori bilan bog’langan holda bo’ladilar. Sitoplazmada signalni aniqlovchi strukturalar mavjud bo’lib, u 11S ribonukleoproteindan tashkil topgan. Ular polipeptidning signal qatori bilan bog’langanida elongatsiya vaqtincha to’xtaydi. Sintezlanayotgan polipeptid signal aniqlovchi struktura bilan ER membranasidagi riboforinlar bilan bog’langanida mazkur kompleks asosida membranada kanal hosil bo’lib, uni translokon deb ataladi. Shu vaqtdan boshlab elongatsiya yana qaytadan takrorlanib, sintezlanayotgan polipeptid ER membranasidan ajraladi. Ferment proteaza (signalaza) ta’sirida polipeptid zanjiri sintezlangandan so’ng, signalli qator undan uziladi, yangi sintezlangan oqsil esa postranslyatsiyali modifikatsiyaga yoki prosessing jarayoniga uchraydi. Yangi sintezlangan sekretor va membranali oqsillar prosessingga hujayraning muayyan kompartmentlariga transport qilinadi.
Polipeptid zanjirining hosil bo’lishida yoki sintez tugashida qandaydir vaziyatda oqsil uning aminokislotalar tarkibini belgilaydigan nativ konformatsiyaga ega bo’ladi, ya’ni matritsa RNKdagi bir o’lchamli genetik axborot yangi sintezlangan polipeptidning o’ziga xos uch o’lchamli strukturaga aylantiradi. Turli xil oqsillarda bu jarayon bir xil ketmasa ham, ulardagi umumiylikni quyidagicha ta’riflash mumkin:
polipeptid zanjirining turli xil yerlardagi sistein qoldiqlari orasidagi disulfid bog’larining hosil bo’lishi;
sintezlangan polipeptid zanjiridagi maxsus peptid bog’larining uzilishi natijasida ulardan bir qismi parchalanib, qolgan bo’lagi esa haqiqiy oqsilga aylanadi;
sintezlangan oqsilga prostetik guruhlarining (uglevodlar, lipidlar, kofermentlar va boshqalar) bog’lanishi natijasida murakkab oqsillar va fermentlar hosil bo’ladi;
oqsillarning ayrim qismlaridagi aminokislotalarning radikallari kimyoviy modifikatsiyaga uchraydi (fosforlanish, metillanish, gidroksillanish, karboksillanish, yodlanish va boshqalar);
oqsillarning to’rtlamchi strukturasini hosil qilish uchun polipeptid subbirliklari o’zaro assotsiatsiyalanishi lozim;
Golji apparati to’liq qimmatli va deffektli oqsillarni bir-birlaridan saralovchi depo hisoblanadi. Deffektli oqsillar lizosomalarga ko’chirilib, u yerda aminokislotalargacha gidrolizlanadi. Normal oqsillar sekretor granulalarga tushib, Golji apparatidan ajralib, sitoplazmatik membranaga diffundirlanadi. Ekzositos usuli orqali oqsillar hujayraaro bo’shliqlarga ham yetkaziladi;
yangi sintezlangan oqsillar aksariyat, muayyan manzilli bo’ladi. Ayrimlari sitoplazmada, yana bir xillari membranalarga, hujayraaro suyuqliklarga va bo’lak kompartmentlarga ko’chiriladi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish