O`qituvchining pedagogik faoliyati haqida ma'lumot



Download 34,76 Mb.
bet9/20
Sana01.07.2022
Hajmi34,76 Mb.
#722467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
2021 yil 2005Ergasheva Dilshoda Metodik tavsiya

Ishning borishi



Bajariladigan ish mazmuni



Metod



Vaqt



1-bosqich
Tashkiliy qism

1. O`quvchilar davomoti aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.


2. Kun yangiliklari.

Kirish suhbati



4 daq




2-bosqich­
O`tilgan mavzuni takrorlash

1. O`tilgan mavzuni takrorlash, 163-mashqni o`quvchilar daftaridan tekshirish.



Test




6 daq






3-bosqich
Yangi mavzu bayoni

1. Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarga murojaat qilinadi.
2. Yangi mavzu haqida ma’lumotlar beriladi.

Izohli diktant

Tushuntirish



7 daq

6 daq




4-bosqich
Mustah-kamlash




  1. Darslik bilan ishlash.




  1. Tarqatma materiallar bilan mustahkamlash.




  1. Interfaol o`yin

Izlanish

“Kim topqir?”

“Savatcha”



6 daq

5 daq

7 daq


5-bosqich
Dars yakuni va baholash

O`quvchilarning dars davomidagi ishtiroki hisobga olinib, reyting ballari e’lon qilinadi.

Baholash




2 daq


6-bosqich
Uyga vazifa berish

167-mashq vazifa qilib beriladi



Tushuntirish





2 daq


DARSNING BORISHI:

  1. Tashkiliy qism:

1. Kirish suhbati: davomat, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish
O`quvchilarga lola, atirgul, boychechak kabi gul nomlaridan birini tanlash aytiladi va tanlangan gulag ko`ra o`quvchilar guruhlanadi. (Bunda guruhlarning bilim darajasi turli xil bo`lib qolishi mumkinligini e’tiborga olish kerak.)
2. Kun yangiliklari uzoq o`tilgan mavzularni takrorlash uchun mavzulashtirilgan testlarni ”Boshqotirma” usulida beriladi va bu orqali kalit so`z – TASHABBUS so`zi topilib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo`yicha qisqa suhbat quriladi.

1

2

3

4

5

6

7

8

T

A

SH

A

B

B

U

S

Dars nooan’naviy usulda boshlanib, kirish suhbati va o`tilgan mavzularni takrorlash qismi o`zaro bog`lanib ketadi.


O`quvchilar daftaridan 163-mashqda berilgan jadval tekshiriladi, xatoliklarni to`g`rilash uchun slayd orqali to`g`ri to`ldirilgan jadval namoyish etiladi.

Kesim

Ega

Hol

To`ldiruvchi

Aniqlovchi

nim a qildi?
Nima qilyapti?
Nima qilmoqchi?

kim?
nima?
qayer?

qachon?
qayerda?
qayerdan? qayerga?
Nima uchun?
Nima maqsadda?

kimga
nimaga?
kimdan?
nimadan?
kimni?
nimani?
kimbilan?
Nima bilan?

qanday?
qanaqa?
qaysi?
qancha?
nechta?
kimning?
nimaning?



  1. YANGI MAVZU.

  1. Yangi mavzuga kirish uchun “Aqliy hujum” metodi orqali izohli diktant:

1. Ona tabiatni, uning ne’matlarini asrash har birimizning burchimizdir.
2. Onam hovlimizga doim rayhon, jambil, kashnich kabi ko`katlarni ekadilar.
Gaplarni tahlil qilish va unda bir so`roqqa javob bo`lib, bir xil gap bo`lagi vazifasini bajarayotgan so`zlarni topish topshiriladi. So`ng bir xil so`roqqa javob bo`luvchi so`zlar boshlang`ich sinflarda qanday nom bilan o`rganilganligi so`raladi va mavzu e’lon qilinib, atamaga ta’rif beriladi:

Uyushiq so`zi uyushgan, jipslashgan, ahil ma’nolarini bildiradi.



  1. Yangimavzubayoni:








Qoida slayd orqali namoyish etilib, o`quvchilardan biriga o`qittiriladi hamda izohlanadi.Har bir gap bo`lagining uyushishiga slayd orqali misollar ko`rsatilib, har biri izohlanadi va bog`lanish usuli – ohang yoki bog`lovchi vositalarga alohida e’tibor beriladi.

  1. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

  1. Darslik bilan ishlash.

Darslikda berilgan164-mashq shartiga ko`ra og`zaki bajartiriladi.She’r ifodali o`qitilib, uyushiq bo`laklarni topish topshiriladi, qaysi gap bo`laklari uyushganligiga e’tibor qaratiladi.
Igna, bigiz sotuvchi, Jayraga qon tortuvchi,
O`lja poylab yotuvchi Tipratikanga salom.
Jirafa-yu Bo`taloq, Zebra, maymun, Ot, Uloq,
To`q yo`lbars-u, och timsoh, ayyor qoplonga salom.
Bulbul kabi izillar, tog`-toshlarda gizillar,
Yirtqichlardan bezillar do`stim Jayronga salom.
Mashqni bajarish jarayonida uyushib kelgan hayvon nomlari alohida sanaladi, slayd orqali rasmlari ko`rsatiladi va zoologiya fanidan olingan bilimlarga asoslanib, qisqa ta’rif berilishi mumkin.Shuningdek, fanlararo bog`lanishni kuchaytirish uchun bu hayvon yoki parrandalar badiiy adabiyotda kimning qaysi asarida uchraganligi so`ralishi mumkin.Masalan, bulbul qushi Hans Kristian Andersenning “Bulbul” ertagida uchraydi.Ertak soxta va samimiy insonlar, ularning xatti-harakatlari, insonga baho berishda uning faqatgina tashqi ko`rinishi muhim ahamiyat kasb etmasligi haqida hikoya qiladi.
Shu bilan birga slayd orqali namoyish etib, og`zaki tarzda “Lug`at bilan ishlash” metodi orqqali mazmuni biroz tushunarsiz bo`lgan so`zarni izohlash ham mumkin:


165-mashqni shartiga asosan,yozma ravishda o`quvchilar o`z daftarlarida, shuningdek, har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib yozuv taxtasida bajaradilar.
1. Daraxtlar, o`simliklar (ega) barg yozsin deb suv quydi. 2. Qo`shni bog`dagi oq, qizil, pushti (aniqlovchi) gullar tepasida bulbul sayrab turibdi. 3. Shahar va qishloqlarda (hol)bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 4. Vatan obro`sini ko`targan yigitlarni,qizlarni (to`ldiruvchi) olqishlaymiz.


  1. Download 34,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish